3-modul. Korxona faoliyatining natijalari 8-mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari reja


Maxsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari



Download 154,5 Kb.
bet7/8
Sana06.05.2023
Hajmi154,5 Kb.
#935821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Мавзу. Ishlab chiqarish xarajatlari (2)

8.6. Maxsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg`i va elektroenergetika harajatlarini kamaytirish, xizmat ko`rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, harajatlarni tejash sanoat maxsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o`stirish yoki tashkil etishning ilg`or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan maxsulotni ko`paytirish kerak bo`ladi. Bu xolda har bir maxsulot birligiga sarflanadigan ish xaqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish xaqi esaortib boradi. Mehnat unumdorligi ish xaqiga nisbatan jadal o`sgandanina tannarx pasayadi.
Material, yoqilg`i va elektr energiya harajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog`liq bo`lgan sarflarni qisqartirish kerak bo`ladi.
Xizmat ko`rsatish va boshqarish uchun ketadigan harajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardani ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag`larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz harajatlarni (jarima to`lash, penya va xokazolar) tugatish maxsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash maxsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo`lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti maxsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash maxsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma harajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada maxsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undani rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko`zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko`z ilg`amaydigan bo`lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik taxlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo`ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruxlargaajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to`planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlargaajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo`yicha rezervlar, regional (xududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo`yicha joriy va istiqbolli rezervlargaajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo`yicha ham guruxlarga bo`lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy vaasosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini taxlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo`lib ko`rish mumkin:

    1. tashkiliy-texnikaviy rezervlar;

    2. ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.

Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o`qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg`ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Maxsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag`lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidani bo`limlarni o`z ichiga oladi:

  1. Maxsulot tannarxini pasaytirish rejasi;

  2. Maxsulot tannarxini kal`kulyatsiya etish;

  3. Ishlab chiqarish harajatlari smetasi;

  4. Tovar va sotiladigan maxsulot tannarxining hisobi.

Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi taxlil etiladi, maxsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyixasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyixasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo`limlariga yetkaziladi.
Maxsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o`zida hisob qilinadigan ko`rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, maxsulot tannarxi sanoat ko`rsatkichlaridan biri bo`lib qolaveradi. CHunki sanoat maxsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Maxsulot tannarxi qanchalik past bo`lsa, albatta, boshqa st-soitlar bir xil bo`lgan xolda (masalan, xuddi o`sha maxsulotning narxi barqaror bo`lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko`p bo`ladi.



Download 154,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish