3-modul. Korxona faoliyatining natijalari 8-mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari reja


Iqtisodiy elementlar va kalkulyasiya bandlari bo’yicha xarajatlar



Download 154,5 Kb.
bet6/8
Sana06.05.2023
Hajmi154,5 Kb.
#935822
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Мавзу. Ishlab chiqarish xarajatlari (2)

8.4.Iqtisodiy elementlar va kalkulyasiya bandlari bo’yicha xarajatlar
Uchastka, tsex, ishlab chiqarish, zavod maxsulotining tannarxi

Harajat turlari bo’yicha ular kalpkulyatsiya moddalari va harajat elementlari bo’yicha guruhlanadi.


Kalpkulyatsiya moddalari tarkibi va ularning mahsulot, ishlar, xizmatlar bo’yicha taqsimoti mahsulot tannarxini rejalashtirish, hisob-kitob qilish va kalpkulyatsiyasi bo’yicha tarmoq uslubiy yo’riqnomalarida keltiriladi.
Misol tariqasida mashinasozlik korxonalarida keng foydalaniladigan kalpkulyatsiya moddalarini ko’rib chiqamiz:

  1. Xom ashyo va materiallar (chiqindilar chegiriladi).

  2. Sotib olinadigan buyum, yarim tayyor mahsulotlar va

  3. kooperatsiyalashgan korxonalar xizmati.

  4. Ishlab chiqarishda band ishchilarning asosiy ish haqi.

  5. Ishlab chiqarish ishchilarining qo’shimcha ish haqi.

  6. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari.

  7. Ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish harajatlari.

  8. Jihozlarni saqlash va ishlatish harajatlari.

  9. Sex harajatlari.

  10. Umumzavod harajatlari.

  11. Sifatsiz mahsulot tufayli yo’qotishlar.

  12. Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar.

Dastlabki 8 ta modda sex tannarxini tashkil etadi. Sex tannarxiga umumzavod harajatlari va sifatsiz mahsulot tufayli yo’qotishlar qo’shilsa, ishlab chiqarish tannarxi xosil bo’ladi. Yuqoridagi 11 ta moddaning barchasi mahsulotning to’la tannarxini tashkil etadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p kichik va o’rta korxonalarda kalpkulyatsiya moddalarining qisqartirilgan tarkibidan foydalanilmoqda. U o’z ichiga quyidagi moddalarni oladi:

  1. To’g’ri moddiy harajatlar (texnologik maqsadlarda ishlatiladigan

xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya).
2. Ish haqi to’lash to’g’ri xarajatlari.

  1. Boshqa to’g’ri harajatlar.

  2. Ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish harajatlari.

Ishlab chiqarish va sotish harajatlarini iqtisodiy mohiyati bilan guruhlashda ularning quyidagi elementlari hisobga olinadi:

  1. Moddiy harajatlar (qaytar chiqindilardan tashqari).

3. Mehnatga xaq to’lash harajatlari.

  1. Iijtimoiy sug’urta ajratmalari.

  2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi.

  3. Boshqa harajatlar.

“Moddiy harajatlar” elementiga mahsulot ishlab chiqarish uchun chetdan sotib olinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, tkxnologik maqsadlarda va ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish uchun sarflanadigan yoqilg’i va energiya (binolarni isitish, transport ishlari va b.). Moddiy resurslar harajatlaridan qaytar chiqindilar qiymati chegirib tashlanadi. Qaytar chiqindilar jumlasiga ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’ladigan va isteomol qiymatini to’liq yoki qisman yo’qotgan va asosiy buyum ishlab chiqarishga sarflab bo’lmaydigan xom ashyo, material, yoqilg’i va energiya qoldiqlari tushuniladi.
“Mehnatga xaq to’lash xarajatlari” elementi tarkibiga korxona asosiy ishlab chiqarish personaliga ish xaqi to’lash va ish yakunlari uchun mukofotlash harajatlari, rag’batlantirish va qoplash to’lovlari va korxona shtatida bo’lmagan asosiy faoliyatda band ishlovchilarga to’lanadigan ish haqi kiritiladi.
“Ijtimoiy sug’urta ajratmalari” elementi tarkibiga ishlovchilar mehnatiga to’lanadigan haqdan foiz xisobida aniqlanadigan va belgilanadigan normalar asosida davlat va nodavlat ijtimoiy sug’urta organlari organlari, Nafaqa fondi, Davlat bandlik fondiga o’tkaziladi to’lovlar kiradi.
“Asosiy fondlar amortizatsiyasi” elementi tarkibiga ularni to’liq qayta tiklash uchun amalga oshiriladigan ajratmalari kiritilib, ular asosida fondlarning balans qiymati va belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Yuqoridagi xarajat elementlariga kirmagan xarajatlar “Boshqa harajatlar” elementida aks ettiriladi.
Ularga soliqlar, yig’imlar, maxsus fondlarga ajratmalar, kredit bo’yicha to’lovlar xizmat safarlari, aloqa xizmatlari va boshqalar uchun to’lovlar kiritiladi.
SHunday qilib, harajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha guruhlash ularni vujudga kelish joyini aks etiradi va mahsulot birligi yoki jami mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarini rejalashtirish, hisob-kitob qilish va kalokulyatsiyalash maqsadida ishlatiladi, ko’p moddalar kompleks xarakterga ega bo’ladi.
Harajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha guruhlanishi o’z ichiga harajatlarning vujudga kelishi joyidan qatoiy nazar ularning bo’linmas elementlarini oladi. Odatda ular to’g’ri harajatlardir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona, tadbirkor iloji boricha ko’proq foyda olishga intiladi. Bunga erishish uchun esa birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflanadigan harajatlarni qisqartirishning ahamiyati kattadir.
Ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirishning eng muhim yo’llaridan biri ishlab chiqarishda sarflanadigan barcha turdagi resurslarni tejash bo’lib xisoblanadi.
Ishlab chiqarish harajatlari tarkibida ancha sezilarli ulushni mehnat harajatlari egallaydi (mehnatga xaq to’lash mahsulot tannarxining 13-20% ni tashkil etadi). SHuning uchun hozirgi paytda mahsulotning mehnat sig’imini kamaytirish, mehnat unumdorlgini oshirish, maomuriy – xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish dolzarb vazifadir.
Mahsulot mehnat sig’imini qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirishga turli yo’llar bilan erishish mumkin. Ularning ichida eng muhimlari – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, yangi, ilg’or, yuqori unumli texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va joriy etish, eskirgan jihozlarni almashtirish va modernizatsiya qilishdir. Lekin texnika va texnologiyani takomillashtirish tadbirlarining o’zi ishlab chiqarishni yaxshilamay turib yetarli samara bermaydi.
Mehnat unumdorligini oshirishda mehnatni tashkil etish darajasi – ish joyini tayyorlash, uni to’liq band qilish, mehnatning ilg’or uslublarini joriy etishning roli beqiyosdir.
Mahsulot ishlab chiqarish harajatlari tarkibida barcha harajatlarning 3/5 qismi moddiy resurslarga to’g’ri keladi. SHuning o’zi moddiy resurslar iqtisodi va ulardan ratsional foydalanishning ahamiyati naqadar katta ekanligini ko’rsatib turibdi. Bunda birinchi o’rinni resurslarni tejaydigan texnologik jarayonlarni qo’llash egallaydi. Resurs yetkazib beruvchilardan keladigan xom ashyo va materiallar, butlovchi buyumlar sifatiga bo’lgan talabchanlikni oshirish ham muhim vazifadir.
Korxonada asosiy fondlar amortizayiya harajatlarini kamaytirishga esa bu fondlardan yaxshiroq foydalanish, ularning bandlik darajasini oshirish orqali erishish mumkin.



Download 154,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish