3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi


Chizma. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanish andozasi



Download 1,03 Mb.
bet38/45
Sana19.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#459057
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Bog'liq
3-Modul. Boshlang ich ta’limda tarbiya nazariyasi

Chizma. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanish andozasi
Oʻquvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan oʻquvchilar birlashmasi, guruhidir. Oʻquvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) oʻquvchi hamda oʻqituvchilar yoʻlboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari (xususan, guruh yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining guruh boʻlimi raisi, tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).
Bolalar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yoʻlboshchilarning mavjudligi koʻzga tashlanadi. Odatda rasmiy yoʻlboshchilar tarkibini a’lo baholarga oʻqiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi oʻquvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga koʻra tengdoshlarini oʻz ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday oʻquvchilar boshqalardan jismonan kuchliligi, qat’iyatliligi, hech narsadan choʻchimasligi, oʻziga boʻlgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa oʻquvchilarga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Shu bois sinf rahbari hamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat qilib borishlari zarur.
Oʻquvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida toʻlaqonli ma’lumotlarga ega boʻlishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi) lardan tashkil topgan muayyan guruh boʻlib, u ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa oʻzida bir necha xususiyat (belgi) larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga boʻysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon boʻlib, u koʻpchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga koʻra toʻrt bosqichdan iborat boʻladi.
4. Jamoani shakllantirish oʻziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qoʻyilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam boʻlishi, uning a’zolari oʻrtasida oʻzaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning shakllanishiga qaratiladi.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish