XK = UK + QK + RK + TF + R + MT Aksionerlik jamiyatlarida chiqarilgan o‘z aksiyalari boshqalardan qayta sotib
olingan bo‘lsa, u holda xususiy kapital summasini topishda sotib olingan xususiy
aksiyalar qiymati (XAQ) xususiy kapital miqdoridan chegirib tashlanadi, ya’ni:
XK = UK + QK + RK + TF + R + MT - XAQ
Majburiyatlar – bu korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi
qarzlari. Majburiyatlarning asosiy turlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
•
Olingan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1
yilgacha muddatga boshqa yuridik shaxslardan vaqtinchalik moliyaviy yordam sifatida
olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha qarzlar summasi. •
Olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar - bu mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1
yilgacha muddatga banklardan kredit shartnomalari asosida olingan kredit resurslarini
qaytarish bo‘yicha qarzlar summasi. •
Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar – bu olingan tovar-moddiy boyliklar
uchun ta’minochilarga o‘tqazilmay qolingan qarz summasi. •
Haridorlardan olingan avanslar - bu haridorlardan tovar-moddiy boyliklarni
sotib olish uchun oldindan kelib tushgan pullar bo‘yicha qarz summasi. •
Muddati kechiktirilgan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu soliqlar va boshqa
to‘lovlar bo‘yicha muddati mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1 yilgacha bo‘lgan davrga
uzaytirilgan qarz summasi. •
Byudjet oldidagi qarzlar – bu hisobot davrida hisoblangan, lekinda byudjetga
o‘tqazib berilmagan soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi. •
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar – bu ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha hisobot davrida
hisoblangan, lekinda tegishli sug‘urta organlariga o‘tqazib berilmagan qarz summasi. •
Ish xaqi bo‘yicha qarzlar – bu korxonaning xodimlariga hisoblangan va vaqtincha
saqlanayotgan ish haqlarini to‘lanmay qolingan qismi. •
Ta’sischilar oldidagi qarzlar – bu ta’sischilarga hisoblangan, lekinda to‘lanmagan
dividendlar bo‘yicha korxonaning qarzi, shuningdek ta’sischilar safidan chiqib ketgan
shaxslarning ustav kapitalidagi hissasini qaytarilmagan qismi. •
Boshqa kreditorlar oldidagi qarzlar – bu turli xizmatlar, foizlar, kamomadlar,
da’volar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
olidagi qarzi. Buxgalteriya hisobi axborot berish na nazorat qilish vositasi sifatida korxona
aktivlarining tashkil topish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni jamlaydi, ular asosida
korxonaning moliyaviy quvvati ko‘rsatkichlari taxlil etiladi. Buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari asosida korxonaning xususiy kapitali, qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
axborot foydalanuvchilariga yetqaziladi.