Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning
ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday
hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari
va boshqalar kiradi.
Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va
ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‘linadi.
Bir marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar deganda
faqat bitta operatsiyani u yuz bergan vaqtda aks ettiruvchi hujjatlar tushuniladi, masalan,
pulni kassaga kirim qilganda tuzilgan kirim kassa orderi, tovar jo‘natilganda tuzilgan
schyot- faktura va shu kabi hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |