Debitorlik qarzlarning boshlang‘ich (dastlabki) qiymati deganda ularning
vujudga kelgan sanasidagi qiymati tushuniladi. Ushbu qiymat bo‘lib, odatda, schyot-
faktura va dalolatnomalarda ko‘rsatilgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish bahosidagi qiymati hisoblanadi.
Debitorlik qarzlarning sof qiymati deganda haridor va buyurtmachilarga
berilgan pulli chegirmalar, savdo chegirmalari, ulardan qaytib kelgan tovar-moddiy
boyliklar, shubhali qarzlar summalari ayirilib tashlangandan keyin, shuningdek chet el
valyutalari kurslari va milliy valyuta kursi o‘rtasidagi farqlar hisobga olib topilgan
qiymat tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |