Hujjatlashtirish – bu xo‘jalik operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan
rasmiylashtirish usuli.
Hujjat – bu ho‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi
yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-
moddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni
kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo‘jalik
operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu
shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek
esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi.
Buxgalteriya hisobida juda ko‘p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli belgilariga
qarab tasniflash mumkin ( 6-chizmaga qarang ).
Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi,
farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |