PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
246
XY –bob. AUDITNING HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
15.1.Auditning huquqiy asoslari
Audit, oldingi bobda aytib o‘tganimizdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan
tizim. Bu ham ichki, ham tashqi auditga taalluqlidir.
Ichki auditning huquqiy-me’yoriy asoslari respublikamizda «Korxonalar to‘g‘risida
Qonun», «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonun» hamda boshqa Qonunlar va me’yoriy
hujjatlarda belgilangan. Ushbu Qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari ichki auditga doir hujjatlarni ishlab chiqishlari va
ularga amal qilishlari lozim.
Tashqi auditning huquqiy –me’yoriy asoslari respublikamizda yuqorida keltirilgan
qonunlardan tashqari «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun», hukumat qarorlari,
auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS), yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy
hujjatlarda belgilangan.
29 ta moddadan iborat «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun» auditning
mohiyatini, uning turlari, maqsadi va vazifalarini, auditorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi tashkilotlarning statusini, ya’ni ularni tuzish va yopish tartibini,
auditorlik faoliyatini litsenziyalash, litsenziyalarni to‘xtatish va bekor qilish tartibini,
auditorlik tashkilotlarining, shuningdek auditorlar va ularning yordamchilarining
huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, auditorlik tekshiruvi natijalarini
rasmiylashtirish va tadbiq etish tartibini belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Qonunga muvofiq tashqi audit respublikamizda faqatgina maxsus litsenziyaga ega
bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlari
qonunlarga asosan faqat jismoniy shaxslar tomonidan xususiy korxonalar va
kompaniyalar statusida (ma’suliyati cheklangan jamiyat, firma, yopiq aksionerlik
jamiyati ko‘rinishlarida) tashkil etiladi. Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning ta’sischiligida auditorlik tashkilotlarini tuzish qat’iyan man etiladi.
Auditorlik tashkilotlarini tuzishda, shuningdek ular faoliyatini litsenziyalashda
ma’lum tartiblarga amal qilinadi, jumladan Qonunning 5-moddasiga, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining 2000 yil 22
sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining
ahamiyatini oshirish to‘g‘risida» 365-son qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish
tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq:
•
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori ta’sis etish sanasida eng
kam ish haqining kamida 1200 barobariga teng bo‘lishi kerak;
•
ushbu ustav kapitalining eng kamida 51 foizi bitta yoki bir nechta auditorlarga
tegishli bo‘lishi kerak;
•
auditorlik tashkilotining shtati kamida ikkita auditordan tashkil topishi lozim;
•
auditorlik tashkilotining rahbari albatta auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitalini shakllantirish muddati boshqa yuridik
shaxslar singari tashkil etilgan kundan boshlab bir yil hisoblanadi. Ushbu muddatda o‘z
ustav kapitalini shakllantirmagan auditorlik tashkilotlari yuridik statusga ega
bo‘lmaydilar va qonun hujjatlariga muvofiq yopilishi lozim.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati bilan faqatgina litsenziya olgan kundan
boshlab shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Litsenziya olgan kungacha o‘tqazilgan
auditorlik tekshiruvi qonuniy hisoblanmaydi, ushbu tartibga amal qilmagan auditorlik
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
247
tashkilotlarining faoliyati Moliya Vazirligining buyrug‘i bilan to‘xtatiladi, tegishli holda
uning litsenziyasi bekor qilinadi.
Qonunga va Nizomga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Olingan litsenziya faqat besh yil muddatda kuchga ega. Ushbu muddat tugagach
auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini faqatgina yangi litsenziya olgan kundan boshlab
davom ettirishi mumkin.
Qonun auditorlik tashkilotlarining xodimlari statusini belgilab beruvchi asosiy
hujjatdir. Bunday xodimlar bo‘lib auditorlar, auditorlarning yordamchilari hisoblanadi.
Qonunga muvofiq (3,4-moddalar):
•
auditor – bu kvalifikatsion sertifikatga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Bunday
kvalifikatsion sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq maxsus kurslarni bitirgan va malaka sertifikati
uchun ushbu vazirlikning buyrug‘i bilan tasdiqlangan davlat attestatsiyasi komissiyasiga
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
•
auditor yordamchisi –bu kvalifikatsiya sertifikatiga ega bo‘lmagan, audit
tekshiruviga auditor topshirig‘i bilan qatnashgan, lekinda auditorlik hisobotiga, auditorlik
xulosasiga, auditorning ekspert xulosasiga imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan
jismoniy shaxs. Auditorlarning yordamchilari auditorlik tashkilotiga mehnat shatnomalari
asosida ishga olinadi. Ularning yordamchi sifatida ishlagan vaqtlari auditorlik
kvalifikatsion sertifikatini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi. Auditorlarga
tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlash talabi auditorlarning yordamchilariga ham
to‘liq taalluqlidir.
Auditorlik tashkilotlari Qonunga muvofiq (6-modda) quyidagi huquqlarga ega:
•
auditorlik tekshiruvini o‘tqazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot
bilan oldindan tanishib chiqish;
•
auditorlik tekshiruvi o‘tqazilayotganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt amalga
oshirayotgan moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq xajmda olish,
shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning va
majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
•
auditorlik tekshiruvini o‘tqazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma
tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha
ma’lumotlarni olish;
•
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotlarni xo‘jalik yurituvchi
sub’ektdan olish;
•
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlarni
xo‘jalik yurituvchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvini
o‘tqazishdan bosh tortish;
•
auditorlik tekshiruvini o‘tqazishda ishtirok etishga auditorlarni va boshqa
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish va boshqalar.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonunga (7-modda) muvofiq auditorlik tashkilotlari
faqat auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari lozim, ushbu faoliyatni yuritishda ular
o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni olishlari kerak:
•
qonun hamda qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari;
•
auditorlik tekshiruvi o‘tqazilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli
litsenziyani, hamda auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishlari;
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
248
•
olingan va to‘plangan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishlari;
•
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilish
hollarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishlari;
•
mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan yetqazilgan zararlar aniqlangan
taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyatini (mulkdorni) xabardor qilish,
ushbu dalillarni auditorlik hisobotida qad etish, zarur hollarda auditorlik tekshiruvi
natijalarini
ma’lum
qilish
uchun
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishini chaqirilishini talab qilishlari va
boshqalar.
Auditorlik tekshiruvidan har yili o‘tqazilgan, oxirgi ikki yil uchun ularning har
biriga ijobiy auditorlik xulosalariga ega bo‘lgan va byudjet oldida boqimandalik qarziga
ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Auditorlik
xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi
to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq oxirgi tekshirish o‘tqazilgandan keyin kamida 24 oydan
oldin soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirilmaydi. Bu o‘z
navbatida auditorlik tashkilotlariga katta ma’suliyatni va javobgarlikni yuklaydi.
Yuqorida nomi zikr etilgan Nizomga asosan soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan
belgilangan tartibda o‘tqazilgan tekshirishlarda auditorlik xulosasining xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan
taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi noto‘g‘ri deb hisoblanadi, shuningdek auditorlik
tashkiloti, uning auditori (auditorlari) qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
Ushbu javobgarlik auditorlik tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga soliq va
majburiy to‘lovlarni noto‘g‘ri hisob-kitob qilinganligidan yetqazilgan zararlarni qoplap
berish, litsenziya faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish, uni bekor qilish, auditorlarni malaka
sertifikatini bekor qilish, ataylab qilingan holatlar uchun qonun doirasida jinoiy
javobgarlikga tortishgacha jazo choralarini qo‘llashdan iborat.
Auditorlik tashkilotlari Qonunga muvofiq (17-modda) auditorlik tekshiruvidan
tashqari mijozlarga kasbiy xizmatlarni (hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq hisob-
kitoblarini tuzib berish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, maslahatlar berish va
boshqalar) ko‘rsatishlari ham mumkin. Ushbu kasbiy xizmatlarni qonun doirasida to‘g‘ri
o‘tqazilganligiga
auditorlik
tashkilotlari
xuddi
auditorlik
tekshiruvi
singari
javobgardirlar.
Qonunga muvofiq (16-modda) auditorlik tashkilotlari kasbiy xizmatlar ko‘rsatgan
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bir vaqtning o‘zida auditorlik tekshiruvini ham o‘tqazib
berishlari mumkin emas. Bundan tashqari, Qonunning 16-moddasiga muvofiq auditorlik
tekshiruvini o‘tqazishda boshqa ma’lum cheklovlar ham mavjud, jumladan auditorlik
tekshiruvini o‘tqazayotgan auditor (auditorlar) xo‘jalik yurituvchi sub’ektning raxbarlari
va boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo‘lmasligi, ushbu xo‘jalik
yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarga ega bo‘lmasligi, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlarining, shuningdek, xo‘jalik boshqaruv organlarining
mansabdor shaxslari bo‘lmasligi, aynan tekshirish o‘tqazilayotgan korxonaning xodimi,
mulk ishtirokchisi, aksiyadori bo‘lmasligi lozim.
Auditning huquqiy-me’yoriy hujjatlari ichida auditorlik faoliyati bo‘yicha ishlab
chiqilgan milliy standartlar (AFMS) ham katta ahamiyat kasb etadi. AFMS lar
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun» asosida ishlab chiqilib, auditning u yoki bu
jihatlarini, uni o‘tqazish tartiblari, usul va uslublari, auditorlarning harakatlari va boshqa
tomonlarini amaliyotga tadbiq etishda asos bo‘ladigan me’yoriy hujjatlardir. AFMS lar
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
249
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Adliya
Vazirligidan ro‘yxatga o‘tgan sanadan 10 kundan keyingi sanadan boshlab kuchga
kiritiladi. Respublikamizda oxirgi 4 yilda quyidagi AFMSlar qabul qilingan va
amaliyotda qo‘llanilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |