Majburiy audit deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan hisobot yili
yakuni bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni realligini bilish maqsadida
o‘tqaziladigan audit tushuniladi. Qonunga asosan (10-modda) quyidagi tashkilotlar har
yili majburiy auditdan o‘tishlari shart:
•
aksionerlik jamiyatlari;
•
banklar va boshqa kredit beruvchi tashkilotlar;
•
sug‘urta tashkilotlari;
•
yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini to‘plovchi investitsiya va boshqa
fondlar, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;
•
mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari hisobidan
shakllanadigan xayriya va boshqa ijtimomiy fondlar;
•
mablag‘larining tashkil topish manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning
qonunlarda ko‘zda tutilgan majburiy ajratmalaridan iborat bo‘lgan byudjetdan tashqari
fondlar;
•
ustav fondida davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar.
Majburiy holda o‘tqaziladigan audit, odatda, kompleks harakterga ega bo‘ladi,
shuningdek ushbu auditni moslik auditi deb ham ataydilar.
Kompleks audit deganda moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq qamrab olgan
auditorlik tekshiruvi tushuniladi.
Moslik auditi deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini
harakatdagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos ravishda tuzilganligiga xulosa
berish bilan yakunlanadigan auditorlik tekshiruvi tushuniladi.
Majburiy auditning o‘tqazilishi davlat tomonidan nazorat qilinadi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini
takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida» 365-son
qaroriga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining yillik moliyaviy hisobotlarini hisobot yilidan keyingi
yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o‘tqazishlari, auditorlik tekshiruvi tamom
bo‘lgandan so‘ng 15 kun ichida tegishli soliq idorasiga auditorlik xulosasining
belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etishlari lozim. Ushbu qaror bilan
tasdiqlangan «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tqazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima o‘ndirish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq
yuqorida keltirilgan tartibga amal qilmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan
soliq idorasi tomonidan moliyaviy jazo, ya’ni jarima, belgilanadi va bu jarima solish
to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun maboynida o‘ndiriladi. Jarimalar
miqdori ushbu Nizomga asosan quyidagicha belgilangan:
Jarimalar miqdori*
Yillik mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan olingan
yalpi tushum miqdori (QQS bilan birgalikda)**
Eng kam oylik ish haqi
miqdorining 100 barobari
Eng kam ish haqi miqdorining 500 barobarigacha
Eng kam oylik ish haqi
miqdorining 300 barobari
Eng kam ish haqi miqdorining 500 barobaridan 15
ming barobarigacha
Eng kam oylik ish haqi
miqdorining 500 barobari
Eng kam ish haqi miqdorining 15 ming barobaridan
ortiq
*Jarimalar miqdorini aniqlashda eyeng kam ish haqining jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilgan sanadagi miqdoridan foydalaniladi; PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
241
** Byudjetdan tashqari va xayriya jamg‘armalari uchun yalpi tushum deganda amaldagi tushumlar, shu jumladan a’zolik badallari, tushuniladi.