Bevosita (to‘g‘ri) usul. Ushbu usulda asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul
oqimlarini hisoblashda ularning kirimi va chiqimi “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida
hisobot»ning ularga mos keluvchi sof tushum, tannarx, davr harajatlari,soliq to‘lovlari
kabi ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘lanadi. Jumladan , pul kirimi sof tushum bilan, pul
chiqimlari hisobotning tannarx, davr harajatlari, soliq to‘lovlari kabi moddalari bilan
bog‘lanadi. Pul oqimlarini hisoblashda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning
yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi va ushbu ko‘rsatkichlar ularga
ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarish summasiga tuzatiladi. Ushbu tuzatishlar, jumladan,
quyidagicha amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |