Reglamentlashtirilmaydigan hisob deganda shakl va mazmuni, yuritish tartibi va
texnikasi davlat tomonidan belgilab qo‘yilmagan hisob tizimi tushuniladi. Bunday hisob
turlariga operativ-texnik hisobini, boshqaruv hisobini, ishlab chiqarish hisobini kiritish
mumkin. Ushbu hisob turlarida qo‘llaniladigan registrlar, ularning shakllari, yuritish
tartibi har bir xo‘jalik tomonidan o‘z hohishiga qarab belgilanadi.
Xo‘jalik hisobi uni yurituvchi bo‘limlarga qarab buxgalteriya hisobi, kadrlar bo‘limi
hisobi, ishlab chiqarish bo‘limi hisobi, ta’minot bo‘limi hisobi, sotish bo‘limi hisobi va
boshqalarga bo‘linadi.
Xo‘jalik hisobining boshqaruvda tutgan o‘rni asosan u bajaradigan axborot berish va
nazorat qilish funksiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |