3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy  vositalarni  likvidatsiya  qilishning  hisobi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/492
Sana30.01.2021
Hajmi1,11 Mb.
#57868
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   492
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit

 Asosiy  vositalarni  likvidatsiya  qilishning  hisobi.  Asosiy  vositalar  to‘liq 
amortizatsiya  qilinganligi  yoki  qilinmaganligidan  qat’iy  nazar  ekspluatatsiya  qilish 
holatini  yo‘qotgan  bo‘lsa  korxona  tomonidan  likvidatsiya  qilinishi  mumkin.  Buning 
uchun  korxona  rahbari  buyrug‘i  bilan  likvidatsiya  komissiyasi  tuziladi.  Likvidatsiya 
komissiyasi  tarkibiga  korxona  xodimlaridan  tashqari  qiziquvchi  organlar  (hokimiyat  va 
boshqalar)  vakillari  ham  kiritilishi  mumkin.  Komissiya  likvidatsiya  natijalarini  maxsus 
likvidatsiya  dalolatnomasi  (OS-4  shakl)  bilan  rasmiylashtiradi.  Ushbu  dalolatnoma 
likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirishga asos bo‘ladi. 
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan korxona zarar yoki foyda ko‘rishi mumkin. 
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar ikki turga bo‘linadi: 
1.Asosiy  vositalarni  amortizatsiyalanmay  qolgan  qismini  qoplashdan  ko‘rilgan 
zararlar. 
2.Likvidatsiya qilishga ketgan qo‘shimcha harajatlardan ko‘rilgan zararlar. 
Birinchi  tur  zararlar  amortizatsiyasi  to‘liq  hisoblanmagan  asosiy  vositalarni 
likvidatsiya qilish natijasida vujudga keladi. Ko‘rilgan zarar amortizatsiyalanmay qolgan 
(Aq)  summadan  iborat  bo‘lib,  u  asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  qiymatidan  (Bq) 
jamlangan amortizatsiyani (Aj) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni: 
Aq = Bq – Aj  (1) 
 
Ikkinchi  tur  zararlarga  likvidatsiyani  amalga  oshirishda  sarflangan  moddiy 
harajatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar, turli transport va boshqa 
xizmatlar  uchun  ketgan  harajatlar  kiradi.  Bu  turdagi  harajatlar  likvidatsiya  harajatlari 
(Lx)  hisoblanib,  ular    BXMS  №  5  ga  muvofiq  likvidatsiya  qilingan  asosiy  vositaning 
likvidatsion  qiymatini  (Lq)  topishda  hisobga  olinadi.  Likvidatsion  qiymat  (Lq) 
likvidatsiyalan  olingan  aktivlar  (La)  qiymatidan  likvidatsiya  harajatlarini  (Lx)  chegirib 
tashlangandan keyin qolgan qiymatidir, ya’ni: 
Lq = La – Lx   
(2) 
Likvidatsiya  natijasida  ko‘rilgan  umumiy  zararlar  yoki  harajatlar  (Xl)  birinchi  tur 
zararlardan  (Aq)  tugatilgan  asosiy  vositalarning  likvidatsion  qiymatini  (Lq)  chegirish 
yo‘li bilan topiladi, ya’ni: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
72 
 
Xl = Aq – Lq  (3) 
 
Asosiy  vositalarni  likvidatsiya  qilish  natijasida  ko‘rilgan  zarar  yoki  harajatlar 
korxonaning  asosiy  faoliyatiga  bevosita  aloqador  hisoblanmaydi.  Shuning  uchun 
likvidatsiya  bilan  bog‘liq  harajatlarni  va  likvidatsiya  natijasida  ko‘rilgan  zararlarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishlab  chiqarish  yoki  sotish  harajatlariga  qo‘shib  bo‘lmaydi.  Shuning 
uchun likvidatsiya natijalarini aniqlash va hisobga olish uchun schetlar rejasidagi maxsus 
9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari» scheti ko‘zda tutilgan. Ushbu schetning debetida 
likvidatsiya  qilingan  asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  qiymati  (Bq),  likvidatsiya  qilish 
uchun qilingan harajatlar (Lx) jamlanadi. Bu schetning kreditida jamlangan amortizatsiya 
(Aj),  likvidatsiya  natijasida  olingan  moddiy  aktivlarning  qiymati  (Lq)  va  likvidatsiya 
natijasida  ko‘rilgan  umumiy  zararni  (harajatlarni)  hisobdan  chiqarish  aks  ettiriladi. 
Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy 
natijalarni  shakllantirish  tartibi  to'g'risida  Nizomga  muvofiq  likvidatsiyadan  ko‘rilgan 
zarar  korxonaning  asosiy  faoliyatiga  doir  bo‘lmagan  boshqa  turdagi  davr  harajatlariga, 
bir  vaqtning  o‘zida  foyda  solig‘i  bazasiga  qayta  qo‘shiladigan  harajatlarga  kiritiladi. 
Hisob  siyosatida  likvidatsiyaga  doir  harajatlarni  va  likvidatsiya  natijasida  ko‘rilgan 
zararlarni  harakatdagi  qonunlar,  BHMS  lar  va  Nizomga  mos  ravishda  yagona  tartibda 
ochib berishga erishish uchun ularni qo‘yidagi shartli misolda ko‘rib chiqaylik. 
Aytaylik, korxona avariya holatiga kelib qolgan binoni likvidatsiya qildi. Binoning 
boshlang‘ich  qiymati  (Bq)  –  650000  so‘m.  Likvidatsion  qiymat  ko‘zda  tutilmagan. 
Likvidatsiya  sanasiga  jamlangan  amortizatsiya  (Aj)  –  550000  so‘m.  Likvidatsiya 
harajatlari  (Lx):qulatish  krani  xizmati  -30000  so‘m,  yoqilg‘i  sarfi-    3000  so‘m  , 
hisoblangan ish haqi harajatlari-20000 so‘m, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar 
-    7740 
so‘m. Likvidatsiya natijasida qabul qilingan va baholangan qurilish  materiallari – 95000 
so‘m. 
Likvidatsiya  natijalari  korxonaning  hisob  siyosatida  qo‘yidagi  tarzda  yoritilishi 
kerak. 
 
1. Asosiy vositani boshlang‘ich qiymatini (Bq) hisobdan chiqarish 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish