4-chizma. Buxgalteriya balansini tasnoflash asoslari
Tuzilgan sanasiga ko‘ra buxgalteriya balansini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
kirish ( yoki ta’sis ) balansi; boshlang‘ich va hisobot balansi; tugatish balansi;
birlashtirish va ajratish balansi.
Kirish yoki ta’sis balansi deganda korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasiga,
ya’ni ta’sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu sanaga tuzilgan
balansning aktivida faqat ta’sischilarning yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi,
balansning passivida esa e’lon qilingan ustav kapitalining miqdori ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |