182
oshiq muddatda) o‘ndirib olinmagan qarzlarni korxona foydasiga o‘tqazishdan olingan
daromadlar mos ravishda kreditorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (
6010,6110,6710,6720, 6910-6990 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks
ettiriladi. Yil yakunida 9360- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va
9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9370 “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar” – ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan (
sog‘liqni saqlash bo‘linmasi, sartoroshxona, kutubxona, bolalar bog‘chasi va boshqa
muassasalari, sanatoriylar, oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar)
olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 4890 “Boshqa
debitorlarning qarzlari” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9370- schyotning
kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija”
schetining kreditiga yoziladi
va shu asosda u yopiladi
•
9380 “ Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” - ushbu passiv va vaqtinchalik
schyotning kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan
olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 0100 “Asosiy
vositalar schyoti”, 1000 “Materiallar schyoti” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil
yakunida 9380- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “
Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi
va shu asosda u yopiladi
•
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu passiv va vaqtinchalik
schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion
daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar
va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi
schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390-
schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy
natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik
hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: