180
schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan
daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan
summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi
va shu asosda u yopiladi.
Sotilgan mahsulotlar, tovarlar , ish va xizmatlar turli sabablarga ko‘ra korxonaga
qaytarilishi mumkin. Bunday holda qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ish va
xizmatlarning qiymati maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9040 “ Sotilgan tovarlarni
qaytarilishi” schyotining debetida aks ettiriladi, bunda mos ravishda 5010 “Kassa”,4010
“Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan
bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan
olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar kreditlanadi.
9040“ Sotilgan tovarlarni qaytarilishi” schyotining debetida to‘plangan summa mos
ravishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni
sotishdan olingan daromadlar”, 9030 “Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan
daromadlar” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schyot yopiladi.
Qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha sotish tannarxi va
sotishdan olingan QQS summasini aks ettiruvchi schyotlarga ham tuzatishlar qilinadi.
Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda haridorlar va buyurtmachilarga
tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra turli miqdorda chegirmalar ham berilishi mumkin.
Bunday chegirmalar summasi maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9050 “ Haridorlar va
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida aks ettiriladi, bunda mos
ravishda 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus
ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi
schyotlar kreditlanadi.
9050 “Haridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida
to‘plangan summa mos ravishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan
daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9030 “Bajarilgan ish va
xizmatlardan olingan daromadlar” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda
ushbu schyot yopiladi. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishda berilgan
chegirmalar summasi sotishdan olingan daromadlar summasini kamaytiradi.
Korxonalar daromadlarining analitik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish va
xizmatlarning sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo‘yicha olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: