Auditorlik tekshiruvi dasturi
– bu auditor tomonidan tuziladigan, auditorlik
tashkiloti rahbari va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjat.
Dastur o‘z ichiga tekshiriladigan ob’ektlar, jarayonlar, operatsiyalar, savollar ro‘yxatini,
tekshirish muddatlarini, shuningdek jalb etiladigan auditor yordamchilarining familiyasi,
ismi-sharifini va buyurtmachi tashkilot tomonidan jalb etiladigan ma’sul xodimlarning
familiyasi va ismi-shariflarini oladi. Auditorlik dasturi shartnomaga ilova sifatida yoki
alohida hujjat sifatida tasdiqlanadi. Auditorlik dasturidan namuna 5-ilovada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |