Nazorat tizimi xatari
(CR) – bu auditorning korxonada mavjud ichki nazorat
tizimining mavjud holatiga, uning ta’sirchanligiga bergan bahosidan kelib chiqadigan
xatar. Ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning haqiqatda kuchli ta’sirining borligi,
samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi auditorning xulosada kam xato qilishining muhim
omili hisoblanadi. Nazorat tizimi xatarini past darajada belgilanishi, albatta, auditor
tomonidan yig‘iladigan isbotlar sonini kamayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida
auditorning umumiy auditorlik xatarini oshishiga sababchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |