Asosiy ishlab chiqarish zahirasi
deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni asosiy
komponentini tashkil etadigan xom - ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa
ishlab chiqaruvchi korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo‘lib go‘sht hisoblanadi.
Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o‘rash plyonkasi, shpagat va
boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday
qurilish tashkilotida qurilish materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy
ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |