Y- bob. TOVAR – MODDIY ZAHIRALARNING HISOBI
5.1. Ishlab chiqarish zahiralarining hisobi
Xo‘jalik yuritishning muhim omili bo‘lib korxonaning ishlab chiqarish zahiralariga
ega bo‘lishligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralari –
bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil
etuvchi mehnat predmetlaridir. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq,
ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan aktivlar kiradi:
•
Xom- ashyo va materiallar
- mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish
(bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari;
•
Yarim tayyor mahsulotlar ( polufabrikatlar ) –
bu ishlovning ma’lum
texnologik bosqichlaridan o‘tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi
mumkin bo‘lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |