47
Investorlar, aksionerlar, kreditorlar uchun hisob siyosati o‘z mablag‘larini ushbu
korxonaga qo‘yish yoki qo‘ymaslik bo‘yicha qaror qabul qilishda asos bo‘lib
hisoblanadi.
Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma’lum shakl va tarkibga ega bo‘lishi kerak.
BXMS
№
1 ning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo‘yidagi tarkibiy elementlar o‘z
aksini albatta topishi lozim:
•
Korxona aktivlarini baholash
turlari va usullari;
•
Amortizatsiyani
hisoblash usullari;
•
Rezervlarni tashkil qilish;
•
Tovar-moddiy boyliklarni baholash
va hisobga olish usullari;
•
Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan harajatlarni
tan olish va hisobga olish;
•
Tannarxni kalkulyatsiya
qilishning usullari;
•
Moliyaviy hisobotni
konsolidatsiya qilish tartibi;
•
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari;
•
Buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi.
Hisob siyosatida yuqorida keltirilgan ma’lumotlar alohida boblar, paragraflar
ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim. Korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishda
muhim ahamiyat kasb etadigan boshqa hollar va tartiblar ham hisob siyosatida aks
ettirilishi mumkin.
Korxonada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatiga to‘liq amal qilinishi
lozim. Buning uchun korxonada tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Jumladan, xodimlar o‘rtasida bajariladigan ishlar aniq taqsimlangan bo‘lishi kerak.
Bunday taqsimotni bosh hisobchi amalga oshiradi. U har bir hisobchiga yuritiladigan
buxgalteriya hisobi schetlarini, hisob registrlarini ochish, yuritish, yopish tartiblari va
muddatlarini belgilab beradi.
Bosh hisobchi korxonaning buxgalteriyasi, uning bo‘limlari to‘g‘risida Nizomni
ishlab chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta’minlashi kerak. Nizomda har
bir bo‘lim xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq
belgilangan bo‘lishi lozim.
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlaridan biri bo‘lib korxonada hujjatlar
aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday
grafiklarni jadval yoki tarmoqli grafik ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Hisob siyosatiga amal qilishning yana bir muhim shartlaridan biri bo‘lib hisob
xodimlari faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga
baho berish yoki reyting tizimiga amal qilish hisobchilarni rag‘batlantirish (yutuqlar
uchun), yoki ularga nisbatan jazo choralarini ko‘rish (xato-kamchiliklar uchun) orqali
amalga oshirilishi lozim. Hisobchilar ishiga baho berish reyting tizimini mavjudligi va
uni doimiy tarzda hisobchilar o‘rtasida e’lon qilib borish buxgalteriya ishini doimiy
yaxshilanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlariga yana doimiy harakatdagi ilmiy–
amaliy seminarlarni uyushtirishni, hisobchilarning malakasini doimiy tarzda oshirib
borishni va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: