Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
–bularga korxonaning asosiy
vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, o‘ndirilgan jarimalar, voz
kechilgan kreditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, inventarizatsiyada aniqlangan
ortiqchalar, TMB larni qayta baholashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar
deganda bevosita asosiy
faoliyatga taalluqli bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday
daromadlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga va
favqulotdagi daromadlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |