Operativ-texnik hisob
deganda xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u yoki bu maqsadda
yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‘limini xodimlarni ishga o‘z vaqtida
kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‘ini yoki masterining stanoklarni ish
holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‘la oladi.
Boshqaruv hisobi
– bu xo‘jalik rahbariyati talablariga ko‘ra boshqaruvga tegishli
qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi.
Bunday hisobni xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |