3-mavzu. Yosh bolalarni tana tuzilishi va fiziologiyasi. Reja



Download 99,76 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi99,76 Kb.
#253220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ochichak. Ochichak o‘n ikki barmoq ichakning davomi bo‘lib, charviga osilgan holda qorinning orqa devoriga harakatchan joylashgan. Ochichak juda ko‘p burmalar hosil qiladi. Tirik odamda ochichak qisqarib, shaklini o‘zgartirib turadi.

Yonbosh ichak. Yonbosh ichak yonbosh suyagining qanotlari orasida joylashgani uchun yonbosh ichak deyiladi. Yonbosh ichak ochichakning davomi bo‘lib, ular orasida aniq anatomik chega- ra yo‘q. Bu ichakning diametri biroz katta. Ingichka ichakning oldingi qismi katta charviga o‘ralgan boladi. Bu ham qorin bo‘shlig'ida ko‘p burma hosil qiladi.

Ingichka ichaklarning devori uch qavatdan; tashqi — seroz, o‘rta — muskul va ichki - shilliq qavatdan tuzilgan. Seroz qavati biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan bo'lib, ko‘p miqdordagi nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan. Muskul qavati uzunasiga va doira bo‘ylab joylashgan muskul tolalar to‘plamidan iborat. Muskul qavati o‘n ikki barmoq ichakda yaxshi rivojlangan. Unda- gi muskul tolalariningnerv impulslari ta’sirida qisqarishi tufayli to‘lqinsimon harakat bo‘lib, ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi va yo‘g‘on ichak tomonga siljiydi.

Ichakning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan bo‘lib, bu qavat ko‘p burma hosil qiladi. Ichakning ichki yuzasi bu burma- lar hisobiga 24 marta kattalashadi. Ichak devorining butun yuza- sini o‘simtalar shaklidagi duxobaga o‘xshash juda ko‘p tukchalar qoplagan, ular ichak vorsinkalari deb ataladi. Vorsinkalar devori silindrsimon bir qavat epiteliy bilan qoplangan. Ichak vorsinka- larining asosini retikular biriktiruvchi tuzilma tashkil etadi, bu qismda leykotsitlar ko‘p bo‘ladi.




27-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining tuzilishi.

Ichak vorsinkalari 0,5—1,5 mm uzunlikda bo‘lib, limfa qon tomirlari va nervlar bilan yaxshi ta’minlangan. U har doim ha- rakatda bo‘ladi. Parchalangan va erigan holga kelgan ovqat mod- dalarining qon va limfaga so‘rilishida, vorsinkalar asosiy organ hisoblanadi. Ularning qisqarib turishi so‘rilishni kuchaytiradi. Ichak vorsinkalari o‘n ikki barmoq ichakda juda zich joylashgan, ya’ni 1 mm2 da 40 donagacha, och va yonbosh ichaklarda siyrak- roq bo‘ladi.

Ichakning shilliq qavatida vorsinkalar orasida bo‘rtiqlar bo‘ladi. Bu qism ichak epiteliy hujayralarining ko'payuvchi va qayta tiklanuvchi qismi hisoblanadi. Ichakning yuqori o‘n ikki barmoq qismidagi shilliq qavatda juda ko‘p mayda Bruner bez­lari, uning qolgan qismida liberkyun bezlari bor. Bu bezlar ichak shirasi va shilliq modda ishlab chiqaradi. Ichak devorining bar­cha qismida limfa to'qimalari tugun hosil qiladi. Ular yonbosh ichakda to‘planib, tugunchalarini hosil qiladi. Limfa va Peyner tugunchalari himoya qilish vazifasini bajaradi.


Download 99,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish