Genlar – o’z-o’zlarini tartibga soluvchilardir. Vaziyatga qaramasdan bir xil natijaga olib boruvchi andazadek harakat qilgandan ko’ra genlar reaksiyaga kirishadi. Afrikaning yozdagi yashil xonqizisi kuzda jigarrangga aylanadi. Haroratni nazorat qiluvchi genetik o’zgarishdan mamnun holda ayrim vaziyatda jigarrangni ishlab chiqaradigan genlar boshqa vaziyatda yashilni ishlab chiqaradi. Shunday qilib, aynan bir xil, lekin turli tajribali odamlar bir-biriga o’xshash fikrlarga ega bo’ladi, lekin aynan emas. Bir egizak o’zining sherigining sevgisidan mutlaqo o’zgacha tarzda sevib qolishi mumkin.
Bizdan xarakterimiz ko’proq genlarimizning mahsulini yoki atrof-muhitnikimi deb so’rash xuddi dalaning hududi ko’proq uzunlikning mahsulimi yoki kengliknikimi deb so’rash kabidir. Shunga qaramay biz turli xil dalalarning turli xil hududlari ko’proq ularning kengligi va uzunligining farqining natijasimi deb so’ray olamiz. Va shuningdek insonning insonga xarakteri farqlari ko’proq tabiat tomonidanmi yoki tarbiya tomonidanmi deb so’ray olamiz.
Genlar va hayotiy tajribaning ikkalasi ham muhim deb aytish - to’g’ri. Lekin ko’proq anig’i, ular o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Tasavvur qiling, ikkita chaqaloq: biri irsiy beg’am, kirishuvchan va jozibali, boshqasi esa kamroq. Taxmin qilamizki, birinchi chaqaloq mehribonlikka va rag’batlantiruvchi parvarishga ko’proq erishadi ikkinchisidan ko’ra va hayotda do’stona, dilkash inson sifatida rivojlanib boradi. Ikkalasi ham o’sib borarkan, tabiiy do’stona bola keyinchalik ko’proq ijtimoiy dadillikni rag’batlantiruvchi mashg’ulotlar va do’stlarni qidiradi.
Ularning natijaviy shaxsiy farqlariga nima sabab bo’lgan? Irsiyat ham, tajriba ham yolg’iz mos kelmaydi. Atrof-muhit genlarning ish-harakatiga sabab bo’ladi. (olimlar hozir qachon maxsus genlar oqsil yaralishiga sabab bo’lishiga atrof-muhitning ta’siri ustida tadqiqot olib borishyapti). Bizning irsiy ta’sirlangan xususiyatlarimiz boshqa raqsdagi hamrohimiz – shuningdek boshqalardagi muhim javoblarni chaqiradi. Shu sababli bolaning ta’sirchanligi va tajovuzkorligi sinfdagi namunali bolaga nisbatan iliq muomalada bo’lgan o’qituvchining jahldorona javobi bo’lishi mumkin. Ota-onalar ham o’zlarining bolalariga turli xil munosabatda bo’lishi mumkin: biri jazolanadi, boshqasi esa yo’q. Bunday holatda bolaning tabiati va ota-onaning tarbiyasi o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Birortasi ham alohida harakat qilmaydi. Irsiyat va makon birga mos tushadi.
Esga soladigan bog’lanishlar bizga tushuntirishga yordam beradi. Nega aynan bir xil turli oilalarda voyaga yetkazilgan egizaklar ota-onalarining iliq munosabatini ajoyib o’xshashlik sifatida eslaydi – deyarli aynan bir xil ota-onalarda bo’lgani kabi (Plomin 1998, 1991, 1994). Do’stona egizaklar o’zlarining ilk oilaviy hayotlaridagi ajralib turuvchi eslatishlariga ega bo’ladi – hattoki bir xil oilada voyaga yetgab bo’lsa ham! “Bolalar bizda turli xil ota-onalardek tajriba qoldiradi, o’zlarining sifatlariga bog’liq holda”, deb qayd qilgan Sandra Skar (1990). Bundan tashqari saralash natijasi ishda bo’lishi mumkin. Yoshimiz o’tgani sayin biz atrof-muhitni bizning tabiatimizga mos kelishiga qarab tanlaymiz.
Shunday ekan, ilg’or tushuncha jihatidan, bizning irsiy mayl va bizni qurshab turgan atrof-muhit orasidagi o’zaro bog’liqlik pog’onasining mahsulimiz.
Xususiyatlarimizga bog’liq holda biz aniq ravishda atrof-muhitni tanlaymiz. Va biz o’zimizning tabiatimizdan reaksiya uyg’otamiz. Shu sababli bizning irsiyat odamlar qanday munosabatga kirishishi va bizga ta’sir ko’rsatishiga ta’sir qiladi.
Biologic xususiyatlar ijtimoiy natijalarga ega. Shunday ekan, tabiat tarbiyaga xilof ekanligini unuting, tabiat orqali tarbiyani o’ylang. [8] [3]
Egizklar usuli o’xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o’rganishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo’ladi. Ba’zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan kam hollarda uchta va hatto to’rtta) tuxum hujayra urug’lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga nihoyatda o’xshash bo’ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xil genotipga egadirlar. Ular o’rtasida tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog’liq bo’ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar egizakmas aka-uka yoki opa-singillardek bir-biriga o’xshash, bir xil yoki har xil jinsli bo’ladi. Egizaklarni o’rganuvchi fan – gemellologiya hisoblanadi.[9] [3]
Tabiiy saralash mexanizmi: Tabiiy saralash jarayonida mutatsiya, ya’ni organizmlarning moslashuv jarayoni mustahkamlanadi. Tabiiy saralashni odatda “aniq-ravshan” mexanizmlar Psixologiya – (qadimgi grek tilidan olingan bo’lib, qalb to’g’risidagi fan degan ma’noni anglatadi)- inson, ruhiyati va ruhiy faoliyatining rivojlanishi vazifa va qonunlarini yaratilishini o’rganadigan fan. U ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan yondashadi. U o’z ichiga psixologiyaning asosini, ma’lum bir faktlarini , mexanizmini va insonni va odamlar guruhini psixologik faoliyatini oladi.
1) Organizmlar yashab qolishidan ko’ra ko’proq avlod qoldiradi.
2) Bu organizmlar populatsiyasida nasldan naslga o’tadigan o’zgaruvchanlik mavjud
3) Genetik xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlar kopayish va yashab qolishi turli darajada.
Ushbu yuz yillik boshida, CHarlz Darvinning evolyusiya nazariyasi ta’sirining oshib borgani sari, barcha xulq turlarini instinktlar ko‘rinishida tasniflash qabul qilindi. Agar insonlar o‘zlarini tanqid qilishsa, bu ularning “o‘zini-o‘zi kamsitish instinkti” oqibatida sodir bo‘lgan. Agar ular maqtansalar, bu ularning “o‘z shaxsini namoyon qilish instinktini” aks etgan. Sotsiologlardan biri, besh yuz kitobni ko‘rib chiqib, 5759 ta ehtimoldagi odam instinktlaridan iborat ro‘yxat tuzgan edi! Har bir xulqga o‘z instinktini belgilash bilan bog‘liq intilish alaqachon o‘z og‘irligi ostida yo‘q bo‘lib ketgan. Bu shuning uchun yuz berdiki, birinchi nazariyachi-instinktshunoslar insonning xulqini tushuntirmasdan, unga faqat nom berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ushbu jarayon aqlli bolaga “darslarni o‘zlashtira olmaydigan” nom berib, uning past baholarini “tushuntirishni” eslatib turgan. Xulqni nomlash, uni tushuntirib berish degani emas.
Instinkt sifatida tasniflash uchun majmuaviy xulq ushbu tur orasida turg‘un modelga ega bo‘lishi va orttirilmagan bo‘lishi kerak (Tinberg, 1951). SHunga o‘xshash xulq hayvonot olamining boshqa turlari vakillariga xos (qushlardagi imprintingini (hotirada saqlab qolish) va lososning uvuldiriq sochish uchun o‘z joylariga qatishini esga oling). Insonning xulqida ham tug‘ma moyilliklar, shu jumladan go‘dakdagi emish va harakatlanish reflekslari kabi oddiy turg‘un modellar namoyon bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik psixologlar insonning xulqi fiziologik ehtiyojlarga va ruhiy intilishlarga bog‘liq deb hisoblaydi.
Instinkt nazariyasi odam harakatidagi sabablarni tushuntirib berishning uddasidan chiqmagan bo‘lsada, ammo uning asos bo‘ladigan farazi – genlari ushbu tur uchun xos bo‘lgan xulqni ta’minlaydi – bu esa juda ham muhim. Buni biz bizning ma’lum bir yoqtirmaydigan narsalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan biologik moyilligimiz to‘g‘risida keying boblardagi baxsdan ko‘rdik hamda kelgusida ham o‘zaro yordam berishga, bizning xayolparast qiziqishimiz va jinsiy farqlarimizga qaratilgan xulqqa evolyusiya qanday ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qilishda kuzatamiz...... [10] [3]
Do'stlaringiz bilan baham: |