3-mavzu Xizmat koʻrsatuvchi dasturlar va utilitalardan foydalanish.
Kompyuterga drayver o‘rnatish:
Bu birinchi qarashdagina murakkab tuyuladi. Aslida barcha drayverlar uchun bir xil bo‘lgan ketma-ketlikdagi bir necha amallar bajarilsa, kifoya.
Barcha drayverlarning o‘rnatish fayllari mavjud bo‘ladi. Ular odatda Install.exe yoki setup.exe ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu fayllarni bosganingizda ketma-ket darchalar ochiladi. Ulardagi «Dalee» «(Keyingi) tugmasini bosib borasiz. O‘rnatishga oid boshqa barcha jarayonlar avtomatik tarzda kompyuter tomonidan bajariladi.
Drayver o‘rnatayotganingizda bitta muammo chiqishi mumkin. Bu ham bo‘lsa, tegishli qurilma topilmaganligi haqida xabar paydo bo‘lishi. Bu muammoni hal etish uchun avvalo o‘rnatilayotgan drayver haqiqatan yangi qurilmaga tegishli ekanligini tekshiring (barcha qurilmalar uchun universal drayver hozircha o‘ylab topilmagan!). Agar drayver aynan shu qurilmaniki bo‘lsa, unda u qurilmaga qaraganda ancha keyin chiqqan bo‘ladi, shuning uchun eski talqindagi drayverni topib, o‘rnating.
Drayver o‘rnatishning kompleks uslubi:
Drayver o‘rnatishning ikkinchi uslubi biroz murakkabroq bo‘lsa-da, bir marta unnab, tushunib olsangiz, keyin har qanday drayverni muammosiz o‘rnata oladigan bo‘lasiz.
1. «Пуск» menyusiga kirasiz, «Мойкомпьютер» (Mening kompyuterim) tugmachasiga strelkani olib borib, sichqonchaning o‘ng tomonini bosasiz. Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan «Свойство» (Xususiyatlar) ni tanlang.
2. «Оборудование» (Qurilmalar) sahifachasini tanlang va «Диспетчерустройств» (Qurilmalar dispetcheri) tugmachasini bosing.
3. Paydo bo‘lgan darchada drayver o‘rnatish lozim bo‘lgan qurilmani tanlang va sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing. Ro‘yxat ochiladi, undan «Свойства» (Xususiyatlar) ni tanlaysiz.
E'tibor bering: drayver o‘rnatilmagan qurilma, odatda, so‘roq belgisi bilan ajratib ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa, bunday qurilma undov belgisi bilan belgilangan bo‘ladi.
4. «Драйвер» sahifachasini tanlang va «Обновить» (Yangilash) tugmasini bosing.
5. «Нет, невэтотраз» (Yo‘q, bu gal emas)ni tanlaysiz va «Далее» tugmasini bosing.
6. Ikkita variant mavjud. Oldin «Автоматическаяустановка (рекоммендуется)» (Avtomatik o‘rnatish (tavsiya etiladi))ni bosing, bunda kompyuter drayverni o‘zi qidirib topish va o‘rnatishga harakat qladi. Agar topa olmasa, bu haqda xabar ekranda chiqadi. Agar u topa olmasa, ortga qayting («Назад» (Orqaga) tugmasi yordamida) va «Установкаизуказанногоместа» (Ko‘rsatilgan joydan o‘rnatish)ni tanlab, «Далее» tugmasini bosing.
7. Keyingi darchada ham sizni ikkita yo‘l kutmoqda. Agar drayverli diskingiz bo‘lsa, uni diskovodga joylasangiz va «Поискнасменныхносителях (дискетах, компакт-дисках...)» (Almashinuvchan tashuvchilar (disketlar, kompakt-disklar va b.)larda izlash) qarshisiga belgi qo‘yib, «Далее» tugmasini bossangiz bo‘ldi.
8. Kompakt-diskingiz bo‘lmasa, drayverni Internetdan yuklab olgan bo‘lsangizu, arxivda setup.exe fayli bo‘lmasa, mana shunday hollarda drayverga boradigan yo‘lni qo‘lda ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Oldingi bosqichda tasvirlangan darchaga qaytasiz.
«Включитьследующееместопоиска:» (Qidiruv uchun quyidagi joyni qo‘shish:) qarshisiga belgi qo‘yasiz va «Обзор» (Sharh) tugmasini bosasiz. Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan yuklab olingan drayver turgan joy (papka)ni tanlab, «OK» tugmasini bosing. Yo‘lni ko‘rsatib bo‘lganingizdan so‘ng «Далее» tugmasini bosasiz va drayverning o‘rnatilishi boshlanadi.
Ko‘rib turganingizdek, drayver o‘rnatish unchalik murakkab emas. Ha, yana bir gap – yuklab olgan drayveringiz «drayvernomi.inf» ko‘rinishida bo‘lsa, bu faylga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdagi «Установить» (O‘rnatish) ni tanlang.
Familiya nimani anglatadi? Qaysi oilaga mansubligimizni. Xuddi shu kabi, fayllar formatlari ularning qaysi turdagi fayllar «oilasiga» tegishli ekanligini,
ularni qaysi dastur bilan ochish kerakligini ko‘rsatadi. Fayl nomi va formati o‘rtadagi nuqta bilan ajratiladi (masalan: maqola.doc). fayl nomini foydalanuvchining o‘zi tanlashi mumkin. Format esa, (ba’zida uni «расширение» – «kengaytma» deb ataydilar) fayl turiga qat’iy biriktirilgan bo‘lib, uni o‘zgartirish taqiqlanadi (albatta, istisnolar bo‘ladi, lekin ularni keyinchalik ko‘rib o‘tamiz).
Har kim o‘z qiziqishi doirasidagi fayllar bilan ishlaydi. Musiqachi – musiqali fayllar, dizayner – grafika, jurnalist – matnli fayllarni ko‘p ishlatadi. Lekin shunday fayl formatlari borki, ularni barcha birdek ko‘p qo‘llaydi.
Arxivlar:
RAR – RAR-siqish yordamida siqilgan fayllar yoki fayllar guruhi (u ZIPga qaraganda ko‘proq siqadi). «RAR» atamasi «Roshal ARchive»dan yasalgan (WinRar dasturi yaratuvchisi – Yevgeniy Roshal).
ZIP – ZIP-siqish yordamida siqilgan fayl, u aksariyat arxivator dasturlar (siqilgan fayllar ustida ishlovchi dasturlar)ga tushadi. Windows foydalanuvchilari WinZip dasturi yordamida ZIP-fayllar yarata oladilar.
Video:
AVI – turli kodeklarda kodlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ega videofayllar formati. Unda siqish boshqa formatlarga qaraganda kamroq qo‘llaniladi. AVI-fayllar turli pleyerlarda ijro etilishi mumkin, lekin pleyerga tegishli videoni kodlash uchun ishlatiladigan kodek tushishi kerak (kodek so‘zi KOdlash va DeKodlash (qayta kodlash) so‘zlaridan olingan).
MPEG1-2(MPG) – ma’lumotlarni siqish va o‘chirish yordamida video va ovozni saqlash formati.
MPEG4(MP4) – MPeG-4 standartida siqilgan film yoki videoklip bo‘lib, odatda Internetda video-fayllarni almashish va jo‘natish uchun qo‘llaniladi. Bu formatda audio- va videoyo‘lkalar uchun alohida siqish qo‘llaniladi.
SWF - ShockWare Flash. SWF fayllari Macromedia Flash dasturi yordamida tuziladi. Uni yana Flash Player formati deb ham ataladi. Bu format vektorli grafika va ovozli animatsiyali kliplarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Ko‘rish uchun Flash Player proigrivateli, shuningdek, zamonaviy veb-brauzerlardan foydalaniladi. SWF fayllarni tahrir qilib bo‘lmaydi.
Grafika:
BMP – rastrli grafik format. Windows uchun standart grafik fayllar formati. Windows dagi barcha tasvirlarni tahrir qilish dasturlari BMP fayllarni yarata va o‘qiy oladi. Tasvirning rangini oq-qoradan to to‘liq ranglargacha belgilash mumkin. Bu formatda tasvir siqilmaydi. Taxminan 16,7 million xil rang ishlatiladi.
GIF – Graphics Interchange Format (grafik ma’lumotlarni almashish formati). CompuServe firmasining standarti, u rastrli rangli tasvirlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Tarmoq orqali tarqatish uchun mo‘ljallangan ushbu format fayllari juda kichkina bo‘ladi. Format kulrangning 256 xil jilosi yordamida oq-qora tasvirni va 256 xil yoki undan kam rangni qo‘llab, rangli tasvirni yozib oladi. Tasvirni animatsiyada ham ishlatish mumkin.
JPEG (JPG) – asosan rastrli tasvirlar (fotosuratlar, rasmlar va b.) uchun ishlatiladi. JPEG formatida yuqori darajada siqilganligi tufayli, tasvir fayli hajmi sezilarli darajada kamayadi. Lekin bunda tasvir sifati yo‘qoladi. Bugungi kunda JPEG fotosuratlar va ko‘psonli ranglar ishlatilgan tavsirlar uchun eng yaxshi format sanaladi. U Internetda ishlatish va elektron pochta orqali jo‘natishga qulay. Taxminan 16,7 million xildagi rang qo‘llaniladi.
PSD – Photo Shop Data. Fotosuratlarni qayta ishlovchi fotoshop dasturida yaratilgan fayllar formati. Taxminan 250 trillion xil rang qo‘llaniladi.
TIFF(TIF) – Tagged Image File Format (tasvirli fayllarning teglangan formati), rastrli grafik format. Bu format tasvirlarni yuqori sifatini ta’minlaydi va kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlar almashishdagi standart format sanaladi. TIFF formati tasvirni ma’lumotlarni yo‘qotmay siqish imkonini beradi. Raqamli kameralar foydalanuvchilari tomonidan keng qo‘llaniladi. Taxminan 16,7 million xildagi ranglar mavjud.
Hujjatlar, matn:
DOC – Microsoft Word da yaratilgan fayl. U matn, surat, jadval, grafika, diagrammalarni, sahifalarni formatlash va chop etish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.Drayver deb nimaga aytiladi?
2.Fayllarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar nima?
3. Arxivlash dasturlari turlari?
Xizmat ko’rsatuvchi dasturlarga misollar yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |