3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish bayonnomalarini rasmiylashtirish



Download 203,16 Kb.
bet7/16
Sana03.09.2021
Hajmi203,16 Kb.
#163338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
3 мавзу Процесс хужжатларни расмийлаштириш

5. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish bayonnomalarini rasmiylashtirish.
Guvoh va jabrlanuvchi umumiy qoidalar bo`yicha so`roq qilinadi. So`roqa o`z advokati bilan xozir bo`lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so`roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. So`roq tugaganidan so`ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to`grisidagi, so`roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo`lgan arzlarini bayon etishga haqli.

Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida:

- hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to`grisida - sudyani va xalq maslahatchisini;

- jinoyat ishi yuzasidan o`z vazifalarini bajarishlari natijasida o`zlariga ma’lum bo`lgan holatlar to`grisida – himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vaqilini;

- ruhiy yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo`lgan holatni to`gri idrok etish va bu haqda ko`rsatuv bera olish layoqatiga ega bo`lmagan shaxsni so`roq qilish mumkin emas (JPK 115-m.).

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o`zlarining roziliklari bilan so`roq qilinishlari mumkin (JPK 116-m.).

Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlanganidan va unga protsessual huquq, hamda majburiyatlari tushuntirilganidan keyin u ko`rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgon ko`rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to`grisida ogohlantirilib, bu haqda so`roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo`yiladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko`rsatma berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilmaydilar (JPK 117-m.). Ammo surishtiruvchi, tergovchi yoki sud aniqlayotgan holatlar o`zida davlat sirlarini yoki kasb sirini yohud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yohud boshqa shaxslar xayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirilganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi ko`rsatma berishdan bosh tortishga haqli emas.

Aniqlanishi lozim bo`lgan holatlar o`zida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yohud shaxslar xayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos bo`lganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini so`roq qilish chogida bu holatlarning oshkor etilishiga yo`l qo`ymaslik chora- tadbirlarini ko`rishi shart (JPK 118-m.).

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko`rsatuvlari bir qator hollarda jinoyat ishi uchun katta ahamiyatga ega bo`ladi. Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni bo`zganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar bilan o`zaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan o`zaro munosabatlari to`grisidagi savollarga javob beradi. Shundan so`ng so`roq qiluvchining taklifiga ko`ra guvoh yoki jabrlanuvchi ish bo`yicha o`zlari bilgan barcha ma’lumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli bo`lgan yoki ahamiyatli bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday holat to`grisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishgirokchilarining shaxsi haqida ham ko`rsatuvlar berishlari mumkin (JPK 118-m).

Tergov olib borilayotgan joyda guvoh yoki jabrlanuvchi ko`rsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida usha kunning o`zida yoki keyingi kundan kechiqtarmay so`roq qilinishi kerak.

Guvoh yoki jabrlanuvchining ko`rsatuv berishga xohishi to`grisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelgan taqdirda, unga so`roq o`tkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq so`roq o`tkaziladi (JPK 120-m.).

Voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so`roq qilishning bir qator o`ziga xos jixatlari mavjud. Bunday shaxslarni so`roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o`tkaziladi. Ko`rsatilgan shaxslar so`roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin. Bunday guvohlar va jabrlanuvchilar ko`rsatuv berishdan bosh tortganlnk va bila turib yolgon ko`rsatuv berganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilmaydilar. Biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chogida xaqqoniy ko`rsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi bo`yicha xaqiqatni aniqlashga ko`maklashish ma’naviy burchi ekanligini eslatib o`tadi. (JPK 121-m.).



  1. Download 203,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish