3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Narsalar va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish tergov harakat bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar



Download 203,16 Kb.
bet16/16
Sana03.09.2021
Hajmi203,16 Kb.
#163338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3 мавзу Процесс хужжатларни расмийлаштириш

17. Narsalar va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish tergov harakat bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.
Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo`ldan-qo`lga o`tganligi yoki turgan joyi o`zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir ettanligini aniqlash mumkin bo`lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo`lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi (JPK 203-m).

Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir.



Narsa va xujjatlarni jinoyat ishiga ashyoviy va yozma dalillar sifatida qo`shib qo`yish boshqa narsa va xujjatlarni taqdim etishdagi kabi qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ammo ular ashyoviy dalil deb surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimida e’tirof etilishi lozim. Ushbu xujjatda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham xal qilinishi kerak (JPK 207-m.).

Ishga ashyoviy dalil sifatida qo`shib qo`yilgan pul, qimmatli qog`ozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaxo metallardan, qimmatbaxo toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida ko`zdan kechirilganidan so`ng belgilangan tartibda saqlash uchun topshiriladi.

Agar fuqaroviy da’voni ta’mnilash maqsadida yohud garov tariqasida pul olib qo`yilgan yoki qabul qilinilgan bo`lsa, uch sutkadan kechiqtirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depo­zit hisobiga topshirilishi shart (JPK 209-m.).

Jinoyat ishini yurituvi tamom bo`lguniga qadar ashyoviy dalillar to`grisida qabul qilinadigan qarorlar ba’zi xususiyatlarga ega.

Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik ro`zgorda zarur bo`ladigan narsalar, uy xayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo`ladigan boshqa xayvonlar zarur tergov harakatlari o`tkazilgach, kechiqtirmay egalariga qaytarib beriladi. Tez buziladigan narsalar yoki uy xayvonlari, parrandalar va boshqa xayvonlarning qonuniy egasi yohud mulkdori noma’lum bo`lgan yoki boshqa sabablarga ko`ra ularni qaytarib berish iloji bo`lmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim (JPK 210-m.).

Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish to`grisidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi qo`yidagi qoidalarga rioya etilgan holda xal qilinadi:

- jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qatiy nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladl yoki yo`q qiilb yuboriladi;

- muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishliligi muassasalarga berilishi lozim yoki yo`q qilib yuboriladi;

- xech qanday kimmatga ega bo`lmagan ashyolar yo`q qilib yuboriladi. manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;

- jinoyat yoki boshqa gayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan maxrum bo`lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shunigdek merosxo`rlariga qaytarib berilishi lozim;

- agar pul va boshqa boyliklar jinoiy yo`l bilan orttirilgan bo`lsa, ular sudning hukmiga binoan jinoyat natijaaida etkazilgan mulkiy zararni qoplash o`tkaziladi, mulkiy zarar ko`rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o`tkaziladi;

- ashyoviy dalil hisoblanuvchi xujjatlar ularin saqlash zarurati tugaguniga qadar jinoyat ishida asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yohud muassasalarga beriladi (JPK 211-m.).

Ekspertiza o`tkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yo`qolgan ashyonnig qiymati sud chiqimlariga qo`shiladi yoki zarar keltirilishi natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonun xujjatlari qoidalariga muvofiq to`llattirish lozim (JPK 212-m.).
Mustahkamlash:


  1. Tergov harakatlari, ularning turlari va tizimi.




  1. Ko‘zdan kechirish bayonnomasining turlari, ularni rasmiylashtirish tartibi.




  1. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi bayonnomalarini rasmiylashtirish.




  1. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish bayonnomalarini rasmiylashtirish tartibi.




  1. Yuzlashtirish tatibi va bu bo`yicha tuziladigan bayonnomani rasmiylashtirish.




  1. Tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi.




  1. Ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning ahamiyati va rasmiylashtirish tartibi.




  1. Guvohlantirish o‘tkazishga qo`yiladigan talablar va bu harakat bo`yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.




  1. Murdani eksgumatsiya qilish qaysi hollarda o`tkazilishi va ushbu tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.




  1. Eksperiment tergov harakati ahamiyati va bu bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.




  1. Olib qo‘yish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.




  1. Tintuv tergov harakati o`tkazish tartibi va tintuv natijasi bo`yicha protsessual hujjatlar.




  1. Ekspertiza qilish uchun asoslar, qo`yiladigan talablar va ushbu tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.




  1. Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tartibi va xujjatlashtirilishi.




  1. Narsalar va hujjatlarni taqdim qilishning mazmuni va bu tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.




  1. Narsalar va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yishning tergov jarayonida ahamiyati, uning tartibi, amalga oshiriladigan ishlar, ushbu tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.


Yakuniy qism:
Uyga vazifa beriladi. Mavzu bo‘yicha konspekt yozish, o‘qib kelish.
O‘quvchilar baholanadi.

Fan o‘qituvchisi: A.A.Xayridinov


Download 203,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish