- 3-Mavzu: Tasmali uzatmalar.
-
- Turlari, ishlatish sohalari, afzallik va kamchiliklari, geometriyasi va kinematikasi. Uzatma qismlarini tayyorlash uchun materiallar. Tasma tarmoqlaridagi va vallarga ta’sir qiluvchi kuchlar. Tasmadagi kuchlanishlar. Tasmali uzatmaning ishlash qobiliyati mezonlari. Tasmaning tortish qobiliyati. Yassi va ponasimon tasmali uzatmalarni hisoblash. Tasmali uzatmada standartlashtirish.
-
-
- Reja:
-
- 1. Tasmali uzatmalarning umumiy tavsifi.
- 2. Tasmali uzatma geometriyasi va kinematikasi.
- 3. Tasmali uzatmadagi kuchlar va kuchlanishlar
Tasmali uzatmalar aylanma harakatni ancha katta (15 m gacha) masofada joylashgan vallarga uzatish uchun xizmat qiladi. - Tasmali uzatmalar aylanma harakatni ancha katta (15 m gacha) masofada joylashgan vallarga uzatish uchun xizmat qiladi.
- Tasmali uzatmalar umumiy holda etaklovchi (kichik) va etaklanuvchi (katta) shkivlar, ularga tarang qilib kiydirilgan egiluvchan qism - tasmadan iborat bo’ladi.
- Harakatni uzatish shkivlar va tasma o’rtasidagi ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi, kerakli ishqalanishni ta’minlash uchun tasma doimiy ravishda shkivlarga ma’lum taranglik bilan tortilgan bo’lishi zarur. Ish davomida tasmaning eyilishi va cho’zilishi natijasida kerakli taranglik kamayadi. Tasma tarangligini rostlash shkivlardan birini (ko’pincha etaklovchi shkivni) vaqti-vaqti bilan yoki avtomat ravishda (shkiv tayanchiga osilgan qo’shimcha yuk hisobiga) tashqi tomonga siljitish, hamda uzatmaga qo’shimcha taranglovchi moslama (masalan taranglovchi rolik) kiritish yordamida oshiriladi.
- Tasmali uzatmalar bir necha belgi bo’yicha turlarga bo’linadi:
- a) shkivlar vallari o’qlarining o’zaro joylashishga ko’ra: parellel, kesishadigan, ayqash (1-rasm);
- b) tasmaning ko’ndalang kesimdagi shakli (profili)ga ko’ra: yassi, ponasimon, doiraviy, tishli-tasmali (2-rasm);
- v) tasmani taranglash usuliga ko’ra: shkivlaridan biri davriy ravishda siljitiladigan oddiy (1-rasm, a,b), qo’shimcha moslama yordamida avtomatik ravishda rostlanadigan murakkab, qo’shimcha moslama yordamida davriy rostlanadigan murakkab (1-rasm, v).
Tasmali uzatmalar quyidagi afzalliklarga egadir: - Tasmali uzatmalar quyidagi afzalliklarga egadir:
- a) harakatni ancha katta masofalarga uzatish mumkinligi;
- b) katta aylanish tezliklarda ishlay olishi;
- v) siltanishli, keskin o’zgaruvchi va ortiqcha yuklanishlarga ta’sirsizliligi
- g) tuzilishi nisbatan soddaligi, narxi arzonligi, moylanmasdan, ravon va shovqinsiz ishlashi;
- d) FIK etarli darajada yuqoriligi ( q 0,91 ... 0,96);
- e) tayyorlash, ishlatish va xizmat ko’rsatish nisbatan engilligi.
-
- Uzatma quyidagi kamchiliklariga ham ega:
- a) uzatish nisbati ish davomida bir xil saqlanmasligi (tishli tasma bundan mustasno);
- b) tasma ishlash qobiliyatining pastligi (ishlash muddati 2000 soatgacha);
- v) tasma tarangligini rostlab turish zarurligi;
- g) tasmaning tashqi muhit (quyosh nuri, issiqlik, sovuqlik, suyuqlik va boshq.) ta’siriga chidamsizligi;
- d) vallar va ularning tayanchlariga tushadigan yuklanishlarning nisbatan kattaligi
- Tasmalar tuzilishi va materiali. Tasmalar iloji boricha chidamli va egiluvchan bo’lishi, shkivlar bilan kattaroq ishqalanish koeffitsienti hosil qilishi va etarli tortish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
- Yassi tasmalar rezinalashtirilgan matodan, charmdan, ip gazlamadan va jundan qavatlanib tayyorlanishi mumkin.
Tasmali uzatmaning asosiy geometrik o’lchamlari 8.1-rasmda tasvirlangan, bu erda: - Tasmali uzatmaning asosiy geometrik o’lchamlari 8.1-rasmda tasvirlangan, bu erda:
- d1, d2 - etaklovchi (kichik) va etaklanuvchi (katta) shkivlar diametri, mm;
- 1 - tasmaning etaklovchi shkivni qamrash burchagi, grad.;
- a - uzatmaning o’qlararo masofasi, mm;
- - tarmoqlararo burchak, grad.
- Uzatma yig’ilganida tasma shkivlarga boshlang’ich taranglik kuchi F0 bilan tortib qo’yiladi. F0 qiymati tasmaning materialiga bog’liq ravishda belgilangan boshlang’ich cho’zuvchi kuchlanish 0 va kesim yuzasi S ga bog’liq belgilanadi F0 =0 S. Yassi tasmalar uchun S = b (b - tasma eni; - tasma qalinligi). Ponasimon tasmalar uchun S = S' z, bu erda S' - bitta tasma kesim yuzasi(tasma profiliga bog’liq ravishda jadvaldan olinadi); z - tasma qatorlari soni
Do'stlaringiz bilan baham: |