3-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja


Ko’rsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam



Download 151,58 Kb.
bet24/37
Sana21.06.2022
Hajmi151,58 Kb.
#687101
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
3-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. 5c5694e6c6c2705a534e68e3355ec181

Ko’rsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam, hayot nima?

  • birinchi odam qaerda va qachon paydo bo’lgan?

  • inson ma’naviyatining tabiati qanday?

  • Erda inson paydo bo’lishining sababi nimada?

  • bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi yoki bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab bo’lganmi?

  • hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?

  • inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni e’tibordan chetda qoldirishi mumkin emas.

Bu va boshqa shunga o’xshash masalalar echimini topish ustida falsafiy tafakkur ham, ilmiy tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatshunoslik uchun ularning aksariyati nafaqat mushkul, balki echib bo’lmaydigan, ba’zi bir hollarda esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, chunki ular xususida mavjud bilimlar shu qadar oz, yuzaki va muammolarga to’laki, bunday bilimlarga asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o’zining ishonchlilik darajasiga ko’ra taxminiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin.
Ammo fan o’z kuchini yo’qotgan, yoki, hali kuchga to’lmagan joyda aniq ta’riflar, bir xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o’zini erkin his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada o’z ifodasini topadi.
Falsafa «boqiy» masalalarni o’rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil echimlar va shak-shubhasiz javoblar olishga da’vogarlik qilmaydi. Sinovdan o’tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo’qligi uni xijolatga solmaydi, zero falsafa intuitsiya, g’oyibona ta’sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan farazlar, taxminlar, to’ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy echimga ega bo’lmagan narsa yoki hodisani o’zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. SHu tariqa falsafa insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko’taradi, balki yangi muammolarni qo’yish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, o’zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi – eski muammolarning yangicha talqinlari bilan boyitadi.
SHu ma’noda S.SHeroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hech ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi6. Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim7.
SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog’liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o’laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to’la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o’laroq, falsafaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o’rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo’ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o’ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo’lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
SHunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an’anasi uzoq vaqt hukm surgan fandan farqli o’laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni ilgari suradi, ayni bir hodisalar va ob’ektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni ta’riflaydi. Insonni tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko’pligi ayni shu hol bilan izohlanadi. Bu konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o’z individual borlig’idagi muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog’liq bo’lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.

Download 151,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish