3-Mavzu: Ta’lim jarayonida Web texnologiyalardan foydalanish. Pedagogik
faoliyatda elektron ta’lim kontentini yaratish.
Ishdan maqsad:
Web texnologiya haqida tushuncha berish, Web Page Marker
dasturidan foydalanib o‘quvchilar haqida ma’lumot
beruvchi elektron kontentni
yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Reja
1.
Web texnologiyalari va ularning hozirgi zamon AT muhitidagi o’rni
2.
Ta’lim jarayonida Web texnologiyalardan foydalanish
3.
Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim kontentini yaratish.
1.Web texnologiyalari va ularning hozirgi zamon AT muhitidagi o’rni va
istiqbollari
Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz.
Internet
hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga
odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson Web-texnologiyalarning inson hayotining talim,
kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar va ho.ka, bo’laklariga kirib borganligini tasavvur
eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.
Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab
bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi
axborot olishga harakat
qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda
chop etish malakasi yozuv
mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan
insonning qo’lidan keladi.
So'ngi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvcxilari
sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni
ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq
ishlarini olib borish, masofadan
turib universitetlarga o'qishga kirish va nufuzli universitetlar
diplomini olish ham
mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo'ylab
millati, dini va tilaidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o'z
sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda. Internetda o'z sahifangizni
yaratish uchun siz albatta web sahifa yaratish texnalogiyasi
haqida dastlabki
tushunchaga ega bo'lishingiz lozim.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanishini web texnologiyalarisiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Web texnologiyalari deganda - web ilovalar hosil qilish,
web saytlar tashkil qilish, tarmoq va texnologiyalar jamlanmasi tushuniladi. Web
texnologiyalarida quyidagi 3 ta asosiy tushuncha mavjud:
•
Web sahifa
•
Web sayt
•
Web server
Web sahifa
o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus brauzer dasturlar
orqali ochiladigan va ko’riladigan elektron hujjatdir.
Unga matn, grafika, ovoz,
video yoki animastiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar,
boshqa hujjatlarga gipermurojatlar kirishi mumkin.
Web-sahifalar tashkil etish texnologiyasiga bog'liq holda, asos, 3 turga
bo'linadi:
Statik web
-sahifalar - bu HTML tilida yozilgan .html yoki .htm saqlanadigan
matn, jadval, rasm kabilar elementlari o'z vaqtida tayyor
serverda saqlanayotgan
o'zgarmas fayllardir.