Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Kо‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj tо‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining о‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini о‘zgartiradi. Masalan, qо‘y gо‘shti narxining pasayishi mol gо‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol gо‘shti narxining tushishi qо‘y gо‘shti taklifini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |