Kichik biznes moliyasi Mahsulot yoki xizmat ko`rsatuvchi yangi biznesda u foyda berguncha pul tugab qolishi mumkin.Yangi biznes foyda olishi uchun bir qancha yillarni talab qiladi.Talabga javob beradigan moliyani topish biznesni boshlash va davom ettirishning kalitidir.
Biznes reja elementlari:
Biznes tavsifi -biznes g`oya;
-asosiy mahsulot va xizmatlar;
-boshqaruv tuzilishi;
-kamchiliklar/yutuqlar;
-qisqa va uzoq muddatli maqsadlar;
Iste`molchi tahlili -iste`molchi tavsifi;
-iste`molchilar soni,manbasi va joylashuvi;
-avdo bashorati;
Operatsiyalar rejasi -kompaniya tuzilishi;
-asosiy operatsiyalar tavsifi;
-ehtiyojlar manbasi tahlili;
-inson manbasi rejasi;
Marketing rejasi -asosiy marketing harakatlari tavsifi;
-ehtiyoj manbalari tavsifi;
-marketing harakatlari jadvali;
Moliyaviy rejalar -boshlang`ich narxlar;
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy ehtiyojlar;
-moliya manbasi;
-moliyaviy va budjet qarashlari;
- Moliyalashtirish turlari Moliyalashtirishning 3 turi mavjud: 1. Moliyani tashkillashtirish bu biznesni ochish uchun zarur bo’lgan mablag’ miqdorini bildiradi. Bu bino, jihozlar, inventarlar(mahsulotlar yoki qo’lbola xomashyo materiallar), ta’minot, litsenziya va shu kabilarni o’z ichiga oladi. 2. Qisqa davrli moliyalashtirishbu biznesning ayni paytda olib borilayotgan jarayonlari uchun to’lanishi zarur bo’lgan mablag’dir. Bu moliyalashtirish turi bir yil-u bir-ikki oydan kamroq bo’lgan muddat ichida amalga oshiriladi. 3. Uzoq muddatli moliyalashtirish bu biznesning ko’p yillarga mo’ljallangan asosiy manbalari uchun zarur bo’lgan mablag’ (yer maydoni, bin ova jihozlar). Bu resurslar kata miqdordagi mablag’ni talab qiladi va uzoq yillar davomida to’lab boriladi.
Moliya manbalari Kerakli pulni topish biznes boshlashning eng qiyin qismi bo’lsa kerak. Yangi biznesni boshlash va amalga oshirish uchun talab qilinadigan pul odatda biznesmen o’zlashtirgan va qarzga olingan mablag’lardan keladi. Ozlashtirilgan pul manbasi unga egalik qilish tuzilmasiga bog’liq. Mulkdorlikda bir shaxs pul bilan ta’minlab beradi. Hamkorlikda ko’pincha har bir sherikdan biznesga o’z hissasini qo’shish talab qilinadi. Korporatsiya hissadorlar tomonidan moliyalashtiriladi va egalik qilinadi. Qarzga olinadigan mablag’lar banklardan va boshqa moliyaviy institutlardan yoki boshqa oila a’zolari yoki do’stlari kabilardan qarzga olish orqali o’zlashtiriladi. Biznesga inventor, jihozlar materiallar sotadigan kompaniyalar tez tez kreditlarini taklif qiladi agarda biznesda moliyaviy muammolar bo’lmasa. Yangi biznesmen kredit olish paytida ehtiyotkorlik bilan ish ko’rishi kerak. To’lovni amalga oshirish paytida biznesmen kredit narxini hisob kitob qilib borishi shart.