2. Suvning sifatini belgilovchi zarrachalar.
Kremniy tabiiy suvda H2SiO2 kislotasi shaklida bo‟lib, anion HSiO3 va kolloid holatda bo‟ladi.
Sulfat ioni SO4 er osti suvlarida bir muncha ko‟p tarqalgan bo‟ladi. Suvni SO4 bilan boyitadigan jism
tabiatda ko‟p tarqalgan gipsdir CaSO4.
Xlor ioni miqdori dengiz va ko‟l suvlarida ko‟p miqdorda bo‟ladi. Xlorning NaCl holatida
ajralib chiqishi suvning uzoq vaqt quyosh ta„sirida bug‟lanishidan hosil bo‟ladi.
Karbonat birikmalari tabiiy suvlarda karbonat kislota H2CO3, bikarbonat НСО3, karbonat СО3
va uglerod ikki oksid СО2 ko‟rinishida bo‟lib, bu birikmalar suv tarkibida eng ko‟r uchraydi.
Azot birikmalari suvda asosan nitrit HNO3, nitrat HNO2 hamda ammiak NH3 holatida
uchraydi.
Organik birikmalar suvda o‟simlik va torf mahsulotlarining biologik va kimyoviy
parchalanishidan paydo bo‟lib, gumus moddalar deb ataladi. Bu moddalar suvga ko‟kish rang berib
turadi.
Suvning sifat ko‟rsatkichlari
fizik hamda kimyoviy
ko‟rsatkichlarisha bo‟linadi. Fizik
xossalariga xarorati, ranggi, ta„mi, xidi va loyqaligi kiradi. Kimyoviy ko‟rsatkichi tarkibidagi
kimyoviy moddalarning kam yoki ko‟pligi bilan xarakterlanadi.
Suvning issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatishni belgilovchi asosiy ko‟rsatkichlariga: tarkibidagi
muallaq dag‟al zarrachalar, quruq qoldiq, mineral qoldiq, umumiy qattiqligi, umumiy ishqorligi va
oksidalanishi kiradi.
Muallaq dag‟al zarrachalar tabiiy suvlarda ko‟p miqdorda bo‟lib, suvning loyiqaligini oshiradi.
Tajribada loyiqalikni tiniqlik tushunchasi orqali belgilab, suvning tiniqligini aniqlash uchun 30 sm.
Li silindr idishga suv solinib, silindr tagiga qalinligi Yo mm bo‟lgan xarflar quyiladi. Yuqoridan
qaraganda shu xarflar aniq ko‟ringuncha suv qo‟shib boriladi. Harflarni suv ostidan sizish mumkin
bo‟lgan va mm da o‟lchangan
balandlik
suvning tiniqligini bildiradi. Suv tarkibidagi dag‟al
zarrachalar miqdorini aniqlash uchun ma„lum hajmdagi suv qolgan cho‟kma 1050С da quritilib,
tarozida tortiladi. Filtrning cho‟kma bilan va sof og‟irligi farqi suvdagi dag‟al zarrachalar miqdorini
bildiradi. Ular mg/l yoki g/m3 larda o‟lchanadi. Bu zarrachalar miqdori bahor oylarida ko‟payib
suvning har metriga 500-800 mg gacha bo‟ladi.
Quruq qoldiq. Suvdagi organik va anorganik hamda kolloid birikmalarning umumiy miqdori
bilan belgalanadi. Quruq qoldiq tarkibiga suvdagi erigan gazlar, 1000S dan past xaroratda eriydigan
NSO‟3 ioni, ammiyak NH3 kabi moddalar kirmaydi. Quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun suvni
qog‟oz filtrdan o‟tkazilib, uni 1100S xaroratda bug‟lantirib, hosil bo‟lgan qoldiqni doimiy og‟irilikda
qolguncha shu xaroratda quritiladi.
Mineral qoldiq deganda suv tarkibidagi barcha kationlar, anionlar va oksidlarning umumiy
miqdori tushuniladi va mg/l da o‟lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |