3-Mavzu: Sporalilar va Info’zoriyalar tipi. Umumiy xarakteristikasi va klassifikasiyasi. Reja



Download 304,71 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi304,71 Kb.
#383949
  1   2   3
Bog'liq
3- mavzu ma'ruza




3-Mavzu: Sporalilar va Info’zoriyalar tipi. Umumiy xarakteristikasi va klassifikasiyasi.

Reja:

  1. Sporalilar (S’orozoa) tipi.

  2. Gregarinalar (Gregarinina) sinfi

  3. Koksidiyasimonlar (Coccidiomor’a) sinfi

  1. Info’zoriyalar (Info’zoria, Cilio’hora) tipi

  2. Kiprikli info’zoriyalar (Ciliata) sinfi

  3. Suruvchi info’zoriyalar (Suctoria) sinfi

Kalitli so`zlar: oosista, sporogoniya, sporozoitlar, xromosoma, deytomerit, protomerit, shizogoniya, epimerit, trofozoitlarga, sporoblastlar, toksoplazma, gamontlar, makrogamontlar, mikrogametostit, trofozoitlar, deytomerit, protomerit,

Sporalilar (S’orozoa) tipi

Sporalilar turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qiluvchi bir hujayrali organizmlardir. Parazit hayot kechirish ta’sirida ularning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashadi. Ularning xarakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qilish vakuollari rivojlanmagan. Lekin hayot sikli ancha murakkab bo`lib, jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashib turadi. Jinssiz ko`payishi hujayraning ko`p marta bo’linishi (shizogoniya)dan iborat.

Jinsiy ko`payish ko`pchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar) ning kopulyasiyasidan iborat. Faqat gregarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) xosil qiladi. Zigotasi odatda kalin pust bilan o’ralgan bo`lib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar xosil bo’ladi. Bir qancha sporalilarda sporozoitlar ham qattiq kobik xosil qiladi. Sporozoitlar xosil bo`lishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. Sporalilar zigotasining dastlabki bo’linishi meyoz yo`li bilan boradi. Bu jixatdan ular foraminiferalar va barcha xivchinlilar singari zigota davrida reduksiyaga uchragan gaploid xromosomali organizmlar hisoblanadi.

Bu tipga 4000 dan ortik parazit turlar kiradi. Tip gregarinalar (Gregarinina) va koksidiyalar (Coccidiomor’ha) sinflariga ajratiladi.

Gregarinalar (Gregarinina) sinfi

Gregarinalar 500 - 1000 turni o’z ichiga oladi. Xamma gregarinalar umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Bo`g`imoyoqdilarning ko`pchilik turlari asosan hasharotlarning ichagida yashaydi. Ayrim vakillari xalqali chuvalchanglar, ninaterililar va kobikdilarda ham uchraydi. Gregarinalarni hayvonlarning tana bo’shligi, jinsiy organlari va boshqa ahzolarida uchratish mumkin.

Gregarinalarning jinsiy ko`payishi o`ziga xos bo`lib, boshqa sporalilardan keskin farq qiladi. Ular orasida bo`g`imoyoqdilarning ichagida yashovchi xaqiqiy gregarinalar (Eugregarinida) turkumi vakillari eng murakkab to`zilgan.



Tuzilishi. Gregarinalar xilma - xil shaklda, kattalii 10 mkm dan 16 mm gacha bo’ladi. Tana shakli va kattaligi ularning kaysi organda parazitlik qilishiga ko`p jixatdan bog`lik. Ichakda yashovchi gregarinalar ancha yirik (16 mm gacha) duksimon, tana bo’shligidan olingan vakillari esa yumaloq shaklda bo’ladi. Ancha murakkab to’zilgangregarinalarning tanasida yadrosi joylashgan eng yirik oxirgi bo`limi deytomeritdan va undan oldingi bo`limi protomeritdan iborat. Protomeritda yopishuv organ epimerit joylashgan. Epimerit ogizcha vazifasini ham bajaradi. Deytomerit va protomerit bo`limlari bir-biridan tiniq sitoplazma katlami bilan ajralib turadi. Bu katlam ektoplazmadan xosil bo’ladi. Gregarinalarning epimeriti ichak devoriga yopishib turish uchun xizmat kilgani sababli turli shaklga ega bo’ladi.

Gregarinalarning tanasi tashqi tomondan mustaxkam pellikula kobik bilan qoplangan. Sitoplazmasi juda anik chegara bilan tiniq ektoplazma va birmuncha koramtir-kungir endoplazmaga ajralib turadi.

Gregarinalarning xarakatlanish organoidlari bo’lmaydi. Ular pellikulasida tana buylab joylashgan maxsus burmalarning tulkinsimon xarakatlanishi natijasida asta-sekin sirpanadi. Gregarinalar faqat umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi.

Koksidiyasimonlar (Coccidiomor’iia) sinfi

Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma - xil bo`lib, 2400 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Xar xil xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo`g`imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichida parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi. Ko`pchilik turlarining hayot sikli jinssiz va jinsiy ko`payish hamda sporogoniyaning qonuniy gallanishi orqali boradi. Xujayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlarida sporogoniya tashqi muhitda boradi. Xujayin almashtirib rivojlanadigan turlarida esa sporogoniya va jinssiz ko`payish boshqa - boshqa xujayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko`payishi xar xil kattalikdagi gametalarning kopulyasiyasi (anizogamiya) orqali sodir bo’ladi. Makrogameta (tuxum hujayrasi) gamontning bulinmasdan to`g`ridan - to`g`ri usishi natijasida, mikrogametalar esa gamont (gametoid)ning ko`p marta bo’linishi orqali xosil bo’ladi.

Koksidiyasimonlarning bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar va baliqlarga katta ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham parazitlik qiladi. Quyida koksidiyasimonlarning eng muhim turkumlari va turlari keltiriladi.

Koksidiyalar (Coccidiida) turkumi.

Koksidiyalar hayvonlarning ichagi, jigari, buyragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Tanasi dumalok yoki oval shaklida. Jinssiz va jinsiy ko`payishi doimo to`g`ri gallanib turadi. Jinssiz ko`payishi ko`p marta bo’linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya deb ataladigan ikkiga bo’linish orqali sodir bo’ladi. Koksidiyalarning hayot sikli xilma-xil bo`lib, ayrim turlari faqat bitta xujayinda parazitlik qiladi, sporogoniya davri batamom yoki qisman tashqi muhitda o’tadi. Xujayin almashtirib rivojlanadigan koksidiyalarning jinssiz ko`payishi bitta xujayinda, jinsiy ko`payishi va sporogoniyasi boshqa bir xujayinda sodir bo’ladi. Quyida Eimeria, Toxo’lasma va Sarcocystia uruglariga mansub bo`lgan koksidiyalarning hayot siklini kurib chikamiz.

tadan ingichka chuvalchangsimon xarakatchan sporozoitlar bo’ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan oosistalar va sporostistalar qobig’i yemirilib, sporozoitlar ichak bo’shligiga chiqadi. Sporozoitlar faol xarakatlanib ichak, jigar, oshqozonosti bezi hujayralariga kirib oladi va oziqdanib usuvchi stadiya - trofozoitlarga aylanadi. Trofozoitlar tez usib yiriklashadi. Ularning yadrosi ko`p marta ketma - ket bo’linib, ko`p yadroli shizontlarni xosil qiladi. SHundan sung shizontlar bo’linib, ko`p sonli (32 gacha) merozoitlarni xosil qiladi.


1 - Rasm. Koksidiyalar hayot sikli. 1, 2 - yosh koksidiyalarning ichak epiteliysida usishi, 3, 5 - shizogoniya va merozoitlar xosil bo`lishi, 6, 10 - merozoitlarning ichak epiteliysiga kirishi, 7 - 9 - merozoitlardan mikrogametalarning xosil bo`lishi, 11, 12 - merozoitlardan makrogametalarning xosil bo`lishi, 13 - makro va mikrogametalarning qo`shilishi, 14 - oosista, 15 - 17 - to`rt sporali sporoblastlarning xosil bo`lishi, 18 - sporozoitlarning chiqishi, 19 - sporozoitlarning ichak epiteliysiga kirib olishi.

Ko`p marta bo’linish orqali jinssiz ko`payish shizogoniya deyiladi. SHizogoniya natijasida xosil bo`lgan merozoitlar ichak bo’shligiga chikib, qo`shni hujayralarga kirib oladi va jinssiz ko`payish yana takrorlanadi. SHizogoniya natijasida parazitlarning soni keskin ko`payib ketadi. Jinssiz ko`payish 4 - 5 marta takrorlangandan sung merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) xosil bula boshlaydi. Bu kuyidagicha sodir bo’ladi. Hujayralarga kirib olgan merozoitlar jinsiy hujayralar (gametalar)ni xosil qiluvchi gamontlarga aylanadi. Gamontlardan bir qismi (makrogamontlar) bulinmasdan usib yetiladi va makrogameta (tuxum) ni xosil qiladi. Ikkinchi qismi (mikrogamontlar) usib yetilgandan sung yadro va sitoplazmasi ko`p marta bo’linib, juda ko`p sonli mayda mikrogametalar (spermatozoidlar)ni xosil qiladi. Spermatozoidlarning tanasi cho`zik bo`lib, ikkita o’zun xivchini yordamida faol xarakat qiladi. Spermatozoidlardan biri tuxum hujayrasi ichiga kirib, uning yadrosi bilan qo`shilishi natijasida uruglanish (kopulyasiya) sodir bo’ladi. Zigota o`zidan ikki qavatli mustaxkam kobik ishlab chikarib, oosistaga aylanadi. Oosistaning 23 bundan keyingi rivojlanishi organizmdan tashqarida boradi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo’linadi, xar kaysi yadro bulagi sitoplazma bilan o’ralib, to`rtta sporoblastlar xosil bo’ladi. Qattik pust bilan o’ralgan sporoblastlar sporalar (yoki sporostistalar) deyiladi. Har bir sporaning yadrosi yana bo’linib, ikkita sporozoitni xosil qiladi. Oosista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo`lib qoladi. Invaziyali oosista hayvonlarning ichagiga tushganida sporalardan va oosistadan sporozoitlarchikadi va rivojlanish yana kaytadan boshlanadi.



Koksidiyalar orasida eymeriya avlodi vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Koksidiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklar koksidioz deyiladi. Eimeria magna, E.intestinalis va boshqalar kuyonlarda juda xavfli koksidiozlar paydo qiladi. Bu kasallik ayniqsa, yosh kuyonlar uchun xavfli bo`lib, ko`pincha ularning yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo’ladi. E.tenella va yana 8 turga mansub koksidiyalar tovuk-larda parazitlik qiladi. Kasallik jujalarni ulib ketishiga sabab bo`lishi bilan parrandachilikka ziyon keltiradi. E.zurni, E.smithi va boshqalar (10 tur) yirik shoxli mollarga, ko’proqyosh bo’zoqdarga ziyon keltiradi. E.bovis koramollarda qonli ichburug paydo qiladi. Baliqchilik xo`jaliklariga esa karp koksidiyasi Ye.safeSH yetkazadi.

Koksidioz kasalliklariga qarshi ko’rash koksidiyalarni yem yoki suv bilan hayvonlarga yo`qishining oldini olishga karatilgan profilaktik choralardan iborat. Toksoplazma (Toxo’lasma gondii) xar xil qushlar va sutemizuvchilar, shu jumladan odamlarning jigari, talogi, miyasi, qon tomirlari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Parazit dastlab 1908 yili Fransuz olimlari Nikol va Manso tomonidan kemiruvchilarda aniklangan edi. O’zoq vaqt davomida toksoplazmaning bir hujayralilar orasidagi sistematik urni noma’lum bo`lib keldi. Faqat, 1970 yili Daniya, Angliya va AQSH olimlari bir vaqtning o`zida toksoplazmaning rivojlanish siklini o`rganishganidan sung parazitni koksidiyalar turkumiga kirishi anik bo`ldi.

Toksoplazmalarning hayot sikli xujayin almashtirish orqali boradi (2 - rasm).


  1. - Rasm. Toksoplazmaning ko`payishi.

A - bo’yiga bo’linishi.

B - rivojlanish sikli:



  1. - mushuk ichida shizogoniya va jinsiy ko`payishi,

  2. - 4 - oosistalarning rivoj lanishi,

  1. - 6 - sichqon tanasida ko`pa yishi,

  1. - sichqon xomilasining zarar lanishi.

Toksoplazmalar hujayra ichida parazitlik qiladi. Hayvonlar parazitning merozoitlari bo`lgan sistasini yutib yoki kasal hayvonlarni yeb zararlanadi. Sutemizuvchilarda parazit yuldosh orqasi embrionga o’tadi.

Toksoplazmalarning jinsiy ko`payishi mushuk organizmida ko’zatilgan. Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni yo`qtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo`lganidek jinsiy ko`payish va sporostistalar xosil bo`lishi bilan tugallanadi.

Toksoplazmalar hayvonlarga xar xil ta’sir kursatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmaydi, boshqalari esa juda ta’sirchanligi tufayli xalok bo`lishi mumkin. Odamlarni toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuklar katta o`rin to’tadi. Mushuklar bu kasallik bilan eng ko`p zararlanadi. Bir qancha xollarda ular kasallikka chalinmasdan parazitni tashuvchi bo`lib qoladi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko’zni shikastlanishiga sabab bo’ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar embrioni ona kornida toksoplazmoz bilan zararlanganida tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og’ir jaroxatlanadi.

Sarkosporidiyalar (Sarcos’oridia), ya’ni gusht sporalilari turli uy hayvonlari (kora mollar, chuchkalar, parrandalar) va bir qancha yovvoyi hayvonlar muskullarida parazitlik qiladi. Ular gushtda o’zun xalta shaklda 0,5 - 5 mm kattalikdagi sistalar xosil qiladi. Sistalar ichida yo’zlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo’ladi.

Gusht sporalilarining hayot sikli koksidiyalarga uxshab ketadi, lekin rivojlanishi ikkita xujayinda o’tadi. Utxur sutemizuvchilar va parrandalar parazitning oralik xujayini hisoblanadi. Ular organizmida parazit jinssiz shizogoniya yo`li bilan ko`payadi. Yirtkich hayvonlar (mushuklar, itlar) va odamlar asosiy xujayin bo`lib, ular organizmida parazitning jinsiy bo`g`imlari rivojlanadi.

Gusht sporalilari bilan zaxarlangan hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari kam seziladi. Ayrim xollarda parazit organizmda juda tez ko`payib ketganida kasallanish alomatlari paydo bo`lishi mumkin.

Qon sporalilari (Haemos’oridia) turkumi.

Qon sporalilari xujayin almashtirib rivojlanadigan bir necha unlab turlarni o’z ichiga oladi. Ularning jinsiy ko`payishi qon suruvchi pashshalar ichagida, jinssiz ko`payishi esa odam va boshqa umurtqalilar (qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar) organizmida boradi. Pashshalar ularning asosiy xujayini, odam va umurtqali hayvonlar esa oralik xujayini hisoblanadi. Qon sporalilarining sporogoniyasi (spora ichida ko`payishi) xech vaqt tashqi muhitda emas, balki odatda pashshalar organizmida boradi. Bu hasharotlar sporalilarni tashuvchilar hisoblanadi.

Lasmodium gurugiga odamda parazitlik qiluvchi to`rtta tur kiradi. Bu plazmodiylarning hayot sikli bir - biriga o’xshash bo`lib, kuyidagicha boradi. Bezgak pashshasi (Ano’heles) ning urgochisi odam qonini so`rganida (erkak pashshalar qon surmasdan, balki gul nektari bilan oziqlanadi) qonga bezgak plazmodiysining juda ko`p sporozoitlarini utkazadi.

Plazmodiy sporozoitlari 5 - 8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar bo`lib, tuzilishi koksidiyalarning sporozoitlariga uxshaydi. Sporozoitlar qon okimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endotelyaysi (ichki epiteliy) hujayralariga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini utaydi. Jinssiz ko`payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko`p bir yadroli hujayralar - merozoitlar xosil bo’ladi. Merozoitlar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrositlarga kirib olib usadi. Parazitning eritrositlar gemoglobini hisobida oziqlanib usadigan davri trofozoshplar deyiladi. Trofozoitlardan bo’linib ko`payuvchi shizontlar xosil bo’ladi.

Usayotgan trofozoitlarda koksidiyalar merozoitlaridagiga o’xshash ulftrasitostom bo`lishi aniklangan. SHizontlar eritrosit hujayrasini to’ldirib oladi. Parazit eritrositlar gemoglobinining bir qismini xazm qiladi, xazm bulmasdan kolgan qismi esa koramtir pigment melaninga aylanadi. Xar kaysi eritrositlardagi xar bir shizont bo’linib (shizogoniya) 10-20 merozoit xosil qiladi. Merozoitlar eritrositlarni yemirib, qon plazmasiga chikadi va yangi eritrositlarga kirib oladi. Jinssiz ko`payish yana takrorlanadi.



Eritrositlar yemirilganida qonga melanin bilan birga zaxarli moddalar almashinuv maxsulotlari chiqariladi. Zaxarli maxsulotlar ta’sirida odam organizmida moddalar almashinuvi o`zgarib, -tana xarorati keskin ko`tariladi va bezgak xuruj kila
3 - Rasm. Bezgak parazitining hayot sikli. 1 - pashsha sulak bezidan odam qoniga chikayotgan merozoitlar: 2, 3 - sporozoitlarning jigar hujayralarida ko`payishi; 4 - shizogoniya yo`li bilan sporozoitlardan merozoitlarning xosil bo`lishi; 5, 11 - eritrositlarda shizogoniya yo`li bilan merozoitlarning ko`payishi;12, 13 - makrogametostitning yetilishi, 14, 15 - mikrogametostitlarning yetilishi, 16, 17 - makrogameta va mikrogametalar xosil bo`lishi va ularning qo`shilishi, 18 - zigota ookinetalarining pashsha ichagi hujayralariga kirishi, 19, 20 - sporozoitlar xosil bo`lishi va tana bo’shligiga chiqishi, 21 - sporozoitlarning pashsha sulak beziga o’tishi; 22 - 26 - parazitning endoteliy hujayralarda rivojlanishi.

-

Bir necha marta jinssiz ko`payish (shizogoniya) siklidan keyin parazit ko`payishdan tuxtaydi. Eritrositlarga kirgan merozoitlar usib, shizontlarni emas, balki bulinmaydigan gametostitlar, ya’ni gamontlar (gameta xosil qiluvchi hujayralar)ni xosil qiladi. Eritrositlardagi gametostitlar ikki tipda: birmuncha yirik makrogametostitlar va kichikrok mikrogametostitlar bo’ladi. Gametostitlarning bundan keyingi rivojlanishi faqat bezgak pashshasi (Aqo’heles) tanasida davom etadi. Urgochi pashsha son so`rganida uning ichidagi makrogametostitlar yirik makrogametalarga aylanadi. Mikrogametostit esa bo’linib, 5 -6ta chuvalchangsimon xarakatchan va mayda mikrogametalarni xosil qiladi. Pashsha ichagi bo’shligida mikro va makrogametalar qo`shilishadi va uruglanish sodir bo’ladi. Xosil bo`lgan zigota juda xarakatchan bo`lgani sababli ookineta deyiladi. Zigota pashsha ichagi devorini teshib kiradi va uning ustki, tana bo’shligiga karagan tomoniga utib oladi. Bu yyerda zigota elastik pust bilan o’ralib, oosistaga aylanadi. Oosista yadrosi ko`p marta bo’linib, sporozoitlarni xosil qiladi. Oosista qobig’i yorilgandan sung sporozoitlar tana bo’shligi suyo`qdigi (gemolimfa) ga chiqadi. Tana suyo`qdigidan sporozoitlar pashshaning sulak bezlariga, sung sulak chikaruvchi naylarga utib oladi. Pashsha chakkanda parazitlar yana odam qoniga o’tadi va jinssiz sikl boshlanadi.

Bezgak plazmodiylarining hayot sikli faqat xujayinlar (pashsha va odam) organizmida o`tganligi sababli u spora xosil kilmaydi.

Odam organizmida bezgak kasalini paydo qiluvchi ‘lasmodium avlodining 4 turi (‘.vivax ‘.malariae, ‘.falci’arum, ‘.ovale) uchraydi. Ular bir - biridan ayrim morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. ‘. malariae turida jinssiz sikl, binobarin bezgakning xuruj qilishi xar 72 soatda takrorlanib turadi. SHuning uchun bu tur paydo kilgan kasallik 4 kunlik bezak deyiladi. ‘. vivax juda keng tarqalgan qon paraziti bo`lib, shizogoniya xar 48 soat davom etadi, bezgak ham xar 3 kunda xuruj qilib turadi. ‘. falci’arum parazitida shizogoniya 24 yoki 48 soat davom etadi, lekin bezgak xuruji o’zoq, davom etgani sababli eng xavfli hisoblanadi. ‘. falci’arum paydo kilgan kasallik tropik bezgak deb ataladi. ‘. ovale juda kam, faqat Afrikada uchraydi.

Bezgak plazmodiysi odam qoniga o`tgandan sung kasallik alomatlari paydo bulguncha birmuncha vaqt o’tadi. Bu vaqt kasallikning yashirin, ya’ni inkubasiya davri deyiladi. Bezgak kasalligining inkubasiya davri odatda 2 xafta davom etadi. Ba’zan 6 oygacha va undan ko’proqham davom etishi mumkin. Kasallik xaroratning juda tez va yskin (40° va undan yuqori) ko`tarilishi bilan boshlashadi. Bir ozdan sung xarorat yana mehyorga keladi, lekin isitmalash xar doim ma’lum vaqt (24, 48 yoki 72 soat) o`tgandan sung takrorlanib turadi. Bezgak xuruji shizogoniya natijasida xosil bo`lgan merozoitlarning eritrositlardan qon zardobiga chiqish davriga to`g`ri keladi. Merozoitlarning eritrositlarga kirib olgandan sung yangi shizogoniyaga kadar kasallik xuruji tuxtaydi. Bezgak kasalligida kuchli anemiya (kam qonlilik) paydo bo’ladi. 1mm3 qondagi eritrositlar soni normadagi 5 mln dan bir mln gacha tushib qoladi. Kasallangan kishining qoni, jigari va talogida melanin to`planib qoladi. Jigar shishib ketadi.

Bezgak kasalligini XIX asrning oxiri va XX asrning 40 - yillarigacha Kavkaz, O’RTA Osiyo, Volganing O’RTA va kuyi qismida va Ukrainada juda keng tarqalgan edi. 1935 yilning o`zida mazkur xududlarda 9 mln. kishi bezgakka chalinganligi ma’lum. Usha davrda bezgak Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko`p mamlakatlarda tarqalgan edi. 30 - yillarda faqat Xindistonning o`zida xar yil 100 mln. dan ortik kishi bezgak bilan ogriganligi ma’lum.

Keyingi paytlarda pashshalarga qarshi ko’rashning biologik usullari tobora ko’proqyoyilmokda. Xususan, ikdim birmuncha ilik bo`lgan joylarda bezgak pashshasi lichinkasini yo`qotish uchun xovo’z va kullarda gambo`ziya baligi ko`paytirilmokda. SHuning bilan birga bezgak yo`qtiruvchi pashshalarga qarshi genetik usullar ham ishlab chiqildi. Buning uchun erkak pashshalar yigib, rentgen nuri ta’sirida sterillangach, tabiatga kuyib yuboriladi. Bu erkak pashshalar urgochisini uruglantiradi, lekin uruglangan tuxumdan lichinka rivojlanib chikmaydi yoki tuxumdan chiqqan lichinka normal rivojlana olmaydi.

Miksosporidiyalar (Myxos’oridia) tipi

Miksosporidiyalar tipi ikki sinf: miksosporalilar (Myxos’orea) va aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinos’orea) sinflarini o’z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, baliqlar, xalqali chuvalchanglar, ba’zan sudralib yuruvchilar) tana bo’shligi, to’qimalar va hujayralarida parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik qiluvchi vegetativ stadiya (trofont) va tarqalish uchun xizmat qiluvchi sporalik stadiyalarini o’z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi stadiyasi ikki tipdagi (vegetativ ham generativ) hujayralardan iborat. Miksosporidiyalar asosan jinssiz ko`payadi. Generativ hujayralardan reduksion (meyoz) bo’linish natijasida juda ko`p sporalar xosil bo’ladi. Sporalarda spiral o’ralgan otiluvchi ipchasi, kapsula va amyobasimon ko`pincha ikki yadroli mO’RTAgi (sporozoiti) bo’ladi. Sporalar xujayin organizmiga tushib kolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chikib, sporani ichak devoriga yopishib olishiga yordam beradi.

Miksosporalilar (Myxos’orea) sinfi

Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilarga asosan baliqlarda, ba’zan sudralib yuruvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yo’z tur kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan, hamma suv xavzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, baliq chavokdari(yosh baliqlar) da og’ir kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo`jaliklariga katta ziyon keltiradi.

Miksosporalilar to’qimalar va tana bo’shligida yashaydi, xar xil organlar, jumladan jabralar, teri, muskullar, ut va siydik pufagi, togay va boshqalarni zararlaydi. Organlar bo’shligida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko`p yadroli amyobaga o’xshash bo’ladi (18 - rasm). Ularning kattaligi bir necha mkm.dan 2 sm.gacha keladi. To’qimalarda parazit 1 - 2 sm va undan ham yirikrok sisali shishlar xosil qiladi.

Miksosporalilar sporasi juda xilma - xil va murakkab to’zilganbo`lib, ko`pincha ikki, ba’zan 3 - 6 tavakali bo’ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, kapsula ichida esa otiluvchi ip urami joylashgan. Sporalarning tashqi tomondan qattiq pust bilan qoplangan va ko`pincha o’zun usimtalari bo’ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat xazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chikib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavakalari ochilib, amyobaga o’xshash parazit chikadi va ichak epiteliysi orqali qonga utib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo’linishi natijasida ko`p yadroli plazmodiy xosil bo’ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shakllanadi va spora xosil bo’ladi.

Miksosporidiyalarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo’ladi. Faqat spora xosil bo`lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo`lib qoladi. Buning natijasida spora xosil qiluvchi yadrolar (shu jumladan amyobasimon mO’RTAk, otuvchi kapsula va tavakalarning yadrolari) gaploid bo’ladi. Faqat amyobasimon mO’RTAkning spora ichidan chiqishidan oldin mO’RTAk yadrolari juft - juft bo`lib qo`shilishi natijasida diploid yadro xosil bo’ladi. Jinsiy ko`payish ana shunday sodir bo’ladi va uni avtogamiya deyiladi.

Bir qancha miksosporidiyalar turi baliqlarning ko`plab nobud bo`lishiga sabab bo’ladi. Gulmoy (forel) ustiriladigan xo`jaliklarga miya miksozomasi (Myxosoma serebralis) katta ziyon keltiradi. Parazit yosh baliqlar togay to’qimasini zararlab, ularning umurtkalarini kiyshayishiga sabab bo’ladi.

Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Astinos’orea) sinfi vakillari xalqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksosporalilardan sporasining yanada ham murakkabrok tuzilishi bilan farq qiladi.

Mikrosporidiyalar (Micros’oridia) tipi

Mikrosporidiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi, asosan xar xil bo`g`imoyoqdilarni, ba’zan umurtqali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ga yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo`lishi bilan ular qisman miksosporalilarga uxshab ketadi. Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida kayd kilinganidek ko`p hujayrali, mikrosporidiyalarni ng sporasi bir hujayrali bo’ladi.



Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4 - 10 mkm) bo`lib, qattiq pust bilan qoplangan. Spora ichida spiral o’ralgan ipchasi va ikki yadroli mO’RTAk (sporoplazma) bor (4 - rasm).

1- Rasm. Nozema mikrosporidiyasining ipak kurti ichagi epiteliysida rivojlanish sikli.

chapda - kurt ichagi epiteliysida jinsiy ko`payishi va spora xosil qilishi, ungda - sporani hujayradan chiqishi va amyobasimon parazit xosil bo`lib, kurt ichagi epiteliy hujayrasiga kirib olishi.

Mikrosporidiyalarning hayot sikli ham miksosporidiyalarnikiga o’xshash bo’ladi. Sporasi oziq bilan xujayini ichiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ipchasi ichak epiteliysiga botib kiradi. Ip bilan birga sporadan chiqqan ikki yadroli sporaoplazma epiteliy hujayrasiga kirib oladi. Xujayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko`payib, ko`p hujayrali zanjirni yoki ko`p yadroli plazmodiyni xosil qiladi. SHundan sung plazmodiy tanasi va zanjir aloxida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bulingandan sung xar kaysi hujayra ikki yadroli bo’ladi. Hujayra qattiq pust bilan o’ralib, spora xosil qilish jarayonida plazmodiyning ikkala yadrosi bir - biri bilan qo`shiladi. SHundan keyin keladigan sporogoniya jarayonida yuqorida tahriflangan bir hujayrali sporalar xosil bo’ladi. Spora ichidagi yadrolarning qo`shilishi jinsiy ko`payish jarayonidagi jinsiy hujayralarning qo`shilishiga uxshaydi.

Asalarilarning O’RTA ichagi epiteliy hujayralari, ba’zan malfpigi naychalari, gemolimfasi, tuxumdonlari va sulak bezlarida Nosema a’is parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning o’zunligi 5 - 6 mkm bo`lib, ichak hujayralarining yemirilishiga sabab bo’ladi. Zararlangan arilar ichburug kasalligiga yo`likib, kuchsizlanadi, yaxshi ucholmaydi va ko`pchiligi xalok bo’ladi.

Tut ipak kurti nozemasi (Nosema bombyci) ifloslangan tut bargi orqali ipak kurtiga yo`qadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o`tgan parazit kurtning hamma organlarini zararlaydi. N.bombyci (3 - rasmga karang) kurtlarda "kora son" (pebrina) kasalligini paydo qiladi. Kasallangan kurtlarning terisi koramtir doglar bilan koplanadi. Bunday kurtlarning axlati orqali tashqi muhitga juda ko`p sporalar chikadi va boshqa kurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan kurtlar ko`pincha xalok bo’ladi. Kuchsiz zararlangan kurtlar xalok bulmasdan pilla ichida gumbakka aylanadi. Gumbakdan nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi. Kapalak esa zararlangan tuxum kuyadi. SHunday qilib, kasallik nasldan - naslga o’tadi.

Mikrosporidiyalarning ayrim turlari baliqlarning muskulida va biriktiruvchi to’qimalarida parazitlik qilib, ba’zan katta ziyon yetkazadi.

Asalari va tut ipak kurtlarida mikrosporidoz kasalligiga qarshi ko’rashish asosan profilaktika tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfeksiya kilinadi. Kuchli zararlangan oilalarni kirib tashlashga to`g`ri keladi. Tut ipak kurtida pebrina kasalligini oldini olish maqsadida kapalak tuxumlari tekshirishdan utkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan tudalardagi tuxumlar olovda qo`ydiriladi.

Info’zoriyalar (Infusoria) tipi

Info’zoriyalar eng murakkab to’zilganbir hujayrali hayvonlardir. Ularning xarakatlanish organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko`p kipriklardan iborat. Ayrim info’zoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida xosil bo’ladi. Hamma info’zoriyalarda differensiyalashgan, tuzilishi va funksiyasi bilan bir - biridan anik farq qiladigan katta va kichik yadrolar bo’ladi. Bitta katta yadrosi makronukleus vegetativ, bitta yoki bir nechta kichik yadrosi generativ yadro deyiladi. Info’zoriyalarning jinsiy ko`payishi boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Qonhyugasiya deb ataladigan bunday ko`payish ikkita info’zoriyaning bir - biriga yaqinlashuvi, ular O’RTAsida muvakkat bog`lanishning xosil bo`lishi va yadrolar almashinuvi tarikasida boradi. Ko`pchilik info’zoriyalar dengizlarda va chuchuk suv xavzalarida, ayrim turlari teprokda hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor.

Info’zoriyalar tipiga 8000 dan ortiktur kiradi. Ular kiprikli info’zoriyalar va suruvchi info’zoriyalar sinflariga ajratiladi.

Kiprikli info’zoriyalar (Ciliata) sinfi



Tuzilishi. Bu sinfga info’zoriyalar tipining ko`pchilik turlari kiradi. Kiprikli info’zoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlardir. Tanasining kattaligi 30­40 mkm. dan 1 mm.gacha va undan ham yirikrok bo’ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saklanib qoladi. Sitoplazmasi ikki katlamga - tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga anik ajralib turadi. Ektoplazma sirtdan elastik va pishik pellikula bilan qoplangan. Pellikula ikki qavatli bo`lib, xar kaysi qavati ikkita membranadan tashqil toptan. Ikkala qavat oraligi ochiq bo’ladi. Pellikula sirti bir - biri bilan tutashib, turli shakllar xosil qiluvchi yugon tolalar yordamida juda ko`p katakchalarga bulingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga uxshab o’rab turadi. Katakchalarning shakli xar xil, tufelfka info’zoriyasida ular olti burchakli asalari inlariga uxshaydi. Pellikulada tolalar tayanch skelet funksiyasini utaydi va info’zoriya tanasining muayyan shaklini belgilab beradi.

Ko`pchilik info’zoriyalarning ektoplazmasida kalta tayokchaga o’xshash tanachalar - trixostistlar joylashgan. Trixostistlar tana sirtiga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo`lib, pellikulaning sirtqi qavatiga maxsus usimta orqali tegib turadi. Trixostistlar himoya vazifasini bajaradi. Biron qo’zgalish ta’sirida, masalan, suvning kimyoviy tarkibi o`zgarganda yoki yirtkich hayvonlar xujum kilganida trixostistlar tashqariga otilib chikib, o’zun tarang ipchalarni xosil qiladi. Ipchalar dushman tanasiga botib kirib, uni chuchitadi. Yirtkich info’zoriyalarda trixostistlar uljani falajlash xususiyatiga ega. Trixostistlar qandaydir falajlovchi zaxarli modda ishlab chikarish xususiyatiga ega bo’lsa kerak, degan taxminlar mavjud.

Ayrim parazit info’zoriyalar oziqni butun tana sirti bilan shimib oladi. Aksariyat hamma info’zoriyalarning oziqdanishi ancha murakkab to’zilganovqat xazm qilish organoidlarining faoliyati bilan bog`lik. Eng sodda to’zilganinfo’zoriyalarning (‘rorodon, Holo’hrya avlodi) og’iz teshigi (sitostom) tanasining oldingi uchida (terminal) joylashgan. Og’iz atrofidagi kipriklar ixtisoslashmagan, tanadagi boshqa kipriklar bilan bir xilda bo’ladi. Boshqa info’zoriyalarda og’iz teshigi tanasining yon (korin) tomoniga o’tadi va peristom deb ataluvchi maxsus ogizoldi chukurchasining tubida joylashgan bo’ladi. Og’iz teshigi ektoplazma bilan endoplazma chegarasida joylashgan xalkum (sitofarinks) va u orqali endoplazma bilan bog`langan. Og’iz teshigi atrofidagi kipriklar ko`pincha bir - biri bilan yopishib, maxsus membranellalar (yoki membranalar)ni xosil qiladi. Tufelfkaning og’iz teshigi atrofida uch kator membranellalar joylashgan. Membranellalar tebranib, oziqni og’iz teshigi tomonga suradi. Og’iz apparatining tuzilishi ancha murakkab va xilma - xil bo’ladi. Info’zoriyalarning ko`pchiligi xar qanday suv xavzasida ham uchraydigan bakteriyalar, o`simliklarnint chiriyotgan bulaklari, mayda suv utlari bilan oziqlanadi. Ularning og’iz teshigi doimo ochiq bo`lganidan oziq xalkumga tuxtovsiz kelib turadi. Tufelfka xalkumiga suv okimi bilan kelgan xar qanday zarralar oziq uchun yarokdi bulmasa ham kelaveradi.

Suv okimi bilan kelgan zarrachalar xalkumning tubiga chukib qoladi. Bu chukmaga endoplazmadan biroz suyo`qlik ajralishi bilan xazm vakuoli xosil bo’ladi. Oziqka tulgan vakuola xalkumdan ajralib, endoplazmaga o’tadi va sitoplazma okimi bilan tana ichida aylanib yuradi. Endoplazmada bir qancha vakuollar bo`lishi mumkin. Vakuollar xarakati davomida endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta’sirida oziq xazm bo`lib, sitoplazmaga suriladi. Xazm bo’lmaydigan oziq koldikdari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chikarish teshikchasi - poroshisa orqali sitoplazmadan chiqaribtashlanadi.

Tufelfkaning ovqat xazm qilish vakuolalari 1,5 - 2 dakikada xosil bo`lib turadi Dastlab xazm vakuolasi ichidagi muhit kislotali, xazm bo`lish jarayonining keyingi davrlarida ishkoriy bo’ladi. Bu ko`p hujayrali hayvonlar ichidagi oziq moddalarning xazm bo`lish jarayoniga uxshab ketadi. Tufelfka hayoti davomida tuxtovsiz oziqlanadi.

Aksariyat ko`pchilik info’zoriyalar ektoplazma va endoplazmasi chegarasida qisqaruvchi vakuolalari bo’ladi. Ayrim sodda to’zilganvakillarida vakuola xuddi amyoba xivchinlilarga o’xshash oddiy pufakchadan iborat. Lekin ko`pchilik info’zoriyalarning qisqaruvchi vakuolalari ancha murakkab to’zilgansistemani xosil qiladi. Tufelfkaning ikkita qisqaruvchi vakuolalari tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan. Xar kaysi vakuola markaziy rezervuardan va rezervuar atrofida joylashgan 5 - 7 ta yiguvchi naylardan iborat. Rezervuar juda ingichka naycha orqali tashqi muhit bilan bog`langan. Sitoplazmadan ajralayotgan suyo`qdik dastlab yiguvchi naylarda to`planadi. Ular qisqarganda suyo`qdik rezervuarga utib, uni tuldiradi. Sungra rezervuar qisqarib, suyo`qdik naycha orqali tashqariga chiqaribyuboriladi. Yiguvchi naylar va rezervuar faqat suyo`qdikka tulgan davrdagina anik ko`rinadigan bo’ladi. Odatda oldingi va keyingi vakuolalar galma - galdan qisqarib turadi. Tufelfka vakuolasining pulfsasiya sikli uy xaroratida 10 - 15 soniya davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit info’zoriyalarning qisqarish vakuola pulfsasiyasi ancha past bo’ladi.

Qiskaruvchi vakuolalar osmoregulyasiya vazifasini bajaradi. Ko`pchilik info’zoriyalar kislorod miqdori xar xil bo`lgan muhitda hayot kechira olishi mumkin. Masalan, odatda kislorodga boy muhitda hayot kechiradigan tufelfka, bu gaz juda kamayib ketgan muhitda ham bemalol yashay oladi. Lekin bu jarayonda aerob moddalar almashinuvi anaerob almashinuv (glikoliz)ga o’tadi. Ayrim info’zoriyalar (masalan, kavsh kaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay oladi. Kislorod ular uchun zaxarli hisoblanadi.

Yadro info’zoriyalarda 2 xil bo`lib, bitta katta yadro - makronukleus va bitta yoki bir necha kichik yadrolar esa mikronukleuslar deyiladi. Tufelfkaning bitta katta va bitta kichik yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining O’RTAsida joylashgan. Info’zoriyalar makronukleusi xar xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelfka), takasimon (suvoyka), zanjirsimon (karnaycha) bo’ladi. Ko`pchilik info’zoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidii bo’ladi. Makronukleus xromosomalari replikasiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega. Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matrisasi (nusxasi) BO`YICHA informasion va boshqa RNKlar sintez kilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlanadi.

Mikronukleus yumaloq yoki tuxumga o’xshash bo’ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez bo’lmaydi, lekin mikronukleuslar xromosomalari replikasiya (ikki barobar oshish) xususiyatiga ega bo’ladi. Mikronukleus xromosomalari irsiy belgilarni tashuvchi substrat hisoblanadi.

Ko`payishi. Jinssiz ko`payish info’zoriyalar tanasining ko’ndalangiga teng ikkiga bo’linish yo`li bilan boradi. Ko`pchilik info’zoriyalarning makronukleusida jinssiz ko`payishda mitozga o’xshash jarayon sodir bo’ladi. Dastlab xromosomalar xosil bo’ladi, ularning soni ikki marta oshadi, lekin yadro bulinmaydi. Yadro bulinmasdan xromosomalar sonining ortishi endomitoz deyiladi. SHundan sung info’zoriyalarning bo’linishi boshlanadi. Normal uy xaroratida tufelfka bir sutkada 1 - 2 marta bo’linadi.

Ko`pchilik info’zoriyalar jinssiz ko`payishdan oldin sista xosil qiladi. Sista ichida palintomiya yo`li bilan info’zoriya tanasi yiriklashmasdan ketma-ket bo’linib, 4 ta yoki ko’proqjuda mayda info’zoriyalar xosil qiladi. Sistadan.yosh info’zoriyalar chiqadi. Ular oziqdanib, tez usadi va yana sista xosil qilib, uning ichida bulina boshlaydi.

Info’zoriyalarning ko`p marta jinssiz ko`payishdan sung qonhyugasiya deb ataladigan jinsiy ko`payish boshlanadi. Qonhyugasiyada ikkita info’zoriya korni (peristom) tomoni bilan bir - biriga yaqinlashadi. Ayrim info’zoriyalar qonhyugasiyasida pellikulaning tegib to`rgan joyi eriydi va ikki qonhyugantlar O’RTAsida sitoplazmadan iborat ko`prikcha xosil bo’ladi (4rasm).

Boshqa info’zoriyalarda esa bunday ko`prikcha xosil bo’lmaydi. Qonhyugasiya davomida makronukleuslar yemirilib, sitoplazmaga suriladi. Mikronukleuslar 2 marta reduksion (meyoz) bo’linishi natijasida 4 ta gaploid xromosomali yadrolar xosil bo’ladi. Ulardan uchtasi yemirilib, sitoplazmaga singib ketadi, to`rtinchisi yana bo’linib jinsiy yadrolar - pronukleuslarni xosil qiladi. Pronukleuslardan biri uarakatchan (migrasion) bo`lib, urug hujayraga, ikkinchisi stasionar (xarakasiz) bo`lib, tuxum hujayraga to`g`ri keladi. Bir qonhyugantning kuchma pronukleusi ikkinchi qonhyugantga utib, uning stasionar yadrosi bilan qo`shiladi, ya’ni info’zoriyalar xarakatchan yadrolar bilan almashinishadi.

Buning natijasida qonhyugasiya oxirida xar kaysi info’zoriya diploid xromosomali bittadan yadro sinkarionga ega bo`lib qoladi. SHundan sung info’zoriyalar ajralib ketadi, ularning yadrolari kaytadan tiklanadi. Buning uchun uning sinkarioni bir necha marta bo’linadi. Ularning bir qismidan mikronukleus, kolgan qismlaridan makronukleus xosil bo’ladi. Makromolekulalarning ko`p marta replikasiyasi na tijasida uning DNK tarkibi ortadi va poliploid bo`lib qoladi. SHundan sung info’zoriyalar jinssiz ko`payishta kirishadi.



Qonhyugasiya natijasida info’zoriyalarning soni ortmaydi, ya’ni xech qanday ko`payish bo’lmaydi. Lekin qonhyugasiya info’zoriyalar hayotida juda muhim ahamiyatga ega. CHunki bu jarayonda xar qanday jinsiy ko`payishda bo`lganidek, bir organizmda ikki (ota va ona)organizmlarining irsiy belgilari mujassamlashishi natijasida naslning yashovchanligi ortadi. (5 - Rasm)

  1. - Rasm. Info’zoriyalar qonhyugasiyasi. A - qonhyugasiya boshlanishi. B - mikronukleusning birinchi meyotik bo’linishi (chapda - metafaza davri, ungda - anafaza). V - mikronukleusning birinchi bo’linishining tamom bo`lishi (chapda) va ikkinchi bo’linishining boshlanishi (ungda). G - mikronukleusning ikkinchi bo’linishi. D - mikronukleuslardan uchtasi yemirilib, bittasi uchinchi marta bulina boshlashi. Ye - pronukleuslar almashinuvi. J - pronukleuslar qo`shilib, sinkarion xosil bo`lishi. 3 - sinkarionning bo’linishi. I, K - sinkarion bulaklarining birinchi makronukleusga aylanishi.

Erkin yashovchi info’zoriyalar. Ko`pchilik erkin yashovchi info’zoriyalar dengizlarda va chuchuk suv xavzalarida hayot kechiradi. Ularning bir qismi suv planktonida muallak yashaydi. Bentosda hayot kechiradigan info’zoriyalar orasida suv tubida yoki suv o`simliklarida urmalab yuruvchi turlari ham ko`p uchraydi. Psammofill info’zoriyalar kirgok yaqinidagi kum zarralari orasida kapillyar namlikda yashashga moslashgan. Ularning tanasi ingichka va o’zun bo`lib, oldingi qismidagi kipriklar yaxshi rivojlangan. Info’zoriyalar orasida utrok yashovchi turlari ham bo’ladi. Ular maxsus poyacha orqali suv tubidagi predmetlar, mollyuskalar yoki qisqichbaqalar tanasiga yopishib oladi.

Ko`pchilik info’zoriyalar bakteriyalar va chiriyotgan o`simliklar koldikdari va bir hujayrali suv utlari bilan oziqlanadi. Info’zoriyalar orasida xaqiqiy utxurlari ham bor. Masalan, chuchuk suv info’zoriyalaridan biri faqat ipsimon kuk - yashil utlari bilan oziqdanadi. Ayrim yirtkich info’zoriyalar o`zidan yirikrok tufelfkalarni ham yutib yuborish kobiliyatiga ega. Yirtkich didiniylar o’z uljasi tufelfkalardan bir necha marta kichik bo’ladi.

Kavsh kaytaruvchi hayvonlar oshqozonining oldingi qismida endodiniomorfa turkumi (teng kipriklilar kenja sinfi) ga mansub bo`lgan 120 turga yaqin info’zoriyalar yashaydi, 1 sm3 oshqozon shirasida ularning soni 2 mln.gacha. Bitta sigir oshqozonidagi massasi 1 kg.ga yetadi. Info’zoriyalar oshqozonda kletchatkani xazm bo`lishini osonlashtiradi. SHuning uchun ularni kavsh kaytaruvchi hayvonlar bilan simbioz yashaydigan xivchinlilar deyish mumkin.

Parazit info’zoriyalar. Info’zoriyalarning ko`p turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit info’zoriyalar orasida ayniqsa, ixtioftirius (Ichthyo’thirius multifillis) katta ahamiyatga ega. Parazit zogora baliqlar, gulmoxi, dungpeshona, ok amur baliqlarining so`zgich qanotlari va jabralarida yashaydi.

Odamning yugon ichagida balantidiy (Balantidium coli) uchraydi. Info’zoriya tanasi tuxumsimon shaklda, oldingi tomonida ogizoldi chukurchasi tubida og’iz teshigi joylashgan. Info’zoriya ichak bo’shligida yashaganida odatda odamga ziyon keltirmaydi. Lekin u ko`pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrositlari hisobiga oziqdana boshlaydi. Info’zoriya ichak devorida yara xosil qilib, og’ir qonli ichburug paydo qilishi mumkin. Balantidiy odatda chuchkalarning ichagida ko`p uchraydi. Ayniqsa, chuchka bolalari balantidioz bilan kuchli zararlanadi. Gigiena koidalariga rioya kilinmaganda balantidiy sistalari iflos kul orqali odam ichagiga tushadi va to`g`ri ichakda parazit sistadan chiqadi.

Kiprikli info’zoriyalar sinfi teng kipriklilar, spiral kipriklilar, tugarak kipriklilar va boshqa kenja sinflarga bo’linadi.

Teng kipriklilar (Holotricha) kenja sinfi eng sodda to`zilgan, lekin keng tarqalgan va xilma-xil turlarni o’z ichiga oladi. Tanasi ko`p sonli, ko`pincha bir xil to`zil gan, ya’ni juda kam ixtisoslashgan kipriklar bilan krp langan. Bakteriyalar, mayda suv utlari hamda boshqa organik zarralar bilan oziqdanadi. Didinium avlod i turlari yirtkich hayot kechiradi. Bu kenja sinfga kavsh kaytaruvchi hayvonlar oshqozonida simbioz yashaydigan (endodiniomorfa), shuningdek hayvonlar va odamlar organizmida parazitlik qiluvchi (ixtioftirius, balantidium), turlari ham kiradi. Ko`pchilikka yaxshi ma’lum bo`lgan tufelfka info’zoriyasi ham teng kipriklilar kenja sinfi va gimenostomatalar (Hymenostomata) turkumiga kiradi.


  1. Spiral kipriklilar (S’irotricha) kenja sinfi vakillarida kipriklar og’iz atrofida soat mili aylanadigan tomonga spiralga o’xshash bo’ralib joylashgan. Bu kipriklar og’iz oldida bir necha kator membranellalarni xosil qiladi.

Spiral kipriklilar xarxil kipriklilar (Heterotricha), korin kipriklilar (Hy’otricha) va kam kipriklar (Oligotrichia) turkumlariga bo’linadi. - Har xil kipriklar (Heterotricha) turkumli turlarida og’iz atrofidan tashqari butun tana yo’zasi bir xil mayda kipriklar bilan qoplangan. Har xil kipriklilar eng yirik info’zoriyalardir. Ularning katta yadrosi zanjirsimon (trubach - Stentor avlodlari), spiralsimon (S’irostomium) bo’ladi. Boshqa bir vakili bursariya (Vigyaapa) ning juda keng kopga o’xshash ogizoldi chukurchasi bo’ladi. Ayrim vakillari amfibiyalarda parazitlik qiladi.

Korin kipriklilar (Hy’otricha) turkumiga mansub bo`lgan turlar chuchuk suvlarda va dengizlarda ko`p uchraydi. Korin qismida joylashgan bir qancha kipriklari birlashib, ancha yugon usimtalar - sirrilarni xosil qiladi. CHuchuk suvlarda keng tarqalgan yirik info’zoriya sti lonixiya (Stylonichia) ana shu sirrilari yordamida suv tubidagi narsalar ustida yugurib yurishi mumkin (6 - rasm).

  1. Rasm. Stilonixiya


Download 304,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish