3-mavzu. Sotsiolingvistika. Psixolingvistika Reja



Download 36,6 Kb.
bet7/8
Sana21.04.2022
Hajmi36,6 Kb.
#570283
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma\'ruza

7. Psixolingvistika
Psixolingvistika atamasi amerika olimlari tomonidan ilmiy hayotga olib kirildi. Ilk marta bu atama 1946 yilda amerika psixologi N. Pronko tomonidan «Til va psixolingvistika» nomli maqolasida qo‘llanildi. Lekin bu maqolada psixolingvistikaning maqomi keng ilmiy jamoatchilik e'tirof etadigan darajada belgilanmagan edi. 1953 yilda Indiana shtatining Blumington shahrida mashhur amerika psixologlari Dj. Keroll va Ch.Osgudlar bilan taniqli tilshunos va etnogrf T.Siboeklar tomonidan o‘tkazilgan universitetlararo seminarda tilshunoslik bilan psixologiya munosabatlari muhokama etildi va bu ikki fan oralig‘ida psixolingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida fan yo‘nalishi bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Seminarda turli ixtisoslik vakillari ishtirok etdilar. Xususan, 1953 yilda «Tilni o‘rganish» nomli asar yozib, unda tilshunoslikning boshqa fanlar bilan, ayniqsa, psixologiya bilan munosabatini chuqur tahlil qilib dovruq qozongan Dj. Keroll, folkloristika bo‘yicha shuhrat topgan T. Sibeok, tilshunoslik bo‘yicha ancha mashhur bo‘lib qolgan, induslar tili va madaniyati bo‘yicha taniqli mutaxassis Dj. Djenkins, tillarning geneologik tasnifi va til tarixi bilan shug‘ullanuvchi Dj. Grinberg kabi mashhur olimlar bilan birlikda, bir qator yosh tadqiqotchilar ham ishtirok etdilar. Ikki oy davom etgan bu seminarda psixolingvistik tadqiqotlarning nazariy asoslari bo‘yicha bir fikrga kelindi.
Seminarda ishtirok etgan olimlarning psixolingvistika bo‘yicha umumiy platformasi. 1954 yilda «Psixolingvistika» nomi bilan nashr etilgan kollektiv monografiyada o‘z ifodasini topdi. Bu kitob ilmiy jamoatchilik o‘rtasida katta shuhrat topdi. Natijada psixolingvistika tilshunoslik va psixologiya oralig‘idagi alohida fan yo‘nalishi sifatida e'tirof etila boshlandi. Tez orada dunyoning turli mamlakatlarida, xususan, Angliya, Fransiya, Italiya, Ruminiya Polsha, Chexoslovakiya, Gollandiya, Rossiya, Norvegiya, Kanada singari qator mamlakatlarda psixolingvistika maktablari dunyoga keldi.
Psixolingvistika garchi asrimizning 50-yillaridan shakllangan bo‘lsa ham, lekin uning ildizi uzoq davrlarga — tilshunoslikda anchadan buyon davom etib kelayotgan psixologik yo‘nalishga borib taqaladi. Demak, psixolingvistika XIX asr tilshunosligida hukm surgan psixologik yo‘nalishning mantiqiy davomidir. Shuning uchun ham, avvalo, psixolingvistikaning ildizi bo‘lgan tilshunoslik nazariyasidagi psixologik yo‘nalish haqida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi.
Tilshunoslikda psixologik yo‘nalish ancha davrlardan buyon xukm surib kelayotgan til moxiyatini mantiqiy asosda yoritishga qarama-qarshi ravishda XIX asrning 50-yillarida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga keldi. Bu yo‘nalishning paydo bo‘lishida V. fon Xumboldtning til falsafasi katta ta'sir ko‘rsatdi. Tilshunoslikda psixologik yo‘nalishning asoschisi, nemis tilshunosi V. fon Xumboldtning shogirdi X. Shteyntaldir.



Download 36,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish