3-mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari



Download 72,64 Kb.
bet3/11
Sana14.07.2022
Hajmi72,64 Kb.
#796844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu 3 ee1e3

Samuel Johnson (1709-84)
Doktor Johnson soliq nazariyachisi sifatida emas balki u tuzgan izchil “Lug`at” tufayli ko`proq eslanadi. Lekin 1770-yillarda soliqlarga bevosita aloqador bo`lgan, Amerikaning soliqqa tortish muammolari, Amerika mustaqillik urushi markazidagi masalalar bilan shug`ullanadigan “The Patriot” (1774) va “Taxation No Tyronny” (1775) asarlarini yozadi. Johnson Angliyaning Amerika koloniyalarini soliqqa tortish huquqini himoya qiladi va Amerikani “Angliya himoyasida saqlanuvchi…
Angliya nizomi bo`yicha tuzilgan… Angliya armiyasi tomonidan mudofaa qilinuvchi” deb ta`riflaydi va “Ular bizning davlat himoyasi ostida rivojlanyabdi, shuning uchun evaziga nimadur berishlari kerak” degan fikrni ilgari suradi. Agar Amerikaliklar ingliz qonunlarini qabul qilishsa ular uni to`laligicha qabul qilishlari kerak edi, jumladan soliqqa aloqador bo`lganlarini ham. Ular o`zlari yoqtirgan elementlarni olib tashlay olmasdilar. Qonun ko`pchilikning xohishi bilan yo`lga qo`yilgandan keyin kolonistlar Inglizlarga o`z huquqlarini topshirishga majbur bo`ldilar.
Devid Yum(1711-76)
Yum Lokkning ijtimoiy shartnoma nazariyasi tushunchasini yo'q qilishi bilan keng tanilgan. Uning Original Shartnoma ishida, u hukumatlar qanday bir turdagi shartnoma tomonidan emas, balki zo'ravonlik yo'li bilan tashkil etiladi, deb bahs yuritadi. Agar hech qanday ijtimoiy shartnoma bo’lmasa, hokimiyat qanday qonuniy asosda soliqqa tortishi mumkin? Bu savolga Yum aniq javob bermagan bo’lsada, uning bir necha asarlarida bu haqida ma’lumotlar bor 2 . Hukumat shartnomalarni himoya qiladi va shartnomalarni barchaning manfaati uchun yaratishga majbur qiladi. Qoidalar va majburiyatlar tinch jamiyatni yaratish hamda milliy va xalqaro sadoqatni boshqarish uchun yaratiladi. Soliq to'lash inson hohlagan jamiyatni qo'llab-quvvatlash bilan bog’liq fuqarolik burchidir, deya xulosa qilish mumkin. Ammo, Yumning boshqa ishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, “Inson aqli haqida so’rov” asarida (u taklif qiladi), inson harakatlariga faqat birlamchi prinsplar, inson o’zini qanday tutishi kerakligi har doim ham asos bo’la olmaydi. Demak, soliqda buni qo’llasak, inson uni qabul qilishi kerak, chunki soliq odatiy shakllangan: inson u nima uchun paydo bo’lgani haqida o’ylashi nojoiz. Inson narsalarni boricha qabul qilishi, bor narsadan foydalanishi, garchi u narsa o’zgartirilishi mumkin bo’lsada, u bilan shug’ullanishi kerak. Yum o’zining original shartnoma inshosida buni yanada oydinlashtiradi: Yangi hukumat tashkil etilgan paytda, qanday vositalar orqali tashkil etilgan bo’lmasin, odamlar asosan undan norozi bo'lgan, ular hukumatga sodiqlik yoki ahloq qoidalaridan ko’ra ko’proq zaruriyat va qo’rquvi uchun bo’ysunadi... Vaqt, darajalar bu barcha qiyinchiliklarni bartaraf etadi va millatni ular bosqinchi yoki mustabid deb o’ylagan qonuniy shahzodalari, uning oilasiga yaxshi munosabat bildirishga o’rgatadi.
Yumning “Soliq” deb nom olgan inshosida soliq bo’yicha qarashlar tushuntirib ketilgan. U soliq nazariyasiga yo’naltirmaydi, balki ishchilar qanday qilib ish kuchini oshirganda soliq yuki oshishiga ko’nishi, ish haqini katta darajada oshmasligi haqida munozara qiladi. Ishchi tirishqoqlik bilan ishlasa, albatta ko’proq pul topadi. U iqlimi keskin bo’lgan mamlakatlardagi ishchilarning tabiiy noqulayliklarni yengib o’tish uchun qattiqroq ishlari kabi vaziyatlarni ko’rib, solishtiradi. U soliqqa tortishning eng yaxshi yo’li muhtoj odamlarni emas, balki boy insonlarni soliqqa tortish kerak deb bahs yuritadi. Uning “Fuqarolar ozodligi” (1741) nomli inshosida ozod bo’lgan hokimiyatlar ortiqcha qarz va soliqlar tufayli





2 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015
yo’qolib ketish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. U, ayniqsa, Fransiyani misol keltiradi:
Fransiyada o’sgan eng katta haqorat bu monarxiyaning eng mukammal ko’rinishi, qaysiki soliqlarning soni yoki hajmidan davomiylikni ta’minlamaydi, balki undirishning qimmat, teng bo’lmagan,o’zboshimchalik bilan va chalkash yo’llari dehqonlar va fermerlar, jumladan kambag’allar sanoati, katta o’lchovda kamayishiga olib kelgan va qishloq xo’jaligi ko’r-ko’rona va qashshoq bandlik ko’rsatkichlariga olib keldi. U davom etadi:
Agar shahzoda yoki vazir paydo bo’lsa va unga idrok ato etilgan bo’lsa, o’zining va jamoatning manfaatini bilishi, miyaning yetarli kuchi bilan qadimiy odatlarni chiqarib tashlashini bu haqoratlarning bartaraf etilishi deb tushunishimiz mumkin. Bu, “Qimmat teng bo’lmagan, o'zboshimchalik bilan va chalkash” bo’lgan soliqlar(yuqorida)ni ko’rsatib berish uchun nazariya yaratgan inson Adam Smit edi. Yum Adam Smitning soliqqa oid qoidalarining zaruriyatini belgilagan edi.

Download 72,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish