Ayrimlik va umumiylik. Ayrimlik deb alohida narsa, hodisalarga xos bo‘lgan nodir belgi, tomon, xususiyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. Masalan, Farg‘ona davlat universiteti - tushunchasida ayrimlik va umumiylik mavjud. Farg‘onadagi oliygoh ekanligi uning ayrimligi, universitet ekanligi umumiyligi. Daraxt - umumiylik, olma daraxti - ayrimlik. Umumiylik deb bir guruh, doiraga kiradigan narsa va hodisalarga xos bo‘lgan takrorlanadigan muhim tomonlar va belgilarga aytiladi.Umumiylik bilan ayrimlik o‘rtasida xususiylik mavjud. Xususiylik buyumlarning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Masalan, yong‘oq daraxti - ayrimlik, mevali daraxt - xususiylik, daraxt - umumiylik. Yoki bug‘doy - ayrimlik, don - xususiylik, o‘simlik - umumiylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |