3-mavzu: rivojlanish falsafasi



Download 171 Kb.
bet6/11
Sana28.04.2022
Hajmi171 Kb.
#587760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu rivojlanish falsafasi

Qarama-qarshilik deb bir butun yaxlit narsa, hodisada ayni bir vaqtda o‘zaro birga bo‘lishini talab qiladigan va ayni vaqtda bir-birini inkor qiladigan tomonlarga aytiladi.Elektrning musbat va manfiy zaryadlari, tirik hayotning assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni, jamiyatda ozodlik va qaramlik, hurlik va qullik, erkinlik va zaruriyat va h.k. Qarama-qarshiliklar uzviy birlikda mavjud bo‘ladi. Buni mijoziy ma’noda ''kurash'' deb yuritadilar. Qarama-qarshiliklar birligi va uyg‘unligi narsa rivojida, borliq taraqqiyotida muhim, hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Ziddiyat nima? Ziddiyat deb qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi munosabatga aytiladi. Bu munosabatlar o‘z xarakteriga ko‘ra turli daraja va mazmunga ega. Qarama-qarshiliklar teng bo‘lganda bu munosabat tomonlarning birligini va hatto bir xilligini bildiradi. Bu holda ziddiyat bo‘lmaydi. Vaqt o‘tishi bilan tomonlar ayniyligi, birligida tafovut va farqlar kelib chiqadi. Shuning uchun tafovut va ayniyat ham qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi turli darajadagi munosabat turlaridir.
Tafovut nima? Tafovut deb narsalarning nisbiy o‘zgaruvchanligiga aytiladi. Tafovut narsalarning o‘z-o‘ziga ayni emasligi, o‘z-o‘zidan va o‘zga buyumlardan farq qilishini ifodalaydi. Tafovut ayniyatning bag‘rida paydo bo‘ladi. Ayniyat tafovutlidir, tafovut ayniyatlidir.
Ziddiyat haqidagi ta’limotlarga ko‘ra u bir qancha shakllarda uchraydi: antogonistik va noantogonistik ziddiyat; asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyat; muhim va muhim bo‘lmagan ziddiyat; ustivor, bosh ziddiyat; ichki va tashqi ziddiyatlar.
Ularning kelib chiqish sabablarini bilish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish muhim metodologik ahamiyatga ega. Chunonchi, O‘zbekistonda o‘tgan asrning 80-yillari oxirida millatlararo munosabatlarda keskin vaziyat va qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan edi. Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va oqilona siyosat olib borilishi natijasida millatlararo munosabatlardagi keskinlikning oldi olindi, respublikada yashovchi barcha-millat va elatlarning qonuniy huquqlari va manfaatlari O‘zbekiston Konstitutsiyasida o‘z aksini topdi, milliy tistiqlol mafkurasida millatlararo hamjihatlik asosiy g‘oya sifatida o‘rin egalladi. Bu g‘oyalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Zero, I.A.Karimov yozganidek, «millatlararo munosabatlar sohasida muayyan, noantogonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror topish davri uchun real hodisadir» (O‘sha asar, 75-b.).
Hozirgi paytda O‘zbekistonda milliy munosabatlarga katta E’tibor berayotir. Respublikamizda hozir 1 milliondan ortiq qozoqlar, 300 ming koreys, 700 mingdan ortiq tojik va boshqa yuzlab millatlar istiqomat qiladi. Ularning xilma-xil ehtiyojlarini to‘la qondirishga harakat qilinmoqda. Milliy tilda maktablar ochildi, kitoblar chop etildi, tele-radio ko‘rsatuvlar va eshittirishlar, milliy madaniyat markazlari tashkil topdi, davlatni boshqarish ishlariga keng jalb etilmoqda.
Ijtimoiy hayotda ziddiyatlar bo‘lmaydi deb aytish qiyin. Ular qaerda namoyon bo‘lmoqda?Sotsial ziddiyatlar sotsial guruhlar, sinflar, millatlar, davlatlar ijtimoiy-siyosiy kuchlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanish sohasida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, «O‘tish davrida eskicha va yangicha fikrlash o‘rtasidagi, o‘tmish va hozirgi zamonning qadriyatlar tizimi o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashadi» (O‘sha asar, 215-b.). Bu o‘tmish va hozirgi zamon, ya’ni vaqt oralig‘idagi qarama-qarshiliklardir.Ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini ilmiy tahlil etish ularni hal etishning muhim kalitidir. Antogonistik ziddiyatlar sinfiy, etnik, milliy, irqiy, diniy va boshqa sohalarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar o‘rtasida, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o‘rtasida ham paydo bo‘lishi mumkin.

Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish