3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Element –(lot. elementum – birlamchi modda) –



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#533024
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
3-mavzu

Element –(lot. elementum – birlamchi modda) –
butunning nisbatan bo‘linmas 
qismi. Qism tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «element» tushunchasidan kengroq, 
chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism. Bunda «qism» 
butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan munosabatga 
kirishadi. 
Element
narsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. 
Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari 
hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar 
zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar 
zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari 
hisoblanadi.
Struktura
(lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) 
sistemaning tuzilishi va ichki 
shakli, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning 
birligi. 
Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy 
aloqa usuli. 
 
Sabab va oqibat.
Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‘z sababi bor. 
To‘g‘ri olingan yo‘l yo‘lovchini tekisliklar orqali mo‘ljallangan manzilga olib 
keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va halokatga giriftor etadi. 
Hodisalarning umumiy o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini taqozo etishi g‘oyasi 
determinizm tamoyilida o‘z aksini topadi. Bu tamoyilga binoan tabiatda hamma 
narsa sababning hukmiga bo‘ysunadi.
Sabab tushunchasi insonga uning rivojlanishi dastlabki bosqichlaridayoq ma’lum 
bo‘lgan. Tabiiy hodisalarning kelib chiqishini tushuntiruvchi sabablarni aniqlashga 
bo‘lgan ilk urinishlarga mifologiyada, so‘ngra dinda duch kelish mumkin. 
Keyinchalik sabablarning falsafiy va ilmiy izohi yuzaga keladi. Sabab (lot. causa – 
sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini bevosita belgilaydi, 
yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga 
keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi. Oddiy ong sababiyat 
jarayonini soddalashtiradi: sabab faol tomon, oqibat – passiv tomon sifatida 
tasavvur qilinadi, sabab oqibatdan oldin keladi. D.Yum bunday tasavvurlarni 
tanqid qilar ekan, - u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog‘i buni inkor 
etadi: «Bir hodisa ayrim holda boshqa hodisadan oldin kelishidan ularning biri – 
sabab, ikkinchisi – harakat degan xulosa chiqarish aqlga muvofiq emas. Ularning 
birikuvi tasodifiy bo‘lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida boshqa bir 
hodisaning mavjudligi haqida xulosa chiqarish uchun hech qanday asos yo‘qdir. 
Shunga qaramay... insonni bunday xulosa chiqarishga majbur qiluvchi qandaydir 


tamoyil mavjud. Bu tamoyil odatdir...”
10
, deb qayd etadi. Sabablar mavjudligining 
inkorini Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni yuzaga keltirish 
jarayonini biz bevosita kuzata olmaymiz. Sabab haqida biz yuz bergan oqibatga 
qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqea chindan ham ayrim sababning oqibatimi, 
degan savolga biz aniq javob bera olmaymiz, chunki sabab-oqibat aloqasi 
mavjudligini biz sinov yo‘li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz
11
.
Hozirgi zamon fani sabab ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bo‘lib, uning oqibatida 
o‘zaro aloqaga kirishgan ob’ektlarning ikkalasi ham o‘zgarishini aniqlash imkonini 
beradi. Masalan, Erga yirik meteoritlar tushishiga ulkan ekologik falokatlar sabab 
bo‘lgan. Bir qarashda Er jabrlangan passiv tomon, meteorit esa – faol tomon 
bo‘lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq Er va meteoritning 
to‘qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida ikkala jismda tegishli deformatsiyalar 
yuzaga kelgan. Amaliyot har qanday hodisaning vujudga kelishi biron-bir omil 
yoki omillar bilan belgilanishini ko‘rsatadi.
Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. 
Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi
.
Dunyoda barcha hodisalar, o‘zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan 
sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‘q va bo‘lishi mumkin 
ham emas
. Sababiyat qonuni dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan 
degan qoidaga asoslanadi

Sababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning 
barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar
deterministlar deb, sababiyat 
qonunini inkor etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish