3-MAVZU. RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI
Reja:
1. Raqobatning besh kuch nazariyasi.
2. Kompaniyada SWOT anapiz o’tkazish
3. Yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi , O’rinbosar tovarlarning paydo bo’lishi
Tayanch so`z va iboralar: M. Porterning (1947), raqobat besh kuchi modeli, raqobat 5 kuchi nazariyasining oltin qoidasi. Porter nazariyasi, strategik boshqarish, marketing, kengaytirilgan raqobat taxdili, bozor taxlili, raqobatlashuvchi sotuvchilar, savdo qobiliyatlari, xaridorlarning iqgisodiy imkoniyatlari, savdo qobiliyatlari, tarmoqqa kirish to’siqlari, xaridorlarning bozordagi xukmronligi.. o’rinbosar tovarlar, SWOT analiz, kuchlilik, zaiflik, , imkoniyat, taxdidlar. samaradorlik darajasi, firma Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2. CHunki u ishlab chiqarishning kontsetratsiyalashuvi, firmalarning yiriklashuvi, ularning monopolga aylanishi bog’liq Maykl Porterning raqobat ustunligi nazariyasi. 1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o’zining “Mamlakatlarning raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning o’rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday óshlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to’g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo’ladi. Raqobat ustunligi strategiyasi. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi va o’zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi: 1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya’ni raqobatning o’ziga xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi: - yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi; - o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi; - yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati; - xaridorlarning savdolashish qobiliyati; - mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati. Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, u bahoga, harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi. 2. Firmaning tarmoqda tutgan o’rni. Firmaning tarmoqdagi o’rni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo’lsa, u o’z raqiblarini ortda qoldiradi: -Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar; -Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati. Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat ko’rsatishini, dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak. Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlarga ham ega. M. Porter mavjud raqobatning o’ziga xosligiga ko’ra ikki turdagi tarmoqlarni ajratadi: 1) Ko’pmilliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo’llash mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari. 2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo’yicha yagona raqobat maydoniga ega bo’ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo’ladi. M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan foydalanishning ikki usulini ajratadi: 1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o’ziga xos hususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko’rinishlarini joylashtirish. Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi: -omillarning minimal qiymati; -ITTKI ni o’tkazish uchun zarur øaroitlarning mavjudligi; -maxsus êo’íikmalarning mavjudligi; -mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar. 2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o’z ichiga -ma’lumot almashinuvini; -javobgarlikni taqsimlashni; -xatti-harakatlarni kelishishni oladi. Raqobat ustunligining determinantlari. Har bir tarmoq doimo yangilanib va zamonaviylashtirib ko’riladi. Bu jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat muhim o’rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan ishchi kuchi mavjud mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to’rt hususiyatni ko’rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta’sir qiladigan mahalliy firmalar raqobatlashadi. SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli. Hozirgi kunda jahon miqyosida amal qilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini uzoqni mo’ljallangan holda amalga oshirishini taqoza qilmoqda. Ma’lumki bozor iqtisodiyoti tizimini to’rtta dastak - talab , taklif, narx va raqobat tartibga solib turadi. Har bir korxona o’z mahsulotining hayotiyligini oshirish uchun ushbu to’rtta dastakni qo’llagan holda o’rganishi juda katta ahamiyat kasb etadi . Bu borada korxonalarda marketing hamga boshqaruv tizimi qay tarzda yo’lga qo’yilganligi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu omillarni o’rganishda va tahlil qilishda korxonalarda marketing faoliyati va tahlil usullaridan biri SWOT analiz usulidan keng foydalaniladi. SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960- yilda AQSHning Stenford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey tomonidan yaratilgan. SWOT analiz - bu korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan , shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o’rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda, korxonaning ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usulidir. Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usul deb ham nomlanadi, chunki tahlil chizmasi ko’rinishi 2x2 ko’rinishdagi matritsani eslatadi. (1-rasm). Korxonaning kuchli tomonlari (Strengths of enterprise) - bu korxonaning bozordagi boshqa raqobatdosh korxonalarga nisbatan ustun tomonlari yoki kelajakda korxona uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish omillarini hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir. Korxonaning kuchli tomonlariga quyidagi omillarni kiritish mumkin: katta ilmiy texnik-tajribalar , zamonaviy texnologiyalar xodimlarning yuqori malakasi , yuqori sifatli mahsulotlar , brendning mashhurligi va boshqalar. Korxonaning kuchsiz tomonlari (Weakness of enterprise) -bu korxona tomonidan boshqarilishi zarur bo’lgan , lekin ularga ta’sir o’tkazish imkoniyati mavjud bo’lmagan korxona ichki omillarni hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir. Ushbu jadval ustuniga korxona quyidagi omillarni kiritishi kerak: balans likvidligining pastligi, moliyaviy barqarorlikning bir maromda emasligi, zamonaviy texnolgiyalarning mavjud emasligi, xodimlarning malakasining yuqori emasligi va boshqalar. Bozor imkoniyatlari (Market opportunities) - korxonaning bozordagi faoliyatidan oladigan afzalliklarini ifodalovchi omillarni aks ettiradigan jadval ko’rsatkichidir. Bozor imkoniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: talabning yuqori darajada o’sishi , raqobatchilar imkoniyatlari pasayishi , mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining jadal o’zgarishi va boshqalar. SWOT analizd a faqat bozordagi imkoniyatlar emas , balki bozordan tashqaridagi imkoniyatlar hisobga olinadi. Bozor xatarlari (Market threats) - bu korxona tomonidan umuman ta’sir o’tkazish imkoniyatlari yo’q bo’lgan omillarni hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir. Bozor xatarlariga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorga yangi raqobatchilarning kirib kelishi , soliq stavkalarining o’sishi , iste’molchilar didining o’zgarishi va boshqalar kiradi. Quyida Swot analizga misol tariqasida dunyo bozorida elektronika sohasida yetakchilikni anchadan beri o’zida saqlab kelayotgan Apple koorporatsiyasining 2015 yil uchun chiqqan Swot analiz jadvalini keltirib o’tamiz. Ushbu tahlil jadvali Applening moliyaviy masalalar bo’yicha xodimi John Dudovskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Kuchli tomonlar Xizmatlar va mahsulotlar bozoridagi yetakchilik Mashhur brend (logotip) Moliyaviy barqarorlik Taklif qilinayotgan mahsulotlar turi ko’pligi Kuchsiz tomonlar Raqobatchilarga qaraganda yuqori narxlar Apple mahsulotlari va xizmatlarining boshqa mahsulot va xizmatlarga mos kelmasligi Tor ishlab chiqarish doirasi Eng so’nggi mahsulot versiyalarida yangiliklarning kamligi Imkoniyatlar Xatarlar • Tadqiqot va rivojlantirish uchun • Apple asoschi Stiv Jobsning vafotidan investitsiyalar mavjudligi keyin innovatsion g’oyalarning • Mahsulot xilma-xilligi kamayganligi • Strategik hamkorlik shakllanish • Xitoy va Hindiston tomonidan mavjudligi raqobatning yanada chuqurlashtiriHshi • Foyda ko’rsatkichlaridan kelib chiqib • Intellektual mulk huquqlarini narxlarni pasaytirish imkoniyatining raqobatdosh korxonalar tomonidan mavjudligi poymol qilinishi yoki o’girlanishining mavjudligi • Soliq siyosati orqali ko’riladigan zararlarning mavjudligi Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , har bir mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona o’z biznes rejasini yuqoridagi to’rtta ko’rsatkich yordamida barcha ishlab chiqarish va bozor omillarini to’g’ri baholasagina , ularning mahsuloti bozorda raqobatga bardoshli mahsulotlar sirasiga kirishi mumkin. Bu korxonalarda marketing va tahlil ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish va SWOT analizni to’g’ri belgilab olish da muhim ahamiyatga ega. "SWOT" tahlili "SWOT" taxlili bu yangi goyalar va tashabbuslar buyicha strategik rejalashtirish va tsaror tsabul tsilishda yordam beradigan usul xisoblanadi. "SWOT" so’zi quyidagi inglizcha so’zlarning qisqartmasidan olingan: 1. S - Strengths (Kuchli tomonlar); 1 W - Weaknesses (Zaif tomonlar); 2. O - Opportunities (Imkoniyatlar) va 3. T - Threats (Xavflar). Siz uz loyixangiz goyasini aniqlaganingizdan keyin, uni taxdil qilishingiz kerak. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz lozim. Bu bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni osonlashtiradi. Masalan, loyixangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyixa oldida tsanday xavflar bulishi mumkinligini oldindan anitslashda "SWOT" taxlili sizga yordam beradi. SHu bilan birga, taxlil ortsali anitslangan muammolarga oldindan ta’sir tsilishingiz mumkin buladi. "SWOT" taxlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etamiz. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular tashtsi omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka imkoniyatlar va xavflar tsuyilgan va ular ichki omillar deb ataladi. "SWOT" taxlili kuyidagi savollarga javob topishda kul keladi: Ushbu loyixani amalga oshirishda uzingiz yoki tashkilotingizning kuchli tomonlari yoki farkli afzalliklari nimada? Uzingiz yoki tashkilotingizning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniklangan kamchiliklar orasida kaysi birini birinchi urinda bartaraf etishga xarakat kilishingiz kerak? Loyixdning samarali amalga oshishi uchun kanday imkoniyatlar mavjud? Loyixani amalga oshirishda kanday tusiklar va xavf-xatarlar bulishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima kilish kerak? Quyida bir misol orkali biz "SWOT" taxlilini utkazamiz. A’zamjon Dangarada sog’lomlashtirish markazini ochmoqchi. Uning fikricha, sog’lomlashtirish markazi barcha shahardagi bekorchi yoshlarga sport bilan shugullanish, sog’lom turmush tarzini urganish va uz sog’liklarini tiklashga yordam beradi. SHu bilan birga, sog’lomlashtirish markazi yangi ish urinlari yaratadi va turli sport, uqalash (massaj) kabi kurslarni taqdim etadi. Kuchli tomonlar (Strengths): Yunaltiruvchi savollar: Loyixani amalga oshirishda boshqalardan qanday afzalliklaringiz bor? Yetarli tajribaga egamisiz? Qaysi qobiliyatlaringiz loyihaga ijobiy ta’sir kursatishi mumkin? Sizga yordam beradiganlar kimlar? Qancha mablag’ topa olasiz? Raqobatchilardan qanday ustunliklaringiz bor? Nimalar borasida muvafaqqiyatga erishishingiz mumkin? 1 Bir necha yil oldin K,ukon shaxridagi shu kabi sport markazida oddiy karate murabbiysidan raxbargacha kutarilganman. SHu soxani va uni boshkarishda nimalar kerakligini juda yaxshi bilaman. 4. Men xozirgi kunda boshkarib kelayotgan nodavlat tashkilotim shaxarda juda tanikli, tashkilotim orkali reklama kilish va yangi markaz tug’risida ma’lumot tarkatishim oson buladi. 5. X,okimiyat bizga shaxardagi karovsiz bulgan va toshlok xolatdagi joyni 10 yil muddatga bepul ijaraga bermokchi. Joyi yaxshi va u yerga shaxar transporti boradi. Bu yerda ijara tulamasdan 10 yil ichida foyda kilsak buladi. 1 Men bir necha yildan beri raxbar bulib ishlab kelmokdaman va kuchli raxbarlik kobiliyatiga egaman. SHuning uchun ishni osongina tashkil kila olaman Zaif tomonlar (Weaknesses) : Yunaltiruvchi savollar: Qanday kamchiliklar mavjud? Qanday tusiklar bor? Yetarli mablag’ni topa olasizmi? Boshka kanday kiyinchiliklar bor? Rakiblaringizning sizdan kanday ustunliklari bor? Imkoniyatlar (Opportunities): Yunaltiruvchi savollar: Qanday imkoniyatlar mavjud? Loyihangiz bugungi kunda kanchalik kerakli va muhim? Loyiha kimlarga yoqishi mumkin va kimdan qushimcha ko’mak olishingiz mumkin? Qanday imtiyozlar mavjud? Loyihani amalga oshirish natijasida siz uchun kanday yangi imkoniyatlar yaratilishi mumkin? Xavflar (Threats): Yunaltiruvchi savollar: Qanday xavflar mavjud? Loyihani amalga oshirishda nimalar tusqinlik kilishi mumkin? Noqonuniy tuskinliklar bormi? Rakobatchilaringizdan kanday xavf bor? Savollarga javob yozishda javoblaringizning sub’ektiv bulishini esdan chiqarmang. SHuning uchun bu mashqqa boshqalarni xam jalb qiling. Ularning fikrlari siznikidan boshqacha bulishi mumkin va ular sizning e’tiboringizdan qochgan tomonlarni kursatishi mumkin. Kamchilik va zaifliklar haqida yozganingizda faqat rostini yozing. Bu sizga tug’ri qaror qabul qilishda va kelajakdagi yuqotishlarning oldini olishda yordam beradi. Javoblaringizni mos kataklarga joylashtirib, taxdil tsilishni boshlang. Ishni javoblaringizga baxo berishdan boshlashingiz mumkin. Ya’ni, ularga, muximligiga qarab, 1 dan 3 gacha baxo bering (3 - muximligi eng kam). Taxlil natijasida kuchli tomonlar va imkoniyatlar kuchliroqmi yoki kamchiliklar va tusiqlarmi, shuni aniqlaysiz. SHundan sung imkoniyatlardan tula foydalanish va xavflarni kamaytirish buyicha strategiya tuzishingiz mumkin. Strategiya uchun misollar: 6. S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) - Bu strategiya kuchli tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyixa muvaffatsiyati yulida foydalanishni urgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan tula foydalanish lozim. Masalan, jamg’armalarning grant tanlovlariga loyixa xujjatlarini topshirish yoki Toshkentdagi katta sport majmualariga murojaat tsilib, ularga loyixa to’g’risida suzlab berish va ulardan kerak bulmagan sport anjomlarini xadya tsilishlarini surash mumkin. 7. W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) - Bu strategiya imkoniyatlardan kamchiliklarni tuldirish yulida foydalanishga xizmat qiladi. Masalan, yuqoridagi misolimizda bepul ijaraga berilgan joyni remont qilish kerakligi kamchilik sifatida keltirilgan. Buni qanday qilib imkoniyatga aylantirish mumkin? Bu loyixa jamiyatga foyda keltiradigan va yoshlarning samarali vaqt utkazishlarini ta’minlash uchun yaratilayotgani bois banklar osonlik bilan imtiyozli kredit berishi mumkin. SHaxar xokimiyati buning uchun tasdiqlovchi xat yozib berishi mumkin. 8. S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) - Ushbu strategiya kuchli tomonlarni qullash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi. Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bulgani uchun, tashkilot orqali reklama qilish yoki ma’lumot tarqatish samarali buladi. Yoshlarni qiziqtirish, loyixaga jalb etish, ularning sport bilan bog’lits qiziqishlari qandayligini bilish uchun surovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va muxokamalar utkazish lozim. 1 W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan ximoya strategiyasi) - Bu strategiya kamchiliklar va xavflarning ruy berish darajasini orttirmaslikka xizmat tsiladi. Masalan, ishchilarning ishtiyoqi kamaymasligi uchun ular bilan uzoqroq muddatga shartnoma tuzish yoki ularga kuproq imtiyoz berish mumkin. Ishchilarni boshqaruv jarayoniga jalb qilish, ularning fikr va muloxazalarini inobatga olish xam ishchilarni ruxan qullab- quvvatlaydi.