3-mavzu: pul nazariyalari. Pul aylanmasi va uning tarkibi



Download 100,96 Kb.
bet3/15
Sana22.06.2022
Hajmi100,96 Kb.
#691154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 mavzu

1. Oltin tanga standarti
Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko‘rinishidir. Bu standart I Jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartiga xos bo‘lgan belgilar quyidagilardan iborat bo‘lgan: tovarlarning baholari faqatgina oltinda o‘lchanishi; oltin tanganing muomalada bo‘lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi; kredit pullarni ularning nominali bo‘yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib kirish yoki olib chiqishning ta’qiqlanmaganligi; ichki bozorda oltin moneta va banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni, to‘la haqiqiy qiymatga) ega bo‘lmagan chaqalar va ma’lum kursga ega bo‘lgan davlat qog‘oz pullarining muomalada bo‘lishi.
Bu tizim mustahkam pul tizimi bo‘lib, inflyasiyani inkor etar edi. Muomala uchun zarur bo‘lmagan oltin miqdori yana xazina ko‘rinishiga qaytar edi. Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. 2- Jahon urushi davrida AQSHdan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishni va oltinni chetga olib chiqishni bekor qilishdi. Oltin muomaladan surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQSHda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar muomalada bo‘ldi.
2. Oltin quyma standarti
I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st., Frandiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo‘lib qoldilar, xolos.
3. Oltin deviz standarti
Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o‘z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya’ni valyutalariga) almashtirishni mo‘ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga bog‘liqligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu ko‘rinishi oltin deviz standarti nomini oldi.
1929-33 yillardagi jahon inqirozidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartining ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati Shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSH dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartining barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Oltin standarti barbod bo‘lishi va iqtisodiyotni davlat ishtirokida boshqarilishiga o‘tilishi bilan metall pul nazariyasi boshqa nazariya bilan almashtiriladi. Metalizimning asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar orasida ichki bog‘liqlikni e’tiborga olmadilar.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko‘payishi muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz pullar ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyusion tarzda ma’lum ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z o‘rnini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Download 100,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish