3.2. Buxgalteriya operatsiyalarini dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratdan oʼtkazish.
3.3. Pul mablagʼlari va pul ekvivalentlari. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida ishlab chiqarish, mahsulot sotish va boshqa xo’jalik faoliyatiga doir rejalarni bajarish jarayonida pul muomalalari xo’jalik kabi o’zaro shartnomalarni bajarish va to’lov nizomiga asoslangan. Korxona va tashkilotlar o’rtasida pul muomalalarini yaxshi tashkil etilishi aylanma mablag’larning tez aylanishi va davlat byudjetiga pul mablag’larining o’z vaqtida kelib tushishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Pul mablag’lari – kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa sho’tidagi mablag’lar.
Pul mablag’lari schyotlari bo’yicha muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida»ga qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banklar Boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 iyundagi 60 – sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilab qo’yilgan. Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlatning barcha qonunlarga bo’ysunishi, rivojlanish manfaatlarida xizmat qilishi va barcha uning foydalanuvchilari uchun zarur ma’lumotlarni etkazib berishi zarur.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida buxgalteriya hisobi, jumladan pul mablag’lari hisobi har tomonlama mukammal darajada qo’llab
– quvvatlanib kelinmoqda, ya’ni:
- buxgalteriya hisobini qonuniy jihatdan boshqarish va uning normative bazasini shakllantirish;
- uslubiy jihatdan ta’minlash (yo’riqnomalar, uslubiy qo’llanmalar, izoh xatlari);
- kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
- xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik;
- hisob tizimini boshqarishni qayta tashkil qilish choralari ko’rilmoqda. Yuqorida ta’kidlab o’tilganlar o’zaro chambarchas bog’liqlikda bo’lib, islohotlarning mukammalligini ta’minlaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng buxgalteriya hisobi va audit sohalari uchun ulkan qonuniy va me’yoriy baza yaratildi. Kun sayin yangilanib borayotgan xalq xo’jaligi sohasida ortdan qolib ketmasligi uchun buxgalteriya hisobida ham o’ziga xos qadamlar qo’yildi. Bular jumlasiga, mamlakatimizda qisqa muddatlar ichida amalga kiritilgan yangi hisoblar rejasini kiritish mumkin. Shuningdek MDH davlatlari ichida birinchilardan bo’lib, ishlab chiqarish harajatlarini takomillashtirish va buxgalteriya hisobini jahon hamda milliy standartlarga o’tkazishda asosiy choralardan biri sifatida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zdavistiqbolstat va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 1995 yil 1 yanvarda amalga kiritilgan, Vazirlar maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi №54 sonli qarori bilan tuzatishlar kiritilgan «Maxsulotlar ish, xizmatlar tan tarxiga kiritiladigan maxsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi, hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish haqida Nizom» amal qilmoqda, rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan va tajribalaridan keng foydalanilgan holda 1996 yil 30 – avgustda «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Xorijiy ekspertlar fikriga ko’ra mazkur qonunga quyidagicha munosabat bildirganlar. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun buxgalteriya hisobini tashkil etishning barcha xalqaro talablarini o’z ichiga oladi, ya’ni:
- buxgalteriya hisobi ikkiyoqlama yozuv asosida tashkil etilishi;
- buxgalteriya hisobini uzluksizligi;
- aktiv va passiv muomalalarning pulda ifoda etishi;
- ma’lumotlarni ishonchliligi;
- hisoblash tamoyili;
- extiyotkorlik;
- iqtisodiy mazmunning shakldan ustunligi;
- korxona faoliyati davomiyligi;
- hisobot ko’rsatkichlarining o’zaro mutanosibligi;
- moliyaviy ko’rsatkichlarning va hisobotlarning neytralligi;
- o’rinlilik;
- hisobot davri daromadlari va harajatlarning o’zaro mosligi;
- aktiv va majburiyatlarning haqiqatdagi bahosi va boshqalar.
Buxgalteriya hisobining normativ bazasini shakllantirish jarayonida Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari (BHMS) ham o’ziga xos o’rin egallaydi. Ushbu Buxgalteriya hisobining milliy standartlari sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan turli xildagi moliya ho’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishni tartiblashtirish maqsadida ishlab chiqilgan edi. «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya – xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21 – sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartini ishlab chiqildi. Ushbu standart O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq va buxgalteriya hisobining xalqaro (IAS) va Amerika milliy (GAAP) standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, moliya – xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini olib boriladigan va takomillashtirilgan schyotlar rejasini o’zida mujassamlashtirgan.