3-mavzu Psixologiya tarmoqlari va psixolog kasbiy faoliyati


Mehnat jamoalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi



Download 86,06 Kb.
bet10/22
Sana07.03.2022
Hajmi86,06 Kb.
#485934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
3-mavzu

Mehnat jamoalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi.
Mehnat jamoalarida ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganish va uni rivojlantirish muammosiga bag‘ishlangan ishlar mazmuni haqida batafsil mulohaza yuritadigan bo‘lsak, mehnat jamoalarida tashkil etilishi lozim bo‘lgan psixologik xizmatning ijtimoiy qimmati va undan kelib chiquvchi asosiy yo‘nalishlari haqida, shuningdek, ayrim mehnat jamoalarida olib borilgan psixologik xizmat natijalari xususida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi
Shunga muvofiq, mehnat jamoalarida tashkil etilgan psixologik xizmatning ayrim yo‘nalishlariga ijtimoiy-psixologik va ilmiy-amaliy jihatdan e’tibor qaratish o‘rinlidir.
Psixologik xizmat tizimi tadbiq etilishining ilmiy-tashkiliy yo‘nalishi turli mamlakatlarda turli tartibdagi mazmunga ega ekanligi bilan xarakterlidir. Masalan, aksariyat g‘arb mamlakatlarida psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan psixologlar yoki psixologiya Markazi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Binobarin, AQSh da psixologiya Ittifoqlarining 15000 dan ortiq, Niderlandiyada 3150 dan ortiq, Italiyada 2500 dan ortiq, Buyuk Britaniyada 1972-dan ortiq rasmiy a’zolari aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish ishiga jalb etilganlar.
Markaziy Hamdo‘stlik Davlatlarida esa psixologik xizmatning ilmiy- tashkiliy yo‘nalishi 2 turdagi model asosida amalga oshirilib keladi:
1.Hududiy psixologik xizmat markazlari tomonidan (maxsus kelishilgan vaqtinchalik shartnoma asosida);
2.Yirik sanoat va ishlab chiqarish muassasalarida maxsus bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lgan doimiy ishlovchi amaliyotchi sotsiolog-psixologlar tomonidan.
Ta’kidlash joizki, bu borada Boltiqbo‘yi davlatlari juda boy tajribaga ega. Mustaqillik sharofati tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan O‘zbekiston davlatida ham psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy faoliyatida oz bo‘lsada ma’lum ijobiy siljishlar namoyon bo‘lmoqda. Bu esa O‘zbekistonda rasmiy tarzda keng quloch yozayotgan psixologik xizmatning ko‘lamini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistondagi psixologik bilimlarning amaliyotda (mehnat jamoalarida) tadbiq etilishini yaqqol ifoda etuvchi psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy mazmunini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1-model.Mehnat jamoalariga maxsus shartnoma asosida psixologik xizmat ko‘rsatish.
Bunda yirik ishlab chiqarish va mehnat jamoalari ma’muriyati bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzilib jamoadagi barcha sotsiolog-psixologik xususiyatlar va imkoniyatlar chuqur o‘rganiladi, tahlil qilinidi va tegishli tavsiyalar beriladi. Bu borada Respublikamizda talaygina tajribalar to‘plangan. Masalan, Toshkent davlat universiteti psixologiya kafedrasi a’zolari tomonidan E. G‘oziev va Z. Dushaboyevlar rahbarligida 1974-1996-yillar davomida o‘nlab yirik korxonalarda ijtimoiy psixologik xizmat joriy qilindi va ancha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatildi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti “Psixologik xizmat markazi” xodimlari tomonidan Respublikadagi o‘nlab mehnat jamoalarida ijtimoiy- psixologik xizmat ko‘rsatildi va ko‘rsatilmoqda.
Ayni paytda, bugungi kunda mamlakatimizdagi ilg‘or psixologlar va psixologiya labaratoriyalari, kafedralari tomonidan qator mehnat jamoalariga u yoki bu darajada psixologik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Download 86,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish