falsafa, psixologiya, mantiq, kognitologiya, lingvistika bilan bir qatorda, psixolingvistika, pragmalingvistika hamda kognitiv lingvistika bilan hamkorlikda rivojlanib taraqqiy etib kelmoqda.
Lingvokulturologiya etnopsixolingvistika bilan ham chambarchas aloqada bo‘ladi. Etnopsixolingvistika nutqiy faoliyatda muayyan an'analar bilan bog‘liq muomala elementlarining qanday paydo bo‘lishini, turli til egalarining verbal va noverbal muloqotidagi farqlarni o‘rganadi; nutqiy etiket va “dunyoning rangli manzarasi”ni, turli xalqlardagi ikki tillilik va ko‘p tillilik hodisalarini tadqiq etadi. Etnopsixolingvistikaning asosiy tadqiqot metodi assotsiativ eksperiment bo‘lsa, lingvokulturologiya o‘rniga ko‘ra tilshunoslik va madaniyatshunoslikning turli metodlaridan foydalanadi.
Madaniyatlararo kommunikatsiya fanining o‘rganish ob'ekti lingvokulturologiyaning o‘rganish ob'ektidan biroz farq qiladi. Ma'lumki, lingvokulturologiya tilni madaniyat nuqtai nazardan o‘rganadi hamda xulosalar umumiy-nazariy xarakterga ega bo‘ladi. Madaniyatlararo kommunikatsiya fani esa, lingvokulturologiyaning qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, shaxslararo, millatlararo, madaniyatlararo muloqot jarayonida til tizimidagi eng samarador variantlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali nutq jarayonida muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini tekshiradi va o‘rganadi. Shu jihatdan, madaniyatlararo kommunikatsiya pragmatik xarakterga egadir. Uning o‘rganish ob'ekti esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
fanning asosiy masalalarini tizimga solish, asosiy tushuncha va atamalarni o‘zlashtirish;
madaniy kirishimlilikni, turli madaniyatlarda kuzatiladigan aniq kommunikativ harakatlarni to‘g‘ri talqin qila olishni rivojlantirish;
o‘zga madaniyat vakillari bilan muloqotga kirishish malaka va ko‘nikmasini shakllantirish.
Inson miyasi nafaqat neyronlar, balki murakkab neyron ansambllaridan tashkil topadi. Holbuki, kompyuter neyronlari bunday ansambllarga ega emas. Inson miyasidagi 30 mlrd.ga yaqin neyron hosil qilishi mumkin bo‘lgan ansambllar o‘zining murakkabligi bilan neyron to‘rlardan ancha ustun turadi. Qolaversa, kognitivizmning keskir tanqidchisi bo‘lgan J.Syorl o‘z qarashlari bilan inson miyasi – kompyuter metaforik modelining shubhali ekanini tasdiqlashga uringan. Uningcha, kompyuter dasturlari mashinaning turli qadamlarini bir holatdan ikkinchi holatga o‘zgarishini (transformatsiyasini) belgilaydi. Inson va kompyuter o‘rtasidagi farq mana shunda: inson qoidalarga muvofiq ish ko‘radi, kompyuter esa – yo‘q. Shuningdek, axborotni qayta ishlash tushunchasi faqat insonning mental faoliyatiga xos bo‘lib, kompyuter axborotni mental imkoniyati bo‘lmaganidan qayta ishlay olmaydi. U shunchaki inson mental jarayonlaridan nusxani ko‘chirib qo‘yadi. Xomski taxminiga ko‘ra, barcha tillar bir xil universal grammatik qonuniyatlarni ifoda etganida edi, inson miyasi va kompyuter miyasi o‘rtasidagi tafovutni birmuncha bartaraf etish imkoni yuzaga kelardi. Inson ko‘ruv a'zosi infraqizil va ultrabinafsha to‘lqinlarni his qilmaydi – ularni qabul qilish imkoniga ega emas. Yoki yurayotgan odamning hamisha ham muvozanat saqlashi ham miyadagi alohida hisob-kitoblarga bo‘ysunmaydigan bahsli masala. Insondagi tanish qobiliyatini kompyuterga ko‘chirish mumkinmi? Inson miyasidagi neyron va sinapslar bilan odam miyasining umumiy tabiatini tushuntirib bo‘lmasligiga birgina inson ko‘ruv darajasidagi stimullarni qabul qilish murakkabligini misol qilish mumkin. Tasvirlashning mental darajasi esa bevosita kayfiyat va hissiyot bilan bir qatorda mental layoqat va qobiliyatlar, individual xulosa va istaklar, atrof-muhit, dunyoqarash singari mezonlar bilan hisoblashishni shartlaydi4.
3 Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое постранство языка. Учебное пособие. Лингвокультурология: ценностно-смысловое пространство языка: учеб. пособие / Флинта, Наука; Москва; 2010. Текст предоставлен правообладателемhttp://www.litres.ru.
4 Searle J. Minds, Brains and Science. 1984. Сёрль Дж. Р. Сознание, мозг и наука. Перевод на русский язык: А. Ф. Грязнов. — М., 1993. // Электронная публикация: Центр гуманитарных технологий. — 10.06.2013.URL: https://gtmarket.ru/laboratory/basis/6662/6665.