Pedagogik texnologiyalar
darajalari
Umumpeda-gogik
texnologiya yaxlit
ta'lim jarayonini
ifoda qiladi
Lokal yoki modul -
texnologiya o'quv-tarbiya
jarayoni-ning maxsus
bo’limlariga texnologiyani
tadbiq qilishni ifoda qiladi.
Bu xususiy didaktik va
tarbiyaviy vazifalarni hal
qilishga qaratilgan
Xususiy metodik -
texnologiya bir fan
doirasidagi o'quv-tarbiya
jarayonini amalga oshirish
metodlari va vositalaridan
iborat bo’ladi
29
Mazkur
darajalarga to’liq izoh beriladigan bo’lsa, umumpedagogik
(umumdidaktik) daraja:
umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta'limning ma'lum
bosqichida ushbu region, o’quv yurtida yaxlit ta'lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda
pedagogik texnologiya pedagogik tizimga o’xshashdir: unga o’qitishning maqsadlari,
mazmuni, vosita va metodlari to’plami, faoliyat ob'ekti va sub'ekti algoritmi kiradi.
Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya "xususiy
metodik" ko’rinishida qo’llaniladi, ya'ni bir fan, sinf, o’qituvchi doirasida o’qitish va
tarbiyalash ma'lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to’plami
sifatida ishlatiladi.
Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o’quv-tarbiyaviy jarayonning alohida
qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat
(alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni
tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi,
mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Pedagogik texnologiyaning tuzilishi va mezonlari.
Dastlabki ma'ruzalarda pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan
texnologiya o’quv jarayoni - o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, uning tuzilishi,
vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog’liqligini ta'kidlab o’tilgan edi.
Shu nuqtai-nazardan pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1. Konseptual asosi.
2. O’qitishning mazmunli qismi:
"o’qitish maqsadlari - umumiy va xususiy, aniq;
"o’quv materiali mazmuni.
3. Prosessual qismi - texnologik jarayon:
"o’quv jarayonini tashkil etish;
"o’quvchilar o’quv faoliyati metodlari va shakllari;
"materiallarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish bo’yicha o’qituvchining faoliyati;
30
"o’quv jarayoni diagnostikasi.har qanday pedagogik texnologiya ba'zi bir
metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:
Konsetuallik. har bir pedagogik texnologiyaga ta'lim maqsadlariga erishish
falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma'lum
ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo’lishi kerak.
Tizimlilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo’lishi kerak:
jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog’liqligi, yaxlitligi.
Boshqariluvchanligi o’qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko’zlash, rejalashtirish,
lohalashtirish, bosqichma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida
vosita va metodlarni o’zlashtirish mumkinligini ko’zda tutadi.
Samaraliligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud va
natijalar bo’yicha samarali, harajatlar bo’yicha optimal bo’lishi, o’qitishning ma'lum
standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya'ni, 70% foizdan ortiq o’quvchilar "yaxshi"
bahoga va "a'lo" bahoga o’qishlari kerak, bu esa agarda sinfda 25 ta o’quvchi bo’lsa -
shundan 19 tasi deganidir).
Qayta yangilanishi pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta'lim
muassasalarida, boshqa sub'ektlar bilan qo’llanilishini (takrorlanishini, qayta tiklanishini)
nazarda tutadi.
Tekshirish uchun savollar:
1.Pedagogik texnologiyalar asosiy darajalarini aytib bering.
Pedagogik texnologiyalar
mezonlari
Texnologik sxema
Ilmiy asos
Qaytuvchan aloqa
Tizimlilik
Samaradorlilik
Boshqaruvchanlik
31
2.Pedagogik texnologiya tuzilishiga nimalar kiradi.
3.Pedagogik texnologiyalarga talablar (texnologikligi mezonlarini) ifodalab bering.
4.Ta'limning falsafiy asosi va mazmunli konteksti o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
nimadan iborat.
5.Umumpedagogik texnologiyalardagi asosiy falsafiy konsepsiyalar bo’ shva
kuchli tomonlarini taxlil qiling.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |