O’quv materialini o’rganishning ko’pvariantliligi. Kompyuterda tasodifiy miqdor sonini hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu didaktik materiallarning har xilligini ta‘minlash asosida variantlilikni shakllantirishga imkon beradi. Masalan, takrorlash operatorini o’rganishda takrorlash sarlavhasiga ko’ra uning tanasi necha marta takror bajarilishini aniqlash mumkin. Bunda natija takrorlanish o’zgaruvchisi boshlang’ich va oxirgi qiymati hamda takrorlanish qadamiga bog’liq. Agar operatorning FOR I=A TO B STEP H ko’rinishidagi A, V, N ning qiymati tasodifiy miqdor funksiyasi bilan bog’liq holda ko’rsatilsa, sinfdagi 15 nafar o’quvchi uchun operator ko’rinishi 15 xil ifodalanadi va ularni aynan bir xil takrorlash imkoni bo’lmaydi. Bu xususiyatdan PDVlarni tuzishda unumli foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |