Ma‘lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi. Ma‘lumotlarni ekranda tasvirlashda ko’poynali holat1 ham ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «Men eshitdim va unutdim. Men ko’rdim va eslab qoldim. Men bajardim va tushundim», - degan fikr Bebbidj maktabidagilarning shiori bo’lgan ekan. Darhaqiqat, ba‘zi o’quvchilar ko’rish orqali ma‘lumotni ko’proq eslab qolsa yoki idrok qilsa, ba‘zi o’quvchilar eshitish orqali ko’proq eslab qoladi. Shuning uchun o’quv materialini tushuntirishda ham namoyish qilish, ham ovoz yordamida izohlash usullaridan unumli foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |