3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari



Download 138,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana01.01.2022
Hajmi138,93 Kb.
#281261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat

2. Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari. 

O'zbekistonning  demokratik  jamiyatni  barpo  yetishda  Birinchi  Prezidentimiz 

I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh yetish hamda modernizatsiya 

qilishda  o'zbek  modelining  muhim  tarkibiy  qismi  bo'lgan  bosqichma-bosqichlik 

tamoyiliga  bundan  buyon  ham  qat'iy  amal  qilinishi  ta'minlanadi  .  «O'zbek  modeli» 

tushunchasi,  avvalo,  O'zbekistonning  mustaqil  milliy  taraqqiyoti  qanday  bo'lishi 

lozimligini  asoslaydigan,  uni  muayyan  maqsadlarga  yo'naltiradigan  yeng  umumiy 

nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga yerishishiga 

qaratilgan  amaliy  siyosatining  mushtarakligini  anglatadi  (davlat  siyosati  deganda 

hokimiyatning har uchala bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda). 

Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, 

boshqalar  ijtimoiy-iqtisodiy  formasiya,  uchinchilari  yesa  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotning  aniq  belgilangan  yo'li,  deb  hisoblaydi.  Iqtisodiy  taraqqiyot  modeli, 

N.To'xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy munosabatlarning 

keng  miqyosli  tizimi  bo'lib, u  huquqiy,  ma'muriy  hamda  xo'jalik  mexanizmlari  orqali 

boshqariladi  .  Bunday  munosabatlarning  sub'ekti  mulk  yegalari,  xo'jalik 

faoliyati 

ishtirokchilari

, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va 

tarmoqlar  hisoblanadi.  Iqtisodiy  taraqqiyot  modeliga  axloq  va  dunyoqarash, 

mentalitet,  turmush  tarzi,  madaniyat  kabi  ijtimoiy  me'yorlar  ma'lum  darajada  o'z 

ta'sirini o'tkazadi. 

Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari: 

“O'zbek  modeli”  -  O'zbekistonning  o'ziga  xos  va  mos  taraqqiyot  yo'li  ijtimoiy 

yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish; 

“Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari” 

“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli” 

“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor” 

Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish” 



Sharqiy Yevropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan foydalaniladi; 

«Yaponiya  modeli»  iqtisodiy  munosabatlarda  davlatning  yetakchi  o'rni  bilan 

belgilanadi; 

Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong) – “ijtimoiy soha 

va yeksportni rag'batlantirish” 

Iqtisodiy  taraqqiyot  modeli  global  va  milliy  xarakterda  bo'ladi.  Hozirgi  vaqtda 

taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud. 

“O'zbek  modeli”  –  qisman  Yerxard  (nemis)  modeliga  o'xshab  ketadi.  Nemislarga 

o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) 

joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va 

undan keyingi hozirgi davrgacha davom yetmoqda. 

“O'zbek  modeli”  uning  asosiy  tamoyillari  va  jamiyat  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va 

ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi 

O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning 

ilk  kunlaridan  boshlab,  o'z  umrini  o'tab  bo'lgan  yeski  mustabid  sovet  tizimidan  voz 

kechib,  mamlakatimizda  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  ochiq 

demokratik  davlat  barpo  yetish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishga  azmu  qaror 

qildik. 


Bu  modelning  mohiyati  O'zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  islohotlarning  besh  tamoyilida  ta'riflab  berildi. 

Mamlakatimiz  aholisi  o'z  davlat  mustaqilligining  yigirma  to'rt  yilligini  butun  jahon 

jamoatchiligi  bilan  tantanali  ravishda  nishonlayotgan  bugungi  kunda,  to'la  ishonch 

bilan  aytish  mumkinki,  bu  yo'l  tajriba  sinovidan  o'tdi.  Tarixan  qisqa,  ammo  zafarli 

natijalarga boy bo'lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to'g'riligini isbotladi. 

Ma'lumki, taraqqiyotning ―o'zbek modelining mohiyati asosiy g'oyalari yeng dastlab 

Davlatimiz  rahbarining  ―O'zbekistonning  o'z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo'li  nomli 

fundamental  asarida  ko'rsatib  o'tilgan  yedi.  Keyinchalik  mazkur  taraqqiyot  modeli 

haqidagi g'oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va 

takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi prezidentimizning O'zbekiston  – bozor 

munosabatlariga  o'tishning  o'ziga  xos  yo'li,  ―O'zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirish  yo'lida  nomli  asarlarida  taraqqiyotning  ―o'zbek  modelining  asosiy 

mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi. 

Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O'zbekiston 

davlat  qurilishi  va  iqtisodiyotini  isloh  qilish  dasturining  o'zagidir.  Ularning  mohiyati 

quyidagicha:  bir  tomondan  milliylik,  ikkinchi  tomondan  umuminsoniylik  yo'nalishlari 

uyg'unlashdi  yoki  ularning  dialektik  mutanosibligi  o'z  aksini  topdi.  “Birinchi 

tamoyilimizda,  -  deb  yozgan  yedi  I.A.Karimov,  -  avval-iqtisod,  keyin  siyosat  degan 

shiorni  olg'a  surdik”. 

Boshqacha  qilib  aytganda

,  iqtisodiyotning  siyosatdan  ustunligi 

nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur. 



Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi yekanligi. Yangilanish va o'zgarishlar 

siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o'z zimmasiga 

oladi. 

Uchinchi  tamoyil,  o'z  navbatida  jamiyat  hayotida,  barcha  sohalarda  qonunning 

ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul 

qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan 

yorqin namunasi hisoblanadi. 

To'rtinchi  tamoyil,  bu  aholining  demografik  vaziyati,  ayniqsa,  uning  60  foizidan 

ko'prog'ini  yoshlar  tashkil  yetganligi,  kam  ta'minlangan  oilalarni,  bolalarni, 

nafaqaho'rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi. 

Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining 

ob'ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida yemas, 

balki  yevolyusion  tadrijiy  asosda,  puhta  o'ylab  bosqichma-bosqich  o'tish  nazarda 

tutiladi. 

O'zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o'tishning uchta bosqichini bosib 

o'tdi.  Ularning  birinchisi,  Birinchi  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  O'zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) «Hozirgi 

bosqichda demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim vazifalari»;  ikkinchisi, 

Birinchi chaqiriq o'n to'rtiinchi sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 

yil,  14  aprel)  va  nihoyat,  uchinchisi,  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  to'qqizinchi 

sessiyasida  «O'zbekistonda  demokratik  o'zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» (2002 yil 29 avgust) 

qilgan ma'ruzalarida ko'rsatib berildi. 

Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi asosiy 

g'oya  demokratik  jarayonlarning  olg'a  tomon  rivojlanishini  va  ma'lum  bir  vaqtga 

kelganda  bu  jarayonga  yangi  kuch,  qudrat  hamda  faollik  baxsh  yetishdir.  CHunki 

jarayonlar  izchillik  bilan  tahlil  yetilmasa,  undagi  asosiy  muammo  aniqlanmasa  va 

istiqboldagi  vazifalar  belgilanmasa,  rivojlanish  ham  bo'lmaydi.  SHu  ma'noda  ham 

Prezident  demokratik  jamiyat  qurish  borasidagi  vazifalarni  «chuqurlashtirish»  (1996 

yil)  «erkinlashtirish»  (1999  yil)  va  «demokratik  o'zgarishlar  orqali  fuqarolik  jamiyat 

asoslarini shakllantirish» (2002 yil) kabi konseptual g'oyalarida belgilab bergan. 

Ammo bu - o'tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat yekan, - 

degan  xulosa  kelib  chiqishiga  asos  bo'lmasligi  kerak.  Chunki  o'tish  davrining  o'zi 

mamlakatning  turli  tuzumlardan  demokratiyaga  o'tishdagi  mustaqil  «oralig'i», 

«ko'prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlar o'tish davrining uzluksizligini 

ifodalaydigan ko'rsatgichdir. 

O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday 

bo'lishi  lozimligini  asoshakligan,  uni  muayyan  maqsadlarga  yo'naltiradigan  yeng 

umumiy  nazariy  xulosalar  va  mo'ljallar  bilan  davlatning  belgilangan  maqsadlarga 

yerishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi. 




Bizning bosh strategik maqsadimiz  - ozod va obod Vatan, yerkin va farovon hayot, 

bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  yerkin  demokratik  jamiyat  barpo  yetishdir.  Bozor 

iqtisodiyoti, 

yeng  avvalo

,  ko'pmulkchilikka  va  ular  o'rtasidagi  raqobatga  tayanadi. 

Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa yega bo'lib, bu huquq davlat 

tomonidan kafolatlanadi. 

«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo yetish muhim o'ziga xos 

modeli yekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari o'rganmoqda 

va uni tahlil qilmoqdalar . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasayev, 

germaniyalik  L.Levitin,  Rossiya  Fanlar  Akademiyasining  akademigi  F.Burlaskiy  uni 

yuksak 


baholashgan. 


Download 138,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish