3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


 Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O'zbekistonning



Download 138,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana01.01.2022
Hajmi138,93 Kb.
#281261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat

1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O'zbekistonning 

o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.

 

O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida ja-hon andozalariga mos 



keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga 

oshirish,  ularni  qonun  bilan  mustahkamlaydigan  huquqiy  tizirnni  vujudga  keltirish 

vazifasi  turar  yedi.  Chunki  sobiq  sotsialistik  tuzumga  xos  ijtimoiy  munosabatlar  va 

jarayonlar  yendilikda  respublikada  barpo  qilinajak  yangi  jamiyat  manfaatlariga  mos 

kelmas  yedi.  Mulkchilik,  mulkka  yegalik  qilish  va  uni  boshqarish,  ishlab  chiqarish 

omillari,  bozor  mexanizmi,  davlat¬ning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotini  normal  izga  solish 

ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar yedi. 

Shuni  ham  aytish  kerakki,  jahonda  hamma  mamlakatbop  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor andozalari 

hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, 

ma'rifiy,  tarixiy  jihatdan  asrlar  mobaynida  shakllangan  an'analari  mavjud  bo'lgan 

O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish 

lozim  yedi.  Biroq, 

vaqtni  boy  bermay

,  tezkorlik  bilan  ish  tutish  lozim  yedi.  Shuning 

uchun  ham  «Mustaqil  O'zbekiston  tug'ilgan  kuniyoq  oyoqqa  turishga,  o'zi  yurishga 

majbur yedi». 



Yana  shuni  ta'kidlash  darkorki,  O'zbekiston  o'z  mustaqilligi-ni  qo'lga  kiritgan  paytda 

mamlakat  ichkarisida  bo'lgani  kabi  uning  tashqarisida  ham  unga  ishonmaydigan, 

shubha bilan qaraydiganlar bor yedi. 

I A. Karimov mamlakatning dastlabki  yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil 

qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida 

quyidagi 

beshta 

asosiy 


qoidani 

o'rtaga 


tashladi: 

 

Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror 



mafkuraga  bo'ysundirilishi  mumkin  yemas.  Biming  ma'nosi  shuki,  iqtisodiyot 

siyosatdan  ustun  turishi  kerak.  Ham  ichki,  ham  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarni 

mafkuradan 

holi 


qilish 

kerak. 


 

Ikkinchidan, o'tish  davrida  davlat  bosh  islohotchi  bo'lishi  lozim.  U  islohotlarning 

ustuvor  yo'nalishlarini  belgilab  berishi,  o'zgartishlar  siyosatini  ishlab  chiqishi  va  uni 

izchillik 

bilan 

o'tkazishi 



shart. 

 

Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi 



shuki,  demokratik  yo'I  bilan  qabul  qilingan  yangi  Konstitutsiya  va  qonunlarni  hech 

istisnosiz  hamma  hurmat  qilishi  va  ularga  og'ishmay  rioya  yetishi  lozim. 

 

To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat 



o'tkazish. 

Bozor  munosabatlarini  joriy  yetish  bilan  bir  vaqtda  aholini  ijti¬moiy  himoyalash 

yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi 

yeng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. 

 

 

Beshinchidan,



 bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan 

holda, yaqin o'tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, 

bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

 

O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-boyeqich o'tish haqidagi 



tamoyili  vaqt  o'tgani  sayin  o'zining  hayotiy  qiymatini,  siyosiy  kuchini  ko'rsatdi. 

Binobarin,  bular  yetakchi  tamoyillar  sifatida  tan  olindi.  Chunki  ular  iqtisodiy 

islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini belgilab berdi. 

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgandan so'ng kelajakda qanday yo'ldan 

borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan yeng dolzarb masalalardan biri bo'ldi. Uning 

dolzarb  bo'lib  qolishining  bir  qator  ob'ektiv  va  sub'ektiv  sabablari  va  omillari  ham 

mavjud  yedi.  Uning  ob'yektiv  sabablaridan  biri  jahonda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo'qligi 

va  bo'lishi  ham  mumkin  yemasligi  yedi.  Ikkinchi  ob'yektiv  sababi  –  ma'muriy 

buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar yendilikda 

respublikada  barpo  yetilayotgan  yangi  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga 

asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi yedi. Mulkchilik, 




mulkka yegalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga 

olgan  holda  davlatni  boshqarishning  butunlay  yangi  shaklini  vujudga  keltirish  zarur 

yedi.  Demak,  birinchidan,  har  bir  davlat  demokratik  taraqqiyot  yo'liga  kirishi  uchun 

ma'lum  bir  muddat  talab  qilinar  yedi.  Ikkinchidan,  vaqtni  qo'ldan  boy  bermasdan 

rivojlanishning  tarixiy  jihatdan  asrlar  mobaynida  shakllangan  an'analari  asosida 

O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib 

bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur yedi. 

Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy 

ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar yekan, uni jamiyat rivojining asosi, 

bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni 

va  nihoyat,  barcha  amal  qiladigan  bosh  tamoyil  deb  ta'rifladi.  SHunday  yekan,  u 

jamiyat  a'zolari  oldiga  muttasil  yangi-yangi  vazifalarni  qo'yadi  va  uning  bajarilishini 

talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni 

bartaraf yetish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir. 

Xalqaro hamjamiyat 

katta va kichik millatlar

, davlatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, 

mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo'l 

qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan 

muammo  yana  boshqa  qator  xavf-xatarlarni  keltirib  chiqarib,  davlat  taraqqiyotining 

ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z 

zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya 

olmaydi,  doimo  uyg'oq  va  harakatda  bo'ladi.  Darhaqiqat,  mustaqillik  bir  tomondan 

milliy taraqqiyot yo'lini yerkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan 

yeskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat 

yaratadi.  SHu  nuqtai  nazardan,  mustaqillikni  demokratiya  uchun  yeng  zarur  shart-

sharoit deb hisoblasak bo'ladi. 

O'tmish,  bugun  va  kelajak  bir-biriga  tutashgan  bunday  tarixiy  paytlarda  mustaqillik 

davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari 

orttirgan  boy  tajriba  hamda  undan  millat  manfaatlari  yo'lida  foydalanishni,  ikkinchi 

tomondan yesa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy yetish bilan bog'liq muammoga 

duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab mamlakatlar misolida tasdiqlagan. 

I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib 

bordi.  Ulardan  biri  mamlakatimizning  o'z  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  yo'lini  ishlab 

chiqishda  rivojlangan  mamlakatlarning  ko'p  asrlik  tajribasini  o'rganish  va  ularning 

bizga  maqbul  jihatlarini  ijobiy  jihatdan  o'zlashtirish  bo'lsa,  ikkinchisi  -  O'zbekiston 

xalqining  turmush  tarzi,  mentaliteti  va  an'analariga  tayanishdan  iborat  bo'ldi.  Unga 

Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi. 

XX  asr  50-yillardan  keyingi  yillarda  ko'pchilik  sobiq  mustamlaka  mamlakatlar  o'z 

mustaqilligiga yerishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 

taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3) milliy ozodlikka yerishgan davlatlarning 

aralash  yo'nalishi  haqidagi  qarashlar  bor  yedi.  XX  asr  oxirlariga  kelib  biron-bir 

mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab 

turish  mumkin  yemasligi,  taraqqiyot  yo'llari  (modellari)  ancha  keng  ko'lam  va 




maqsadga yegaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan 

kelib chiqmog'i zarurligi ma'lum bo'ldi. 

Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari: 

- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi); 

-  Formatsion  yondashuv  –  dunyoda  jamiyat  va  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  har 

qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi ma'lum 

bo'lib  qolmoqda.  Zero,  birxillik,  yoki  yagona  andoza  degan  tushunchalar  bugungi 

kunda  o'z  ahamiyatini  yuqotib  bormoqda.  Bunday  yondashuv  demokratiyani, 

demokratik  jamiyat  qurilishi  qonuniyatlarini  «formatsion»  qarashdan  farkli  holatda 

yangicha  tamoyillar  asosida  tahlil  yetishga  nazariy  metodologik  asos  bo'ladi. 




Download 138,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish