O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab
chiqishni bir daqiqa ham
kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur yedi.
Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va
shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar yekan, uni
jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb
ta'rifladi. SHunday yekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni
qo'yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi,
turli-tuman muammolar va ularni bartaraf yetish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat
katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni
ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar
yechimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin.
Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni
keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi.
Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z
zimmasiga olgan hokimiyat
tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq
va harakatda bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini
yerkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yeskilikka barham
berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu
nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun yeng zarur shart-sharoit deb
hisoblasak bo'ladi.
O'tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda
mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan,
demokratiya
borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo'lida
foydalanishni, ikkinchi tomondan yesa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy
yetish bilan bog'liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab
mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak
holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini
o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa,
ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga
tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh
asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka
mamlakatlar o'z
mustaqilligiga yerishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta
boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3)
milliy ozodlikka yerishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor
yedi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy
qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin yemasligi, taraqqiyot
yo'llari (modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga yegaligi, ulardan birini
tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi
ma'lum bo'ldi.
Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari:
- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
- Formatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
har qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi
ma'lum bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar
bugungi kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv
demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion»
qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida
tahlil yetishga nazariy
metodologik asos bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: